Diagnostik testi shohrux Abdurahim


Download 157.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.10.2023
Hajmi157.32 Kb.
#1693827
Bog'liq
Milliy sertifikat testi



O‘ZBEK TILIDAN MALAKALARNI RIVOJLANTIRISH VA 
BAHOLASH NODAVLAT TA’LIM MARKAZI 
UMUMTA’LIM FANLARINI BILISH DARAJASINI ANIQLASH 
DIAGNOSTIK TESTI
 
 
Shohrux Abdurahim
 
ONA TILI VA ADABIYOT BO‘YICHA 
BILIMNI BAHOLASHNING MILLIY TEST 
TIZIMI 
A variant 
SAVOLLAR KITOBI 
I. Tilshunoslik nazariyasi 
(12 ta topshiriq) 
II. Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixi 
(5 ta topshiriq) 
II. O‘qish savodxonligi 
(15 ta topshiriq) 
II. Lingvistik va badiiy tahlil 
(12 ta topshiriq) 
II. Yozish savodxonligi 
(1 ta topshiriq) 
Izoh. 
Variant 
DTM 
tomonidan e’lon qilingan ona 
tili va adabiyotdan Milliy test 
tizimining spetsifikatsiyasi 
asosida tuzilgan.
Toshkent – 2023 


ONA TILI VA ADABIYOT
1. 
[1,1 ball] 
Imloviy jihatdan to‘g‘ri 
yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. 
A) 
taalluqli, manfaatdor, badiiy 
B) 
tajavvuz, tabiyat, na’muna 
C) 
muovin, ovvora, taqiqlamoq 
D) 
sharoyit, mutaxasis, suiiste’moqol 
2. 
[1,1 ball] 
Imloviy jihatdan to‘g‘ri 
yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. 
A) 
qah-qaha, yildan-yilga, katta-yu kichik 
B) 
bosh-boshdoqlik, izma-iz, ona-tili 
C) 
es-hushli, izzat-nafs, g‘uv-g‘uvlamoq 
D) 
kilovatt-soat, dod-faryodi, non-pon
3. 
[1,1 ball]
Qaysi gapda to‘g‘ri so‘zi o‘z 
ma’nosida qo‘llangan? 
A) 
Boshingga qilish kelsa ham, to‘g‘ri 
gapir. 
B) 
Yangi kelganlar to‘g‘risida bizda 
ishonchli ma’lumotlar bor. 
C) 
Ismat ota to‘g‘ri yo‘lda qoqilib tushdi. 
D) 
To‘g‘ri, ular zarar ko‘rdilar, biroq, hozir 
uni qaytarib bo‘lmaydi. 
4. 
[1,7 ball]
O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila 
oladigan so‘zlar qatorini aniqlang. 
A) 
so‘roq, savol, so‘rash
B) 
strelka, mil, til 
C) 
qilmoq, ado etmoq, aylamoq
D) 
yechmoq, ishlamoq, hal etmoq 
5. 
[1,1 ball] 
Qaysi gapda qo‘shimcha 
qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik 
mavjud EMAS? 
A) 
Bu asari bilan u mamlakatnigina emas, 
balki butun jahonning e’tirofiga sazovor 
bo‘ldi. 
B) 
Aeroportda bojxona nazorati tartibli 
yo‘lga qo‘yilgan, har bir buyumlar 
nazoratdan o‘tadi. 
C) 
Ochiq darsni har oyning juma kunida 
o‘tkazilishiga ma’muriyat yordam beradi. 
D) 
Bu kasallikning davosini barvaqt 
topish 
uchun 
olimlar 
astoydil 
izlanmoqdalar. 
6. 
[1,1 ball] 
Qaysi gapda uzatmoq so‘zi 

Biror manzilga yo‘llamoq, jo‘natmoq” 
ma’nosida qo‘llangan? 
A) 
Ra’no kitobni sekingina yopib, Anvarga 
uzatdi. 
B) 
Zakunchiga biror nima uzatsangiz, 
ishingiz bitadi. 
C) 
Onayizor bugun yolg‘iz o‘g‘lini forontga 
uzatdi. 
D) 
Siz uzatmasangiz ham, u turmush 
qurishga rozi. 
7. 
[1,7 ball] 
Qaysi gapda nuqtalar o‘rnida 
so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi va 
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha 
qo‘llanadi?
A) 
Qayer… intizom va hamjihat… bo‘lsa, 
o‘sha yer… ish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 
bo‘ladi.
B) 
Qizi… yer-ko‘kka ishonma… ona uni 
katta dabdaba orqali uzatish… orzu 
qilardi.
C) 
Tovus o‘zining chiroy… pat…ini ehtiyot 
qiladi, vijdonli odam esa sharaf va shoni… 
saqlaydi.
D) 
Yuksak qoyalar… shiddat bilan 
qo‘zg‘al… burgut suruvdagi qo‘zichoq… 
ildi hamda ketdi.
8. 
[2,5 ball] 
Har uchala parchada ham 
ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 
I. Egri qo‘l ishga yetmas, Ishga yetsa ham, 
ishi bitmas. 
II. Egri bo‘lsang, sinar qanoting, To‘g‘ri 
bo‘lsang, chiqadi oting. 
III. To‘g‘ri bola o‘stirsang, Xalq ichida sher 
bo‘lar. 
1) shart maylidagi fe’l; 2) qo‘shma fe’l; 3) 
bo‘lishsizlik shakli; 4) orttirma nisbat; 5) 
II shaxs birlikdagi fe’l; 6) kelasi zamon 
shaklidagi fe’l.
A) 
2 va 5
B) 
3 va 4
C) 
2 va 6 
D) 
1 va 6


9. 
[1,7 ball] 
Berilgan gapda ishtirok etgan
ko‘makchi qanday mazmuniy munosabat
ifodalagan?
Sahnaga chiqqan yosh xonanda mumtoz
qo‘shiqlarni zavq bilan kuylardi.
A) vosita ma’nosini
B) payt mazmunini
C) tarz, holat ma’nosini
D) birgalik mazmunini
10. 
[1,7 ball] 
Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri 
fikrni aniqlang. 
Men yangi asrda o‘zbekistonlik har bir 
fuqaroning xonadoni obod va farovon 
bo‘lishini, har bir kishi o‘z ishi, umridan 
rozi bo‘lib yashashini istayman. 
A) 
Ravish holi fe’l kesimga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri tobelangan. 
B)
Qaratqich aniqlovchi qaratqich 
aniqlovchiga tobelangan. 
C)
Vositali 
to‘ldiruvchi 
vositasiz 
to‘ldiruvchiga tobelangan. 
D) 
Sifatlovchi 
aniqlovchi 
vositali 
to‘ldiruvchiga tobelangan. 
11. 
[1,7 ball] 
Gapdagi so‘zlarning mazmun 
va grammatik jihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 
Harakat zonasidagi hujayralar odam 
organizmidagi barcha muskul, suyak, pay 
va 
bo‘g‘imlarning 
oliy 
markazi 
hisoblanadi. Assotsiativ zona hujayralari 
esa miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi 
nerv markazlarini bir-biri bilan bog‘laydi. 
A) barcha zona, odamning organizmi 
B)
pay va bo‘g‘im, bir-biri bilan,
C)
oliy markaz, hujayralari bog‘laydi 
D)
harakat zonasi, turli nerv 
12. 
[2,5 ball] 
Qaysi gaplarda vergul o‘zaro 
bir xil punktuatsion qoida asosida 
qo‘yilgan? 
1. Seryoja – oddiy, navqiron, mard yigit – 
o‘rtoqlari uchun jonini fido qildi. 
2. Hamma chuqur xo‘rsindi, Anorxon esa 
piq-piq yig‘ladi.
3. Osmonda, daraxtlarda, tomlarda
bo‘g‘otlarda chumchuqlar chirqillashadi.
4. Harakat, sen ezgulikning haqiqiy qadr-
qimmatini belgilaysan. 
5. "Vatan muqaddas sajdagohdir", - derdi 
adabiyot ustozimiz.
6. Masalan, bu g‘azalda farzandidan judo 
onaning sog‘inchini aks etgan. 
A) 
2 va 3 B) 1 va 3
C) 
4 va 5 D) 2 va 6 
13. 
[1,7 ball] 
She’riy parcha haqidagi 
to‘g‘ri hukmni aniqlang. 
Ko‘rguzub yuz, ko‘ngluma yuz ming 
jafomu qilmading! 
Jism uyidin xasta jonimni jalomu 
qilmading! 
Xotirimni 
ishq 
o‘tig‘a 
mubtalomu 
qilmading! 
Ishq o‘tidin qismatim dardu balomu 
qilmading! 
*** 
Dudi 
birla 
xonumonimni 
qoromu 
qilmading!
Ey ko‘ngul, to dardi ko‘yida gadolig‘ 
topmading, 
Bilki, ahli dard ichinda podsholig‘ 
topmading, 
Qo‘rmading hargiz navo, to bonavolig‘ 
topmading, 
Bahrn ishq ichra, Navoiy, oshnolig‘ 
topmading, 
To bu bir ko‘zni Aras, ul birni Omu 
qilmading. 
A) 
Muxammasda mutlaq va muqayyad 
qofiya qo‘llangan. 
B) 
Muxammasda “o” va “u” unlilari raviy 
vazifasini bajargan. 
C)
Muxammasda yoyiq va yig‘iq radif 
qo‘llangan. 
D)
Muxammasda asosiy va ichki radif 
qo‘llangan. 


14. 
[1,7 ball] 
She’riy parcha haqidagi 
to‘g‘ri hukmni aniqlang. 
Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har 
lahza yosh, 
Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon 
boʻlgʻach quyosh. 
A)
Tasvirda 
tajnis 
san’atidan 
foydalanilgan. 
B) 
Tasvirda husni ta’lil san’atidan 
foydalanilgan. 
C)
Tasvirda 
tashxis 
san’atidan 
foydalanilgan. 
D)
Tasvirda 
tamsil 
san’atidan 
foydalanilgan. 
15. 
[1,7 ball] 
U tomdan varrak uchiraman 
deb yiqilib tushgan, shundan keyin biroz 
esini yo‘qotgan. Uning yig‘laganini hech 
kim biror marta ko‘rmagan. Qachon 
qarasangiz, и iljayib turadi. Mahallada 
hamma ma’rakalarda amovarchilik qiladi. 
U g‘alatiroq gapiradi, «z» va «s»ni 
aytolmaydi, 
«dz» 
va 
«ts» 
deydi. 
Muallifning onasi (Poshsho aya) vafot 
etganda «Oyi!» «Oyi!» deya yer mushtlab 
ilk marotaba yig‘lagan.
Ushbu parchada berilgan ma’lumot 
«Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi 
qahramon haqida? 
A) Xo‘ja 
B) Toy 
C) Shayx 
D) Vali 
16. 
[1,7 ball] 
Ushbu she’riy misralar 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? 
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, 
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. 
A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan 
foydalanilgan. 
B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
C) Radifi qisqa radif sanaladi. 
D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy 
bo‘lib kelgan. 
17. 
[1,7 ball] 
“Abulfayzxon” dramasi xon 
yuborgan 
odamlarga 
“Xon 
endi 
nomusimizni so‘ramasin” deb qaytarib 
yuborgan qahramon kim edi? 
A) Ibrohim otaliq 
B) Hakimbiy 
C) Doniyolbiy 
D) Farhod otaliq 
Quyidagi matnni o‘qib, u asosida berilgan 18–22- topshiriqlarni bajaring. 
BOSH MIYA 
Inson miyasi tabiatning qanday mo‘jizasi ekani bilan tanishamiz. Umuman nerv 
sistemasi inson organizmini boshqaruvchi sistema bo‘lib, uning tafakkurini belgilab 
beradi. Ya’ni inson miyasi uning aqliy faoliyati, dunyoqarashi, fikrlashi va ongning 
fiziologik asosi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, organizmning tashqi muhit bilan 
aloqasini ta’minlaydi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo‘lib, inson o‘sib 
borgan sari u ham rivojlanib boradi. Insonning bosh miya o‘rtacha 100 mlrd neyrondan 
tashkil topgan bo‘lib, u jigarda ishlab chiqarilib qonga quyilgan glukozaning 50% ini 
“iste’mol” qiladi. Bosh miyani tashkil etayotgan neyronlar o‘zaro nerv impulslarini 270 
km/soat tezlikda uzatadi. Neyronlarning soni ko‘paymasligi haqida barchamiz 
o‘qiganmiz, lekin neyronlar inson hayoti davomida o‘sib turadi. Bitta neyron istalgan 
ensiklopediyadagi ma’lumotlardan ko‘ra besh barobar ko‘p ma’lumotni eslab qola oladi. 
Miya hujayralari oksibiont hujayralar qatoriga kirib, ular qon aylanish tizimiga 
tushgan kislorodning 20% ini ishlatadi. [1] 
Shu bilan birga, miyaning 80% ini suv 
tashkil etadi, shu boisdan ham odam doimiy ravishda yetarli miqdorda suv ichib 
turishga ehtiyoj sezmaydi. 
Bosh miya odam tana massasining o‘rtacha 2% ini tashkil etadi. U o‘rtacha 1000 
– 2000 gramm oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Baʼzan bu koʻrsatkich kam yoki ortiq boʻlishi 
mumkin. 
Shunisi hayratlanarliki, insoning aqliy faoliyati uning o‘lchamiga bog‘liq emas. 
Misol uchun, buyuk kimyogar olim Dmitriy Ivanovich Mendeleyev bosh miyaning 


og‘irligi 1571 gramm, Ivan Sergeyevich Turgenevning bosh miyasining og‘irligi esa 
2012 gramm bo‘lgan. Demak, insonning aqliy faoliyati bosh miyaning massasiga emas, 
uning po‘stloq qismidagi nerv hujayralarining xususiyatiga bog‘liq.
Bosh miya ikki qismdan tashkil topgan: miyaning stvol, ya’ni ust qismi va bosh 
miyani o‘rab turuvchi bosh miya katta yarimsharlari. Miyaning ustun qismi uzunchoq 
miya, miya ko‘prigi, o‘rtamiya, oraliq miya va miyacha kabi qismlardan iborat.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastgi qismi bo‘lib, yuqori tomondan miya 
ko‘prigiga tutashadi. Uzunligi 3-3,5 cm bo‘lib, og‘irligi 7 gramm. Uzunchoq miya nafas 
olish, ovqat hazm qilish va qon aylanish kabi sistemalar ishini boshqarib, uning 
shikastlanishi nafas olish va yurak ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
Miya ko‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashgan bo‘lib, yuqoridan o‘rta 
miyaga va yon tomondan miyachaga tutashib turadi. Miya ko‘prigiga ko‘z soqqasining 
harakati va yuzdagi mimika muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazlari 
joylashgan.
O‘rta miya miya ko‘prigining yuqori tomonida joylashgan. Unda to‘rtta tepalik 
bo‘lib, oldingi ikkitasida po‘stloqosti ko‘rish, orqadagi ikkita teplikda esa po‘stloqosti 
eshitish markazlari joylashgan. Bosh miyaning mana shu sohasida ovqatni chaynash 
va yutish reflekslari, ko‘rish, eshitish, qo‘l barmoqlarining nozik harakatlari va 
muskullar tarangligini ta’minlovchi nerv markazlari joylashgan.
Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, yuqori tomondan 
bosh miya katta yarim sharlari bilan qoplanib turadi. [2] Oraliq miya ko‘rish do‘mbog‘i 
va do‘mboqosti sohalaridan iborat.
Miyacha inson tanasidagi turli harakatlarning asosi bo‘lib, bosh miya katta 
yarimsharlarining ostki qismida joylashgan. Og‘irligi 150 gramm. Agar miyacha 
zararlansa, tana muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish 
mashqlarini bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakatlanadi.
Miyaning ikkinchi qismi bo‘lgan bosh miya katta yarimsharlari bosh miyaning 
yuqori tomonidan qoplab, uni himoya qilib turadi. [3] U o‘ng va chap yarimsharlardan 
iborat bo‘lib, qadoqsimon tana yordamida bir-biridan ajralib turadi. U kulrang 
moddadan tashkil topgan tashqi qavat va oq moddadan iborat ichki qavatdan tuzilgan. 
Uning qalinligi 2,5-3 mm. Po‘stloq qavati tekis bo‘lmasdan, xuddi yong‘oq kabi juda ko‘p 
burmalardan iborat. Miya po‘stlog‘ining bunday tuzilishi unda juda ko‘p sonli nerv 
hujayralarining joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miyaning po‘stloq qismida 14-16 
milliard atrofida nerv hujayralari mavjud. Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i 
pushtalarining soni deyarli barcha odamlarda bir xil bo‘lib, lekin ularning tuzilishi 
xuddi inson kaft chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar miya sharining bunday pushta 
va egatlari yozib chiqilsa, umumiy sathi 1468-1670 cm

ni tashkil etadi. Bosh miya katta 
yarimsharlarining hujayralari bajaradigan funksiyaga ko‘ra po‘stloq sathi uchta zonaga 
bo‘linadi. Birinchisi ko‘rish zonasidagi hujayralar barcha sezgi organlarining asosiy 
markazi bo‘lib, teri, ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezgi organlari 
retseptorlaridan qabul qiladi. Harakat zonasidagi hujayralar odam organizmidagi 
barcha muskul, suyak, pay va bo‘g‘imlarning oliy markazi hisoblanadi. Assotsiativ zona 
hujayralari esa miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv markazlarini bir-biri bilan 
bog‘laydi. [4] Bu zona hujayralari sezish va harakat zonasidan kelgan impulslarni 
analiz va sintez qiladi.
18. 
[1,7 ball] 
Matn mazmuniga mos to‘g‘ri 
shakllantirilgan gapni aniqlang. 
A) 
Bosh miya jigardagi kislorodning 
yarmini ishlatadi. 
B) 
Bosh miyadagi neyronlar soni 
kamayib-ko‘payib turadi. 
C) 
Inson bosh miyasining akasiyat 
qismini suv tashkil etadi. 


D) Inson bosh miyasi yillar o‘tsa-da, o‘z
hajmini o‘zgartirmaydi.
19. 
[1,7 ball] 
Matn mazmuniga mos to‘g‘ri 
shakllantirilgan gapni aniqlang. 
A) 
Bosh miya hajmi inson tanasi bilan 
mutonosib bo‘ladi. 
B) 
Bosh miya hajmi inson aqliy salohiyati 
bilan nomutonosib bo‘ladi. 
C) 
Inson bosh miyasi asosan qon 
tarkibidagi yog‘lar bilan oziqlanadi. 
D) 
Inson 
bosh 
miyasi 
ko‘plab 
muskullardan iborat bo‘ladi. 
20. 
[1,7 ball] 
Matn mazmuniga mos to‘g‘ri 
shakllantirilgan gapni aniqlang. 
A) 
O‘rta miya jarohat olsa, yurak faoliyati 
izdan chiqadi, inson nafas ola olmaydi. 
B) 
Uzunchoq miya jarohat olsa, inson tana 
a’zolarini 
qimirlata 
olmaydi, 
tura 
olmaydi. 
C) 
Miyacha miya ko‘prigining yon qismi, 
o‘rta miyaning ost qismida joylashgan. 
D) 
Oraliq miya uzunchoq miyining yuqori 
qismida 
miyachaning 
ost 
qismida 
joylashgan. 
21. 
[1,7 ball] 
Matn mazmuniga MOS 
KELMAYDIGAN ma’lumotni toping.
A) 
Miya po‘stlog‘i pushtalarning tuzilishi 
odamlarda bir-biridan farq qiladi. 
B) 
Bosh miyaning assotsiativ zonasi 
hujayralari sezish va harakat qismidan 
kelgan impuls signallarni tahlil qiladi. 
C) 
Bosh miya katta yarimsharlarining 
tashqi va ichki qavati o‘zaro bir xil rangda 
bo‘ladi.
D) 
Bosh miya katta yarimsharlari sathi 
hujayralarining 
amalga 
oshiradigan 
vazifasiga ko‘ra uchta katta qismga 
bo‘linadi. 
22. 
[1,7 ball] 
Raqamlab ko‘rsatilgan qaysi 
gap matnning mazmuniy tuzilishida 
xatolikni yuzaga keltirgan? 
A) 
4 B) 2 C) 1 D) 3 
Quyidagi matnni o‘qib, u asosida berilgan 23–27- topshiriqlarni bajaring. 
“Temir xotin” komediyasi 
Olimjon: — Qo‘chqor aka!.. Tamom, tamom!.. Hammasi tugadi! 
Qo‘chqor: — Nima tugadi, Olimtoy? 
Olimjon: — Sho‘rim qurib qoldi, Qo‘chqor aka, sho‘rim qurib qoldi!.. 
Qo‘chqor: — Mundoq tushuntiribroq gapir, Olimtoy, unaqa ko‘kragingga 
mushtlaganing bilan biz tushunavermaymiz, bir omi odam bo‘lsak. 
Olimjon: — (Qo‘chqorning yelkasiga bosh qo‘yib.) Qo‘chqor aka, Alomatdan ajrab 
qoldik!.. 
Qo‘chqor: — Yopiray!.. (Sal o‘ziga kelib.) Nega?.. Qachon?.. 
Olimjon: — Hozir... Borsam, kartaning boshida tutab yotibti. Kuyib ketipti!.. 
Qo‘chqor: — (Yuziga fotiha tortib.) Voy, bechora-yey... Umri qisqa ekan. 
Olimjon: — Yetti yillik mehnatim, yetti yillik umrim barbod bo‘ldi, havoga 
uchdi!.. 
Qo‘chqor: — Qo‘y, endi, bo‘lar ish bo‘pti. Hammaning boshida bor savdo. 
Qo‘limizdan nimayam kelardi 
(Birozdan so‘ng.) Endi nima qilasan, Olimtoy? 
Olimjon: — (Piqillaganicha.) Nima qilardim, sog‘ qolgan qismini olib, zapchast 
qilaman... 
Qo‘chqor: — (Turib.) Bo‘lmasa men odamlarga xabar qilay. 
Olimjon: — Nimasini xabar qilasiz? 
Qo‘chqor: — Ha, endi, janaza degani ko‘pchilik bilan-da... 


Olimjon: — (Portlab.) Vey, siz sal jinniroqmisiz-a, jinniroqmisiz?! Hali nikoh
o‘qitasiz, hali janaza deysiz!
Qo‘chqor: — Endi, tirik odamday bo‘lib qoluvdi-da...
Olimjon: — Alomatning nimadan o‘lganini bilasizmi?
Qo‘chqor: — Yo‘q.
Olimjon: — Zo‘riqib o‘ldi! Uni siz o‘ldirdingiz!
Qo‘chqor: — (Yoqa ushlab.) Yopiray!..
Olimjon: — Ha, siz o‘ldirdingiz! Kennoyim ketib, juda to‘g‘ri qilganlar, sizning
changalingizga tushgan har qanday ayol ham, albatta, nobud bo‘ladi! Siz uchiga 
chiqqan feodalsiz!
Qo‘chqor: — Nima-dal?
Olimjon: — Feodal!
[1]
Mana shu uch kun ichida Alomat sho‘rlikning boshiga
nimalar yog‘ilmadi! Nima azoblarni ko‘rmadi! Beayov ekspluatatsiya qildingiz! 
Qo‘chqor: — Nima-platatsiya?
Olimjon: — Ekspluatatsiya! Ertalabdan kechgacha tindirmadingiz-a! Bir minut
dam olgani yo‘q, bechora! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim naridan suv olib 
kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb 
to‘ymaydigan ochofat mollaringiz bor: ertalabdan kechgacha o‘t ber, suv ber, yem ber! 
Xamir qoradi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi, o‘zi! 
Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib, paxta teradi! Qirq-ellik 
kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib boradi! Shunaqayam qiynaydimi, Qo‘chqor aka?! 
Bu do‘zax azoblariga qanday dosh bersin, qanday chidasin?! (Mehr bilan.) Axir u 
temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini 
o‘ylamaydi, “qiynalib ketdim” deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday 
ishlataveradimi axir! “Paq” etib joni chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘q, 
yuragi tosh odamsiz, Qo‘chqor aka!
Qo‘chqor: — Hech kim mehnatdan o‘lmaydi, Olimtoy...
Olimjon: — E, ana o‘ldi-ku! Yana nima kerak sizga! Shundayam ko‘zingiz
ochilmadimi, qanaqa Xudo qarg‘agan odamsiz?! Siz, Qo‘chqor aka, inkvizitorsiz! 
Qo‘chqor: — Nima-zitor?
Olimjon: — Inkvizitor!
Qo‘chqor: — Yo‘g‘-e, Olimtoy, inkvizitormas, mexanizator, de...
Olimjon: — Hamma zamonlardayam inson aql-u zakovatining mahsuli — buyuk
kashfiyotlar sizga o‘xshagan johillar tufayli barbod bo‘lgan! Siz taraqqiyotning 
dushmanisiz! (Butun dunyo, jahondan norozi bo‘lib ketadi.)
(Sukut. Qo‘chqor nima qilarini bilmay, o‘rtada turib qoladi. Keyin asta-sekin 
yurib, sahna oldiga keladi.)
Qo‘chqor: — (Tomoshabin uzra uzoq-uzoqlarga tikilganicha.) Tavba... Alomatni 
men o‘ldirgan emishman, unga biron-bir ortiqcha yumush buyurganim yo‘q, o‘lib ketay 
agar. Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan 
qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming 
bor sog‘aygani ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos... 
[2]
(Kattakon tog‘orani arang ko‘tarib Qumri chiqadi.)
Qumri: — G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir qilib kim bilan gaplashyapsiz, dadasi?
Qo‘chqor: — (Tomoshabin tomonga qaraganicha, o‘ta jiddiy.) Menmi? Xudo bilan
gaplashyapman.
Qumri: — (Erining bu gapini hazil tushunib.) Rostdan-a? Xo‘sh, Xudo sizga nima
dedi?


Qo‘chqor: — (Tomog‘iga allanarsa kelib tiqilganday, yutinib olib.) Ey, esi yo‘q
bandam, -dedi, - shukronalar keltirki, xotiningni odam qilib yaratganman, yo‘qsa u 
allaqachon zapchast bo‘lib ketardi, dedi...
23. 
[1,1 ball] 
Asar nomi orqali qanday 
badiiy maqsad ifoda etilgan? 
A) Qo‘chqor singari ayrim kimsalarga 
jamiyatda o‘rin yo‘qligiga ishora qilingan. 
B) Robotlar insoniyat bilan tenglasha 
olmasligiga, inson tengsiz ekanligiga 
ishora qilingan.
C) Olimtoy kabi o‘zbek kashfiyotchilariga 
imkon berilmasligiga ishora qilingan. 
D) Alomat orqali o‘zbek ayollarining og‘ir 
yashash tarziga ishora qilingan. 
24. 
[1,1 ball] 
Qo‘chqor obraziga mos ta’rif 
berilgan javobni aniqlang. 
A)
ayoliga sadoqatli bo‘lsa-da, mehrsiz ota 
B)
har narsaga ishonuvchan, koʻngilchan 
inson 
C) 
tepsa-tebranmas, beg‘am, loqayd inson 
D)
qadriyatlarga sadoqatli, ilmli inson 
25. 
[1,1 ball] 
Olimjon obraziga mos ta’rif 
berilgan javobni aniqlang. 
A) 
qadriyatlarni mensimaydigan, johil 
kimsa 
B) 
sodda, koʻngilchan, bilimsiz inson 
C) 
o‘ziga bino qo‘ygan mag‘rur odam 
D) 
majburiy eksplutastiyaga qarshi 
bo‘lgan kishi 
26. [
1,1 ball] 
[1] 
raqami bilan ajratib 
ko‘rsatilgan 
qismda 
tasvirlangan 
qahramon holati qaysi javobda to‘g‘ri 
izohlangan? 
A) 
Malomatga qolishini o‘ylab, Qo‘chqorni 
aybdor qilishga tushadi. 
B) 
O‘zining bir necha yillik mehnati 
havoga uchganidan jahli chiqadi.
C) 
Qumri opaning hayotiga achinib 
g‘azablanib ketadi. 
D) 
Qo‘chqorning aytgan gaplari uni 
taajjubga soladi. 
27. 
[1,1 ball] 
[2] 
raqami bilan ajratib 
ko‘rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no 
ifoda etilgan?
A) 
lol qolish
B) 
achinish 
C) 
hayron
D) 
so‘roq
G‘azalni o‘qing va 28-32 topshiriqlarni bajaring. 
1. Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur, 
Emas anjum
1
falak ahli ochib ko‘zlar qaroshibdur.
2. Bir uchqundur quyosh ul mahliqo ruxsori o‘tidin, 
Shafaq ermas, falak domoni
2
g‘a ul o‘t tutoshibdur.
3. Dema tun zulmati xurshid ruxsorin nihon etmish, 
Ul oyning ishqi savdosi oning boshidin oshibdur. 
4. Falak mehri bulutdin yuzga chekmish pardayi mushkin, 
Magar boqib quyoshim yuziga ko‘zi qamoshibdur. 
1
Anjum – yulduzlar.
2
Domon – etak. 


5. Yuzida chinmu
3
dur har sori tushkan sovuq ohimdin,
Bu sarsar
4
birla, yo‘q ersa g‘azab daryosi toshibdur.
6. Sochi savdosida gar yetmasam la’li
5
g‘a tong ermas – 
Ki, bu zulmat ichida necha Iskandar adoshibdur. 
7. Yuziga surtubon g‘oza
6
, chekibdur qoshig‘a vo‘sma
7

Bu ziynatlar onga, vah, ne balo usru
8
yaroshibdur. 
8. Ko‘ngul bo‘l voqif ul payvasta
9
qoshlar hayatidinkim, 
Ikov bir-birga qatlingda egib boshi kengoshibdur. 
9. Necha ko‘b desa hazyon, Ogahiy, har kecha tong yo‘qkim, 
Ul oy savdosi fikri birla oning aqli choshib
10
dur. 
28. 
[2,5 ball] 
G‘azal matla’si haqidagi 
to‘g‘ri hukmni aniqlang. 
A) 
Mashuqa husn bobida falak ahlidan 
ham ortiq ekanligi bayon qilingan. 
B) 
Yorning ko‘zlari qoralikda tundan ham 
qora ekanligi bayon etilgan. 
C) 
Mashuqa go‘zallik bobida oy bilan 
bahslashib qolgani bayon etilgan.
D)
Yorning kipriklari jonga o‘t yoquvchi 
ekanligi bayon qilingan. 
29. 
[2,5 ball] 
2-bayt mazmunida AKS 
ETMAGAN fikrni aniqlang. 
A) 
Yorning nurafshon yuzi oldida quyosh 
uchqun kabi nursiz bo‘lib qoladi.
B) 
Mashuqa 
yuzining 
shu’lasini 
ko‘rganlar qip-qizil shafaq deb o‘ylashibdi, 
ammo u shafaq emas edi. 
C) 
Yorning yuzidan taralayotgan qip-qizil 
shula falakka qadar yetibdi.
D) 
Mashuqaning nurafshon yuzini 
ko‘rganlar quyosh botgandan keyin 
chiqadigan yulduzlar deb o‘ylashibdi. 
30. 
[2,5 ball] 
G‘azal haqidagi qaysi hukm 
TO‘G‘RI EMAS? 
3
Chin – soch jingalagi. 
4
Sarsar – kuchli shamol, davul. 
5
La’l – lab. 
6
G‘oza – upa, bezak vositasi. 
7
Vo‘sma – o‘sma. 
8
Usru – juda. 
9
Payvasta – tutash. 
10
Choshmoq – to‘lib-toshmoq 
A) Oshiq o‘zini Iskandar shohga 
o‘xshatadi. 
B) Oshiq mashuqasini oyga mengzaydi. 
C) Oshiq o‘z yorini quyoshga o‘xshatadi. 
D) Oshiq o‘zini yulduzlarga mengzaydi. 
31. 
[2,5 ball] 
G‘azalda shoir mashuqaning 
qaysi a’zosini tasvrilayotganda, u oshiqni 
o‘ldirish uchun qasd qilganini keltiradi? 
A) la’li(lablari) 
B) ko‘zlari 
C) qoshlari 
D) kipriklari 
32. 
[2,5 ball] 
Quyidagi qaysi fikr maqta’da 
aks etgan? 
A) 
Mashuqa o‘ziga zeb bergan, atir-upalar 
bilan bezangan holatda tasvirlanadi. 
B) 
Oshiq aql-hushini mahbubasiga 
yetishish 
istagi 
egallagan 
holatda 
tasvirlanadi. 
C) 
Mashuqa oshiqqa yetishish uchun 
joniga qasd qilishga tayyor holatda 
tasvirlanadi.
D) 
Oshiq mahbubasiga yetishish uchun 
olisv 
safarga 
otlangan 
holatda 
tasvirlanadi. 


Gaplar (33, 34, 35) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A
-F) ni o‘zaro to‘g‘ri 
moslashtiring. 
33. 
[1,7 ball] __________
– O, muаzzаm Enаsoy dаryosi! Agаr yuz 
yillik qаrаg‘аyni tаshlаsа, uni cho‘pdаy oqizib 
ketаsаn.
34. 
[1,7 ball] __________
Kel endi, ikki qum zаrrаsi – ikki inson 
bolаsini bаg‘ringgа olgin.
35. 
[1,7 ball] __________
Ulаrgа yer yuzidа joy yo‘q. 
A) 
atov gap 
B) 
shaxsi (egasi) yashiringan 
gap 
C) 
ko‘chirma gapli qo‘shma 
gap 
D) 
ikki bosh bo‘lakli gap 
E) 
shaxsi (egasi) noma’lum 
gap 
F) 
undalmali gap 
36. 
[1,7 ball] 
Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan har uchala so‘z bilan 
ma’nodoshlik hosil qila oluvchi so‘zni yozing. 
1) U juda 
shayton
yigit-da. 
2) Salimning o‘g‘li juda 
quv

3) Boy juda 
tulki-da.
Javob: __________________________________________
37. 
[2,5 ball] 
Berilgan gapda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan tinish belgilarining to‘g‘ri 
ketmaketligini yozing. 
Husayin Voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxs deb yozadi Najmiddin 
Komilov Tafakkur karvonlari asarida U Navoiyga bag‘ishlab kitob yozgan uning 
mehrini qozongan yaqin kishisi muxlisi do‘sti edi
Javob: __________________________________________ 
38. 
[1,7 ball] 
Gapda qaysi qo‘shimchaning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xatolik 
kuzatilgan? 
Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri uni bir tan, bir jon bo‘lib yashashida 
ko‘zga tashlanadi. Shu sababli bizda hech kim yaxshi kunda ham, yomon kunda ham 
yolg‘iz qoldirilmaydi. Xalqimiz: “yaxshilik qilgan, mehr-muruvvatli, oqibatli odam hech 
qachon kam bo‘lmaydi”, – degan aqida bilan yashaydi. 
Javob: __________________________________________ 
39. 
[1,7 ball] 
Gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi ikkinchi darajali bo‘laklar 
uyushganini yozing. 
Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va 
boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida 
qabul qilinadi va e’lon etiladi. 
Javob: __________________________________________ 
40. Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishini tahlil qiling. 
Shunda Germaniyada chop etiladigan jurnallardan biri shunday taklif kiritadi. 
Unga ko‘ra politsiya mashina egasiga guvohnoma berishdan oldin uning mashina 
haydashni bilish-bilmasligini tekshirib ko‘rishi va shundan so‘nggina guvohnoma 
berishi kerak bo‘ladi. 


a)
[1,2 ball] 
gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘zga tobelanib bog‘langan so‘zni yozing. 
Javob: __________________________________________ 
b) 
[1,3 ball]
gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z tobelangan so‘zini aniqlab, yozing. 
Javob: __________________________________________ 
41. Berilgan gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘lang. 
1. Siz aytgan vaqtda ulgura olmasam kerak. 
2. Ko‘p so‘qmoqlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
a) 
[0,8 ball] 
birinchi va ikkinchi gapni qanday grammatik vosita yordamida to‘g‘ri 
bog‘lash mumkin? 
Javob: __________________________________________ 
b) 
[0,9 ball] 
natijada qo‘shma gapning qaysi turi hosil bo‘ladi? 
Javob: __________________________________________ 
42. She’riy parchadagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar yordamida ifodalangan she’riy 
san’atlarni aniqlang va yozing. 
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.
a) 
[0,8 ball] 
birinchi she’riy san’at 
Javob: __________________________________________ 
b) 
[0,9 ball] 
ikkinchi she’riy san’at 
Javob: __________________________________________ 
43. She’riy parchaning qofiyasini tahlil qiling va yozing. 
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg‘ali, 
Ko‘zgudеk qildi sеni o‘zini paydo qilg‘ali. 
a) 
[0,8 ball] 
ajratib ko‘rsatilgan qofiyadosh so‘zlardagi raviyni yozing.
Javob: __________________________________________ 
b) 
[0,9 ball] 
ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar raviyning o‘rniga ko‘ra qofiyaning qaysi 
turini hosil qilgan? 
Javob: __________________________________________ 
44. Quyidagi qit’a mazmunini tahlil qiling va savollarga javob yozing. 


Har kishikim topsa davron ichra johu e’tibor, – 
Kim aning zotida bеdod-u sitam bo‘lg‘ay qilig‘. 
Yaxshilig‘ gar qilmasa, bori yamonlig‘ qilmasa, – 
Kim yamonlig‘ qilmasa, qilg‘ancha bordur yaxshilig‘. 
a) 
[0,8 ball] 
qit’ada qanday illat qoralangan? 
Javob: __________________________________________ 
b) 
[0,9 ball] 
qit’ada qanday fazilat ma’qullangan? 
Javob: __________________________________________ 


45. 
[24 ball] 
Quyidagi vaziyat yuzasidan o‘z munosabatingizni yozma bayon qiling.
Ayrimlar o‘quvchilar 10, 11-sinfda bo‘lajak mutaxassisligi uchun kerak bo‘lgan 
fanlarnigina o‘qishi kerak, deb hisoblaydilar. Boshqalar esa maktab ta’limida barcha 
fanlarni o‘qish o‘quvchilarni shaxs sifatida shakllantiradi, degan fikrdalar. 
❖ Fikr-mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qiling. 
❖ Fikrlaringizni mantiqiy izchillikda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan 
holda ifodalang. 
Esse uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim: 
I. Kirish. Essening kirish qismini yozishda quyidagilarga amal qiling: 
1) kirish qismi ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim; 
2) berilgan vaziyat matnini aynan ko‘chirmang. 
II. Asosiy qism. Essening asosiy qismini yozishda quyidagilarga amal qiling: 
1) asosiy qism kamida uchta xatboshidan iborat bo‘lishi lozim, har bir xatboshida 
tomonlarning qarashlari va shaxsiy qarashlaringizni batafsil yoriting; 
2) berilgan vaziyat yuzasidan turli qarashlarni hayotiy misollar bilan dalillang; 
3) shaxsiy mulohazalaringizni batafsil va dalillar asosida yoriting; 
4) bayon qilinayotgan barcha fikr-mulohazalar faqat mavzu doirasida bo‘lishi 
lozim. 
III. Xulosa. Essening xulosa qismini yozishda quyidagilarga amal qiling: 
1) asosiy qismda ifodalangan fikr-mulohazalarni umumlashtiring; 
2) xulosa ikki-uch jumladan iborat bo‘lishi lozim. 
DIQQAT! Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo‘yilmaydi.
 
___________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
___________________________ 

Download 157.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling