Diagnostika asboblari Reja: Diagnostika. Diagnostika ultratovush texnikasi
Download 35.07 Kb.
|
Diagnostika asboblari
Diagnostika asboblari Reja: 1. Diagnostika. 2. Diagnostika ultratovush texnikasi. 3. Diagnostika asboblari. Xulosa Adabiyot. Diagnostika (yun. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. D. fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi: 1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullari; 2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); 3) bemorni tekshirib, olingan maʼ-lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi. Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega. Obʼyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya metodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniklash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish D.ning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda temperaturasi va qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq, qin koʻzgulari) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop, qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa kimmatli usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari D.sida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniklashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, kon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniklanadi. Lab.da qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyo-viy tekshirishdan oʻtkaziladi (qarang Biopsiya). Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetnk aniklash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar D. uchun katta ahamiyatga ega. Hoz. radiotelemetrik D. usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan. Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash boʻlishi yoki tipik boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda differensial D. usuli qoʻllaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qili-nayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yoʻl bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qoʻyadi. Funksional kasalliklar D.sida tashhis qoʻyishda asosiy va yoʻldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniklanadi, sistema va aʼzolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan ogʻrigan boshqa bemordan farq kiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologo-anatomik D.da bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan maʼlumotlar va toʻqimalar biontatini taxlil qilish asosida tashhis qoʻyiladi. D.ni takomillashtirishda telekommunikatsiya, internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin. Veterinariya D.si umumiy va maxsus boʻladi. Umumiy D.da kasal hayvonni roʻyxatga olinadi, analizlar yigʻiladi, shilliq qavati, limfa tu-gunlari, yungi, terisi tekshiriladi, harorati oʻlchanadi va h. k. Maxsus D.da esa ichki aʼzolar, kon, siydik, oshqozon va ichaqdagi narsalar, orqa miya suyukligʻi, goʻngi va b. tekshiriladi. Stab.Uz onlayn-megamarketi xarid qilishni taklif qilayotgan Toshkentdagi Diagnostika asboblari yetakchi ishlab chiqaruvchilar tovarlarining eng keng tanlovidir. Biz uzoq vaqtdan beri ushbu toifadagi mahsulotlarni sotishga ixtisoslashganmiz. Katta tajriba mijozlar uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon berdi. Toshkentda bizdan Diagnostika asboblari sotib olish jozibador imkoniyatlari: Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling