Dialektologik amaliyot jarayonida talabalarga tavsiya qilinayotgan savollar
Download 79.94 Kb.
|
Matyaqubova Oyshajon. material
VIII. Maishiy leksika
1. O‘t yoqish uchun bir boshiga yonuvchi modda surkalgan cho‘p nomi.J:kugurt 2. Gugurt solingan qutiningnomi bormi? J:kugurt qutï 3. Ilgari paxtadan eshilgan pilik va idishdan iborat shishasiz chiroqni qanday nom bilan ataganlar?J:chïrä,lampa 4.Ikki uchidagi ilmog‘iga chelak osib yelkada suv tashiydigan yog‘ochbuyum nomi. J: ïyïn ag'ač 5. Go‘shtni qiyma qilishda qo‘llanadigan asbobni nima deb ataysizlar?J:baltäča 6. Qozon, idish kabi narsalar og‘zini berkitib turadigan buyumningnomi.J:qapqaq 7. Choy qaynatadigan idishni nomini aytsangiz. J: tanqa 8. Asosan choy ichish uchun qo‘llaniladadigan idishni nima deb ataysizlar? J:kāsa 9. Undan kattaroq, suyuqlik va suyuq ovqat solib ichiladiganini-chi? J:lapkäsa Choynak, piyolaning darz ketgan joyini nima deysizlar? J:čatnaq To‘garak shaklda, yassi, qirg‘og‘i ko‘tarilgan chinniidish nomi nima 12. Undan kichigi-chi? 13. Tunuka tovoqni nima deb ataysizlar? 14. Non, qand-qurs solib dasturxonga qo‘yiladigan yassi, chetlarisal qayrilgan idishning nomini aytsangiz. J:padnos 15.Katta, chuqur, to‘garak, xamir qiladigan yoki kir yuvadigan idish nomi.J:lägän 16. Yog‘ochdan ishlangan katta tovoq nomi J:kärsän 17. Yog‘och yoki qovoqdan ishlangan (yog‘ yoki boshqa narsalar solinadigan ) idish nomini aytsangiz. 18. Ovqat yeyish yoki ichish uchun ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumi va uning turlarini aytib bersangiz. J:lapkäsa,qašïq,sarhum 19. Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan uzun dastali buyum nomi. J:čomïč 20. Novda yoki simdan to‘qilgan xamir ovqatlarni suzib olish uchun ishlatiladigan buyumni nima deb ataysizlar? J:suzgïč 21. Biror idishdan suv olish uchun qo‘llaniladigan stakan shaklidagi dastali idishning nomi. J:sarhum 22. Og‘zi tor idishlarga suyuqlik quyish uchun ishlatiladigan og‘zi keng, tagi naychasimon idishni qanday nom bilan ataysizlar?J:varrankä 23. Katta, cho‘ziq, tunuka tog‘orani nima deysizlar? 24. Ikkita qulog‘i, qopqog‘i bo‘lgan asosan ovqat pishiriladigan yoki oziq-ovqat solib qo‘yiladigan metall idish qanday nom bilan ataladi?J:qazan 25. Qatiq ivitish uchun ishlatiladigan sopol idish nomi.J:qästrol 26. Suv solish tashish uchun ishlatiladigan qorni keng, bo‘g‘zi ingichka, bir tomonda dastasi bor sopol idish nomini aytsangiz. 27. Suv saqlash, tashish uchun ishlatiladigan dastasi yoysimon idishni nima deb ataysizlar? 28. Quduq boshiga qo‘yilgan, quduqdan suv oladigan chelakning alohida nomi bormi?J:čäkär 29. Yog‘, kerosin solinadigan tunuka idish nomi.J:känïstïr 30. Ilgari donni chiptadan ishlangan idishga solganlar, shuning nomi nima? 31. Jo‘mrakli sopol qumg‘on nomi?J:tunčä 32. Ovqat pishirish, suv isitish uchun qo‘llaniladigan quyma cho‘yan idish va uning katta-kichik turlarining nomini aytib bersangiz? 33. Ilgari cho‘mich, qoshiq, yog‘och tovoqlar maxsus idishga solib qo‘yilar ekan, shu idishning nomi nima? 34. Qozonni o‘choqdan olib boshqa joyga qo‘yganda tagiga doira shaklidagi narsa qo‘yiladi. Shu buyum nomini aytsangiz? 35. Qozon yuvadigan sochiq nomi. J:däsmal 36. Qozonni qirib tozalaydigan buyum nomi. Qazan qïraq 37. Yonib yoki qizib turgan narsani, cho‘g‘ni qisib olish, olovni tuzatish uchun ishlatiladigan asbobni nima deb ataysizlar? J:ātaškur 38. Xamir yoyish, non yasash uchun ishlatiladigan maxsus taxtani nima deb ataysizlar?J:aštäxtä 39. Xamir yoyish, non yasash uchun qo‘llanadigan, odatda, oshlangan teridan qilingan dasturxonsimon buyum nomi. 40. Xamir yoyish uchun qo‘llanadigan uzun cilliq tayoqcha nomi.J:oqlo 41. Kattasi va kichigi qanday nomlanadi?J: uzïn oqlo,oqlo 42. Un supurib oladigan sochiqni nima deb ataysizlar?J:sïpra 43. Qozon qopqog‘iga o‘rab palov damlaydigan dasturxonni nima deysizlar?J: qazaqï 44. Yog‘och gardishga xom teri qoplangan, g‘allani yelpish, sovirish uchun ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumining nomi. J:zag'ama 45. Yog‘och gardishga to‘r qoplangan, un elash uchun qo‘llaniladigan asbob nomi.J:eläk 46. Don elanadigan, siyrak to‘rli katta elakni nima deb ataysizlar?J:g'alvïr 47. Mayda ko‘zlisini-chi?J:ušaqkoz 48. Don yanchish, un tortish uchun qo‘llaniladigan xonaki asbob nomi.J:tegïrman 49. Novda, chiviq, sim kabilardan to‘qilgan idish nomi.J:sävät 50. Kiyim-kechak, gazlama kabi narsalar saqlanadigan, qopqoqli, katta yashikka o‘xshash buyumni nima deb ataysizlar? J:arja 51. Jundan bosib tayyorlanadigan qalin palos nomi.J:kigiz 52. Kigizning qanday turlari bor?J: qara,aq,gullï 53. Kigiz tayyorlovchi ustalarni kim deb ataysizlar?J:kigizčï 54. Bir kishi o‘tiradigan kigiz nomi. 55.Odatda jun, ipakdan to‘qiladigan, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak tariqasida devorga osib qo‘yiladigan buyum nomini aytsangiz.J:g'alï 56. Paxta, jun, ipak tolasidan ingichka qilib yigirilgan tikuv, to‘quv materialining nomi.J:bez 57. O‘rab qo‘yilgan tayyor ipni nima deysizlar?J:nah 58. Yigirishga tayyorlab qo‘yilgan paxtaning nomini aytsangiz. 59. Jun savalaydigan uzun xipchin nomi.J:qamiš yoki čuvuq 60. Ko‘rpa-to‘shakka, to‘nga solish uchun tayyorlab qo‘yilgan paxta tutamining nomi. 61. Ip o‘rash uchun moslangan buyum nomi.J:tog'anäk 62. Ip yigiradigan, maxsus ishlangan uzun tayyoqcha nomi. 63. Zig‘ir, kanop poyasi tolalaridan, ipdan yoki jundan eshib tayyorlangan, bog‘lash uchun ishlatiladigan buyum nomi. 64. Daraxt shoxiga yoki imorat yog‘ochiga osib, ikki uchi qo‘shib bog‘langan arqon nomi. 65. Beshik ustiga yopiladigan chit, mato nomi. J:bez 66. Beshik ustiga yopiladigan paxtalik yupqa ko‘rpachani nima deysizlar?J:bešikortik 67. Bolalar uchun maxsus qilingan kichik to‘shakcha, ko‘rpacha nomi.J:tošäk 68. Bosh ostiga qo‘yib yotish, yonboshlash, suyanish uchun ishlatiladigan yumshoq buyumni qanday nom bilan ataysizlar?J:jastïq 69. Arg‘imchoqdek yokibeshikdek tebratib, bola uxlatadigan moslamani nima deb ataysizlar?J:härkinčäk 70. Yuz-qo‘l artish uchun ishlatiladigan mato buyum nomi.J:plätisa 71. Hammomga kirganda beldan pastni berkitish uchun bog‘lanadigan matoni nima deb ataysizlar?J:Banij plätisa 72. Ziynat uchun uy ichidagi mixga, qoziqqa osib qo‘yiladigan gulli bezak buyum nomini aytsangiz. 73. Yotganda, uxlaganda yopinadigan ichiga paxta solinib qavilgan buyum, umuman uxlaganda yopinadigan bumlar nomini aytsangiz.J:korpä 74. Yotish yoki o‘tirish uchun mo‘ljallab, qalin yoki yupqaroq qilib paxta, jun tiqib yasalgan o‘rin-bosh anjomini nima deysizlar?J:korpäčä 75. Siyoh quyib qo‘yiladigan yozuv-chizuv asbobini nima der edilar? 76. Uydagi havoni tozalab turadigan, shamol beradigan parrakli asbobni qanday ataysizlar?J:šämal parrik 77. Chertib chalinadigan, yog‘och gardishga teri qoplab yasalgan musiqa asbobini nima deysizlar? J:rubab 78. Sizlarda yana qanday musiqa asboblari bor, nomlarini aytsangiz?J:tar,dutar,nag'arä,daïrä 79. Ov qilinadigan quyon, tulki kabi hayvonlarni ilintirish, tutish uchun qo‘llanadigan temir moslama nomi.J:qapqan 80. Sichqon tutadigani-chi?J:qapqan 81. Qushlarni cho‘chitib, ulardan poliz va bog‘larni qo‘riqlash uchun o‘rnatilgan qo‘g‘irchoqdek yasama odam shaklini nima deb ataysizlar?J:qaratqï 82. Kiyim-kechak tikishda barmoq uchiga kiydiriladigan metall buyum nomi.J:ängišvanä 83. Soch-soqol olish uchun ishlatiladigan o‘tkir tig‘li po‘lat asbobni nima deb ataysizlar? J:brïtva 84. Qadash, to‘g‘nash, mahkamlash uchun qo‘llanadigan bir uchi to‘mtoq, ikkinchi uchi ignasimon moslama nomi. 85. Xotin-qizlar sochiga qadaladigan tutqich hamda ko‘krakka, yoqaga taqiladigan ziynat buyumlar nomi aytib bersangiz. 86. Teshigidan ip o‘tkazib, narsa tikiladigan ingichka metall buyum nomi.J:inä 87. Qop kabi qalinroq narsalarni tikish uchun ishlatiladigan katta egik, yoki uchi ilmoqli ignani qanday ataysizlar?J:tämän inä 88. Eshik, sandiq kabi narsalarni berkitish uchun temirdan yasalgan maxsus buyum, moslama.J:qulf 89. Qulfni ochadigan asbob nomi.J:kïlit 90. Ikki yoni yog‘och va unga mahkamlangan pog‘onalardan iborat, yuqoriga chiqish va tushish uchun ishlatiladigan imoratning bo‘lagi nima?J:zäňi 91. G‘isht, tosh, go‘ng kabi yuklarni tashish uchun qo‘llanadigan ikki tomonida ikkita dastasi bo‘lgan ish qurolini nima deb ataysizlar? 92. O‘sha asbobning g‘ildiraklisini-chi?J:g'altäk 93. Supurib-sidirish uchun dastalab, bog‘lab yasalgan ro‘zg‘or buyumining nomini aytsangiz?J:sïpsä 94. Katta supurgini nima deysizlar?J:čat sïpsä 95. Supurgandan so‘ng to‘plangan yig‘indi nomi.J:musïr 96. Donni urib tuyish, ezib maydalash uchun ishlatiladigan ichi o‘yiq g‘o‘ladan iborat ro‘zg‘or buyumini qanday ataysizlar? 97. Uning sopi, dastasining nomi-chi? 98. Tuz, nos kabi narsalarni tuyish uchun qo‘llanadigan kichik o‘g‘ir nomi? 99. Qosh, tuklarni terib, yulib olish uchun ishlatiladigan qisqich asbob nomi?J:qaš utäk 100. Suzma suzadigan xalqa nomi. 101. Sochiluvchi narsalar (don-dun, sabzi-piyoz va shu kabilar) solib qo‘yiladigan mato, chipta, qog‘ozdan ishlangan katta va kichik hajmli ro‘zg‘or buyumlarining nomini aytsangiz. 102. Non yopish va uzib olish paytida qo‘lni o‘tdan saqlash uchun tirsakkacha kiyib olinadigan buyumni nima deysizlar?J:jeňsä 103. Ilgari ko‘zgu, taroq kabi narsalarni solib qo‘yadigan maxsus xaltacha bo‘lar ekan, shuni nima deb atagan ekanlar? 104. Qo‘l yuvish uchun ishlatiladigan idish, asboblar nomi. 105. Qo‘l yog‘ini, umuman, ifloslangan qo‘lni artadigan sochiq nomi.J:plätisa 106. Havoni siqib, puflab chiqarish yo‘li bilan tovush hosil qilinadigan asbob, moslama nomini aytsangiz. 107. Sholi tuyadigan keli (o‘g‘ir ) nomi. 108. G‘alla, donni yanchish–unqilish uchun moslangan qurilmani nima deb ataysizlar?J:tegirman 109. Sholi tegirmonining nomini aytsangiz?J:tegirman 110. Sutni chayqatib, yog‘ini olish uchun ishlatiladigan uzun yog‘och idishni nima deb ataysizlar?J:kubï 111. Uning uchi yo‘g‘onlashgan tayoqsimon dastani-chi? 112. Olov, kul va shu kabilarni olish uchun qo‘llanadigan dastali asbobning nomni aytsangiz.J:ataškur 113. Yosh bolalarni yurishga o‘rgatadigan, uch g‘ildirakli kichik aravachani nima deb ataysizlar?J:atäq ärva 114. Ilgari yog‘ochdan yoki charmdan qilingan chelaklar bo‘lar ekan (odatda quduq boshiga qo‘yiladigan), shuning nomini bilasizmi? 115. Kiyim, g‘ilof kabilarning chetiga qadaladigan, odatda, to‘garak shakldagi tutqichni nima deb ataysizlar? 116. Tugma kirib, uni tutib turadigan teshikcha nomini nima deysizlar? 117. Kiyim tikadigan mashina nomi. J:tikiš mäšin 118. So‘yilgan mol terisidagi go‘sht qoldiqlarini tozalab oladigan asbob nomi. 119. Yog‘ochni chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tig‘i dastasiga parallel qo‘yilgan metall asbobni qanday nom bilan ataysizlar?J:baltä 120.Boltaning sop o‘rnatadigan bo‘rtib chiqib turgan joyini nima deysizlar? 121. Tartib bilan bir-biriga o‘tkaziladigan metall halqalar tizmasini nima deb ataysizlar? 122. Qizdirib kiyim-kechak, gazlama kabilarni tekislaydigan, g‘ijimini yozadigan metall asbob nomi.J:utïk 123. Ichiga xat hujjat solib biror joyga yuboriladigan to‘rtburchak shaklidagi qog‘oz paket nomi.J:qänvert 124. Temir, yog‘och kabilarni qirish, kesish, tekislash, pardozlash uchun ishlatiladigan po‘latdan yasalgan asbobni nima deb ataysizlar? 125. Egovning qanday turlari bor? 126. Ot tuyog‘ini kesadigan asbob nomni aytsangiz? 127. Sochilgan narsalarni sidirish, kurash, to‘plab biror narsaga soslish uchun qo‘llanadigan uzun sopli asbob nomi. 128. Un,don uchun ishlatiladigan temir yoki yog‘och kichik kurak nomi.J:belča 129. Bir yoki har ikkala uchi ham o‘tkir metall asbob. 130. Mix sug‘irish, narsalarni yegish, qisib ko‘tarish kabi ishlar uchun qo‘llaniladigan asbob. J:gupsï 131. Omburning qanday turlari bor? 132. O‘t, beda, boshoqli ekinlarni qirqish, o‘rib olish uchun ishlatiladigan o‘tkir tig‘li qishloq xo‘jalik asbobini nima deb ataysizlar? J:oraq 133. Kichik o‘roqni-chi?J:oraq 134. O‘roq sopining nomi bormi? 135. Uzun dastali katta o‘roq nomi.J:ot qirqaq 136. Yog‘och, metall kabi narsalarni qirqish, kesish uchun qo‘llanadigan, yupqa, yalpoq qirra tishli po‘lat asbobni nima deb ataysizlar?J:bïčqï 137. Arraning qanday turlari bor? 138. Yer qazish, tuproq, qum kabi narsalarni olish, solish uchun ishlatiladigan yog‘och sopli temir qurol nomi.J:bel 139. Kichik belkurakni nima deysizlar? 140. Dastaga o‘rnatilgan yassi va uzun tig‘li biror narsani kesish uchun qo‘llanadigan ro‘zg‘or asbobini nomini aysangiz. 141. Tig‘ini sop ichiga qayirib, yopib qo‘yiladigan pichoqchani nima deb ataysizlar? 142. Paxta, xashak kabilarni olish, surish, irg‘itish uchun qo‘llaniladigan, odatda beshta egri sanchig‘i bo‘lgan uzun sopli asbobni nima deb ataysizlar? 143. Uch tishli yog‘och panshaxaning nomi bormi?J:java 144. Ikki tishlisini nima deysizlar? 145. Bet-qo‘l yuvish uchun ishlatiladigan uzun va ingichka jo‘mrakli, bo‘g‘zi tor idish nomi.J:tunčä 146. Dastali yog‘och kallakka bir tekisda sim qoqib yoki parranda patalarini dastalab bog‘lab yasalgan uy ro‘zg‘or asbobining nomi. 147. Katta taxta karavot(tapchan) nomini aytsangiz.J:kat 148. Bir kecha-kunduzgi vaqtni ko‘rsatib turadigan asbob nomi.J:sät 149. Kir yuvadigan mashina nomini nima deb ataysizlar?J:kïr mäšin 150. Palos, gilam kabilar ustida o‘tirib ovqatlanish uchun xizmat qiladigan oyoqlari kalta stolni, umuman stol, stullarning nomlarini aytib bersangiz. J:ustär Matn pasporti 1.Viloyat:Xorazm 2.Tuman:Bog'ot 3.Qishloq:Madaniyat 4.Mahalla:Madaniyat 5.Shevavakiliningismvafamiliyasi:Xudayberganova To'xtagul 6.Tug’ilganyili:1968-yil6-iyun 7.Ma’lumoti:oliy 8.Kasbivaishjoyi:10-sonliumumta’limmaktabi 9.Materialyoziboluvchiningismvafamiliyasi:Matyaqubova Oyshajon 10.Materialyozibolingansana:15.06.2023 Download 79.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling