Devorlar o‘qidan bulajak kotlovanni chetlari chiqarilib ular ham mixlar yordamida obnoskalarda belgilanadi. Chetlarni o‘zi ham simlar yordamida "natura" holatiga ko‘chiriladi


Download 17.81 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17.81 Kb.
#250100
Bog'liq
Devorlar haqida ummmiy ma`lumot


Devorlar o‘qidan bulajak kotlovanni chetlari chiqarilib ular ham mixlar yordamida obnoskalarda belgilanadi. Chetlarni o‘zi ham simlar yordamida “natura” holatiga ko‘chiriladi. Bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari simlarining kesishuv o‘rni binoning asosiy o‘qlari kesishuvini aniqlaydi va ular shoqul yordamida tekshiriladi, hamda ular oldin geodezik instrumentlar yordamida aniqlangan va yerda mahkamlangan no‘qtalar bilan mos kelishi kerak. Binoning asosiy o‘qlari mahkamlangan obnoskalardan ma’lum masofada har ehtimolga qarshi ularni buzilishini e’tiborga olgan holda o‘q chiziqlarini mahkamlovchi nazorat belgilari − shtirlar o‘rnatiladi.Odatda bular gruntga obnoskadan 5...10 m masofada qoqilgan va yer sathidan 2...6 sm masofada chiqib turuvchi armatura sterjenlardir. Chiziqli-cho‘ziqli inshootlarning gorizontal uchastkalarda har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda har 20 m da faqat ko‘ndalang obnoskalar o‘rnatiladi. Obnoskalar qurilaetgan binoning yer osti qismini barpo etgunga qadar buzilmay saqlanadi, keyin bevosita binoni o‘ziga ko‘chiriladi. Hozirgi davrda lazer geodezik priborlar paydo bo‘lganligi munosabati bilan obnoskalardan kam foydalanilayapti, o‘qlar qurilish maydonining vaqtinchalik bino va inshootlarida (inventar xonalar, devor va boshqalar) aks ettirilayapti.

Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo‘lgan ustunlarni, kran osti to‘sinlarini va stropila fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik nazorati reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi. Yanada uzunroq kolonnalarni vertikalligi bir-biriga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda 53 joylashgan ikkita teodolit yordamida yuqori o‘q chizig‘i kolonnani pastki qismiga proeksiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna pastki qismini o‘rnatishda rejalashtirish o‘qlaridagi chiziqlarga yoki montaj qilingan pastdagi kolonnalarning o‘qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini vertikalligi tekshirilgandan so‘ng rigel, to‘sin va fermalarga tayanch bo‘lib xizmat qiluvchi ularning konsoli va ko‘ndalang yuza qismi nivelirlanadi. Kolonnalarni montaji va nivelirlashlari tugagandan so‘ng rigel , to‘sin va fermalar o‘rnatiladigan yuzalardagi belgilarni o‘rni aniqlanadi. Nivelirlashni bajarishni soddaroq yo‘li quyidagicha. Montaj qilishdan oldin yerda turgan kolonnani baland qismidan yoki konsolidan pastki qismiga qarab butun songa teng o‘lchov o‘lchanadi va shu sathda bo‘yoq bilan gorizontal chiziq chizilib belgilanadi , undan kolonnani pastki qismiga qadar bo‘lgan masofa 1.5 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Kolonnalar o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng nivelirlashni shu pastgi gorizont bo‘yicha oborish mumkin.

“Grunt ichidagi devor” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, gruntda planda turli xil shaklga ega bo‘lgan qazilmalar va transheyalar barpo etilib, ular ustiga monolit yoki yig‘ma temir betondan iborat yer osti inshootining to‘suvchi konstruksiyalari barpo etiladi, so‘ngra bu konstruksiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi va ichki konstruksiyalari barpo etiladi. Mamlakatimiz amaliyotida “grunt ichidagi devor” usulining bir qancha turlari qo‘llaniladi:

 qoziqli, bunda to‘suvchi konstruksiyalar burg‘ulab to‘ldirilgan vertikal qator qoziqlardan tashkil topadi;

 transheyali, monolit betondan yoki yig‘ma temirbeton elementlardan zich devor tarzida ishlanadi.

Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar yaqinida, korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi yerosti inshootlarini barpo etishda istiqbolga ega.



Xona ichiga tabiiy yorug'lik devordagi vertikal yoki tomlardagi gorizontal joylashgan ochiq deraza o'rni orqali tushadi. Xonaning yoritilganlik darajasi qurilish me'yorlari va qoidalari asosida aniqlanadi. Amaliyotda turar-joy binolari uchun deraza o ’rni yuzasi. xona poli maydonining 1/8—1/5 qismi oralig'ida olinadi. Shunda xona ichi yetarlicha tabiiy yoritilgan bo'ladi. Deraza va vitrajlar xonalarni tabiiy yorug‘lik bilan ta'minlovchi asosiy konstruksiyalar bo'lib hisoblanadi. Issiqlik o'tkazmaslik, issiqlik isrofini kamaytirish va xonaning tovush izolatsiyasini ta’minlash talab etiladi, bular derazalarga qo'yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi. Derazalar yog'och, metall va plastmassadan tayyorlanadi. Derazalar ochilish yoki yopilish usuliga va konstmktiv yechimga ko'ra tavaqali (bir, ikki va uch tavaqali), ochilmaydigan, surilib ochiladigan, tavaqalari yuqoriga yoki pastga ilingan, jalyuzali va boshqa turlarga bo'linadi Derazalar bir qavat, ikki va uch qavat oynalangan bo'lishi mumkin. Bir qavat oynalangan derazalar issiq iqlimli rayonlarda ishlatiladi. Iqlimi yumshoq rayonlarda joylashgan binolarda ikki qavat oynalangan derazalar qo'llanilib, bunda oynalar oralig'ida ma’lum qalinlikda havo qatlami bo'ladi. Qattiq sovuq iqlimi rayonlarda uch qavat qilib oynalangan derazalar ishlatiladi. Deraza o'lchamlari unifikatsiyalangan bo'Iib, GOST ga muvofiq yasaladi. Deraza balandligi, odatda, bino qavati balandligidan 1100—1300 mm kichik qilib olinadi. Bunda bir tavaqali derazalar eni eng kamida 600 mm, ikki tavaqali uchun 900, 1100 va 1300 mm va uch tavaqali derazalar uchun 1600—1800 mm qilib olinadi. Derazalar asosan uch xil konstruktiv elementdan, ya’ni deraza romi (kesakisi), panjarasi va deraza osti taxtasidan iborat bo'ladi. Deraza kesakisi yog'och g'o'la va taxtalardan yasalib, ularga deraza panjaralari mahkamlanadi. Katta derazalarning mustahkamligini oshirish uchun ulaming kesakisi ichidan qo‘shimcha vertikal va gorizontal taxtachalar o‘rnatiladi. Derazaning yuqori qismida joylashgan ochilmaydigan bo‘lagi «framuga» deb ataladi. Deraza tavaqalari va framugani o‘rab turuvchi (karkas) va uni orasida (ichida) joylashgan hamda tavaqalarni kichik turlarga ajratuvchi gorizontal va vertikal bmslar deraza panjaralari deb ataladi. Maxsus o‘yiqlari bo'lgan deraza panjaralariga oynalar joylashtirilib, mix yoki metall bo'laklari (planka- shtampik) yordamida mahkamlanadi. Tashqi tavaqa, framuga va «fortochka»larni ostki gorizontal karkaslari oynadan oqib tushgan atmosfera suvlarini xonadan tashqariga yo'naltirish uchun ular nishabli qilinib, tashqi tomonga bo'rtgan bo'ladi. Qo'sh panjarali deraza tavaqasi ochilib-yopiladigan qulay bo'lishi uchun ichki tavaqasi tomonlari tashqi tavaqa tomonlaridan 25—35 mm kichik bo'ladi. Konstruktiv yechimga ko'ra deraza kesakisi ajraladigan va yaxlit bo'lishi mumkin. Deraza kesakisi devorlarda deraza o'm ida qoldirilgan maxsus yog'och bmslarga mixlar yordamida qotiriladi. Kesaki bilan devor oralig'iga tuproq yoki gips loyiga bulg'angan kanop shamol va sovuq o'tmaydigan qilib tiqiladi. Deraza qutisiga (kesakiga) chirishga qarshi ishlov berilib, uni o'rnatish paytida chor atrofiga to'l yoki mberoid o'raladi. Qurilish maydonchasiga deraza bloklari tayyor holda keltiriladi. Qurilishda tabaqa panjaralari tutash bo'lgan derazalar keng ko'lamda qo’llanilmoqda. Bunda tashqi va ichki derazalar panjaralari go'yo bir butun tavaqali derazadek yaqin joylashgan bo'ladi. Bunday derazalarda yog'ochni 30% tejash, narxini 10% arzonlashtirish va og'irligini 1,5 marta kamaytirish mumkin bo'ladi. Bunday derazalarning kamchiliklaridan biri xona issiqligini 25% yo'qotish hisoblanadi. Ularda oynalari orasidagi masofa 47 mm bo'Iib, deraza panjaralari bir-biri bilan burama mixlar yordamida tutashtiriladi. Hozirgi qurilishda derazalarning yangi, progressiv konstruksiyalari, ya’ni bir qavatli oyna paketlar qo'llanilmoqda. Bunday paketlar orasida havo qatlami bo'lgan ikkita yonma-yon oynalardan tuzilgan bo‘lib, rezina yoki plastmassa ramkaga solingan bo'ladi. Hozir yog‘och deraza panjaralari o'rnida chirimaydigan, ko‘rkam plastmassa derazalari keng tarqalmoqda. Hozirgi me’morchilikda struktura elementlari oralig‘ini to‘ldiruvchi oynaband devorlar, yaxlit panellar va yaxlit devorlar keng ko‘lamda qoilanilmoqda. Lekin binolarda oynalanish darajasi qancha katta bo'isa, shuncha ko'p issiqlik yo'qotiladi, yozning issiq kunlarida esa bino ichida harorat ko'tarilib ketishi mumkin. Amaliyotda vitrajlarni qo'llash ko'proq uchramoqda. Ular bir qavatli, ikki vauch qavatli oynalardan iborat bo‘ladi. Vitrajlar butun bino devorlarini almashtirishi mumkin. Ular vertikal va gorizontal lentasimon ko'rinishga ega bo'ladi. Vertikal vitraj binodan bo'rtib chiqqan yoki bino devori sathida joylashgan bo'lishi mumkin. Vitrajlar oynasi vertikal yoki qiya qilib o'matiladi. Ular ancha mustahkam bo'lishi bilan birga issiqlik va havo o'tkazmaslik xususiyatlari ham bor. Vitrajlar qurilish maydonchalarida yig'iladi. Oxirgi 10—14 yil ichida imoratlarga munosabat keskin o'zgardi. Respublikamizga chet ellardan keltirilgan turli-tuman loyihalar asosida katta va noyob imoratlar qurilishi avjiga chiqib ketdi. Ulaming aksariyati har tomonlama mukammal, cliiroyli va zamonaviy materiallar, konstruksiyalar asosida qurilmoqda. Ko'pincha, quyma-monolit temir-betondan devorlar, konstruktiv elementlar, o'ta antiqa zinalar, eshik va derazalar, turli-tuman pollar va, ayniqsa, hashamatli lift konstruksiyalari joriy etilmoqda
Download 17.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling