Diametri 4865 km. Merkuriy geliy, vodorod,kislorod,neon


Download 17.38 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17.38 Kb.
#245025
Bog'liq
Merkuriy

Merkuriy


Merkuriy-Quyoshga eng yaqin sayyora.Uni qadimgi rimliklar savdo ma’budi-Merkuriy nomi bilan atashgan.O’lchamlari bo’yicha katta sayyoralar ichida eng kichigi hisoblanadi.

Merkuriy va Quyosh orasidagi masofa-58 mln.km ni tashkil etadi.Quyosh atrofida bu sayyora 88 kunda to’liq aylanib chiqadi. Quyoshga o’ta yaqinligi va juda kichik o’lchamlari tufayli Merkuriy uzoq vaqtgacha kam o’rganilgan. Faqat 1965 yilga kelib, radiolokatsiya usullarini qo’llash natijasida Merkuriyning o’z o’qi atrofida aylanish davri hisoblab chiqildi. U 58.65 kun, ya’ni sayyoraning quyosh atrofida aylanish davrining 2/3 qismiga teng ekan.Merkuriydagi kunduz davomiyligi- Quyosh sutkasi 176 kun davom etadi.Merkuriyning diametri 4865 km.

Merkuriy geliy, vodorod,kislorod,neon va argon gazlari bilan o’ralgan.Merkuriyda kunduzi o’rtacha 430 C gacha issiq, kechasi esa -160 C gacha sovuq bo’ladi.

Sayyoraning o’rtacha zichligi Oyga nisbatan ancha katta 5.427 g/sm kub, ya’ni yerning zichligiga deyarli teng. Sayyoraning tabiiy yo’ldoshlari yo’q.

Merkuriyning paydo bo’lishi haqida bir necha farazlar mavjud.Ulardan keng tarqalgani Merkuriyning bir paytlar Veneraning tabiiy yo’ldoshi bo’lganligi, biroq ma’lum sabablarga ko’ra undan qochib ketganligidir. Merkuriy haqidagi ilk ma’lumotlar Bobilliklarga tegishli Mul apin astrologik jadvallarida uchraydi. Bu jadvallarni Ossuriyalik munajjimlar ishlab chiqqan bo’lib, ularda Merkuriy “Sakrovchi sayyora” deb nomlangan. Keyingi davr bu sayyora “Apollon” deb ham nomlangan.Xitoyliklar esa Merkuriyni “Chen-Sin”- “Tong yulduzi” yunon qo’lyozmalarida deb atashgan.

Eramizning V asriga taaluqli astronomic jadvali Suryasidxatta da merkuriyning Quyoshdan uzoqlik masofasi hayratlanarli darajadagi aniqlikda ifodalangan:2420 km. Hozirgi zamon o’lchamlariga ko’ra esa, bu masofa 2439,7 km. Farq atigi 1% dan kam.



O’rta asrlar Yevropasida Merkuriyni kuzatish unchalik muvaffaqiyatli bo’lmagan. Xususan, Nikolay Kopernik Merkuriyni biror marta ham o’zi kuzatmaganini, asarlarida boshqa astronomlarning xulosalariga tayanganini aytadi. Teleskop kashf etilgach, Merkuriyni 1-bo’lib Galileo Galiley kuzatdi.
Download 17.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling