Didaktik o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?


BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI TA'LIMDAN FOYDALANISH


Download 115.5 Kb.
bet9/10
Sana30.04.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1403559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Didaktik o

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA MUAMMOLI TA'LIMDAN FOYDALANISH
A.V. Sadikova, p.f.n., Nizomiy nomidagi TDPfJ;
F. Sh. Xazratova, talaba
O'qitishning izlanish metodi qadimiy tarixga ega. Sokrat qo'llagan o'qitish metodikasidayoq pedagogning savollar qo'yish yo'li bilan, hozirgacha unga noma'lum bo'lgan xulosalar va umumlashtirishlarga kelish uchun o'quvchilarning mantiqiy mulohazalariga rahbarlik qilish ko'nikmagiga katta ahamiyat berilgan edi. Bunday sunbatlar keyinchalik «sokratcha katexizatsiya» nomirii olardi.
A.Disterveg evristik metodni dogmatik (xabar beruvchi) metod bilan qiyosladi. Evristik metodda o'quvchilar taqiqatni mulohaza yuritish, ko'rib chiqish, tekshirib ko'rish orqali bilib oladilar. Habar qiluvchi metodda o'qituvchi ma'lumotni bayon qiladi, o'quvchilar esa, ularni mustahkam eslab qoladilar. Evristik metod, Distervegning ta'biricha mustaqillikka beixtiyor harakat qilishga undaydi. Xabar qiluvchi (dogmatik) metod faqat reseptivlikni (qayta tiklash reaksiyasini) talab qiladi.
A.Ya. Gerd va G.Armstrong o'qitishning evristik metodi g'oyasini rivojlantirdilar. F. Danneman tabiyatshunoslikni o'qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, «praktik-evristik» metod tushunchasini kiritdi, unda suhbat bilan bir qatorda tajriba elementi kuchaytirilgan edi. B. Raykov «tadqiqot metodi» atamasini taklif qildi. Bu termin keyinchalik V.Yu.Ulyaninskiy; N.N.Rojdestvenskiy, K.P.Yagodovskiy, A.P.Pinkevich tomonidan liar xil turlarda ishJab chiqildi.
Tadqiqotchilik metodini K.P.Yagodovskiy o'ta sistemalashtirilgan tarzda tadqiq qildi va 1929 yilda «Maktab ta'lunida tadqiqotchilik metodi» kitobini cliiqardi. Bu kitobda u metodlaming to'rtta asosiy gruppasini: dogmatik, illyustrativ, evristik, tadqiqot metodlarini ajratdi. Dastlabki ikki metod o'qitishga nisbatan reproduktiv yondashishni, keyingi ikkitasi esa nazariy yoki tajriba-eksperiment xarakteridagi turli muammolarni yechish yo'li bilan izlanish vositasida yondashishni deyarli aks ettirdi.
1965 yilda N.N.Skatin va I.Ya.Lerner tushuntirish-illyustrativ, reproduktiv, inuammoli bayon qilish, evristik va tadqiqotchilik metodlarini ajratdilar.
M.I.Maxmutov, A.M.Matyushkin, T.V.Kudryavsev va boshqa ko'pgina sovet olimlari keyingi yillarda muammoli-izlanish metodlarini tadqiq qilishga ko'p e'tibor berdilar.
Biz o'z oldimizga reproduktiv metodlarga qiyosan muammoli-izlanish metodlari to'g'risidagi ta'limotning rivojlanishini sistemali tarixiy sharhlash vazifasini qo'ymaganmiz, balki bu tasavvurlarning rivojlanishidagi bir qator eng muhim davrlarnigina aytib o'tdik, xolos.
Shunday qilib, muammoli-izlanish metodlari to'g'risidagi ta'limotni rivojlantirish qadimiy tarixga egadir. Lekin pedagogikada bu muammoga doimiy suratda ciaytilayotganligi, o'qitishga o'quvchilarning xilma-xil o'quv muammolarini hal qilishlari orqali izlanish g'oyasining joriy qilinishi juda sekin sodir bo'layotganligidan dalolat beradi, bu esa otjitishning rivojlantiruvchi ta'siri samaradorligining pasayishida aks etadi.
Umumiy ta'lim maktabi isloqotini amalga oshirish sharoitiarida o'quvchilar lafakkurining mustaqilligini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi, shuning uchun ham muammoli-izlanish metodlarini oqilona qo'llash nihoyatda foydali bo'ladi. Bu yerda ularni u yoki bu vaziyatda reproduktiv metodlar bilan mohirona birgalikda qo'llash me'yoriga rioya qilish va buning ratsionalligini asoslash muhimdir, xolos.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling