Dialektika borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi deb qaraladi


Download 17.03 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi17.03 Kb.
#1785026
Bog'liq
Dialektika


Dialektika — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi deb qaraladi. Dialektika tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida Dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash va munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik uslubini anglashga intilish qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz mohiyatiga yetib kelgan. Falsafa tarixida Dialektika turlicha talqin qilingan. Dialektika soʻzi ilk bor Suqrot tomonidan qoʻllanilgan. U Dialektikani bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashuvi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida Dialektika oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, Dialektika — muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va boshqa yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi Dialektikasi vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq Dialektikasidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan XVIII asrgacha Dialektika oddiy mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon Dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻzaro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno Dialektikani qara-ma qarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Gegel Dialektikani borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida Dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qadimgi dunyodagi ilk, stixiyali, sodda Dialektika; 2) nemis mumtoz idealistik falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin Dialektikani vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish haqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya Dialektika qonunlarida insoniyatning yalpi baxt-saodatga borish kafolatini koʻradi. XIX asr Gʻarb falsafasida Dialektika neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.
Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling