Didaktik tashkilotchilik, konstruktiv, kommunitiv Reja


Shaxs tashkilotchilik qobiliyati muammosining Xorij va O’zbekistonda ilmiy o’rganilganligi


Download 45.29 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi45.29 Kb.
#1650253
1   2   3   4
Bog'liq
Didaktik tashkilotchilik, konstruktiv, kommunitiv

1.2. Shaxs tashkilotchilik qobiliyati muammosining Xorij va O’zbekistonda ilmiy o’rganilganligi.
Tashkilotchilik faoliyati ma’nosi ko‘p ma’noli va ko‘p mazmunli. Keng manoda u hosilalarni sezilarli doirasini qamrab oladi: davlat, sinf, partiyalar, ularning boshqaruv organlari va matbuot faoliyatidan to insonning o‘zini-o‘zi tashkillashtirishigacha. Tor ma’noda bu tushuncha bitta odamning faoliyatiga kiritiladi, bu esa umumguruhiy maqsadga erishish uchun odamlar guruhining birlashuvini ta’minlaydi. Tashkilotchilik faoliyati material ishlab chiqarish, madaniyat, fan va tarbiya soxasini, davlat jamoaviy hayotining hamma sohalarini kesib o‘tadi. U bilan (anglab, anglamay) turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlar shug‘ullanishadi. U mehnatda va kurashda, o‘qishda, sportda, o‘yinda xullas, odamlar qayerda umumiy vazifalarni еchishda birlashsalar o’sha joyda zarur.
Tashkilotchilik faoliyati odamlar jamoaviy munosabatlarining bir tomoni sifatida ularning jamoaviy faolligining bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Tashkillashtirilgan guruhdagi tashkilotchi doimo faol hayotiy pozitsiyani egallaydi. O‘zaro faoliyatdagi odamlar guruhidan har qanday amaliy ishlari samaradorligi ko‘proq tashkilotchilik faoliyati bilan belgilanadi. Uning jonli jarayonida odamlar shaxsiyati va ijtimoiy guruhlarning turlicha psixologik fenomenlari anchayin yorqin va ko‘rimliroq amalga oshadi, faollashadi. Tashkilotchilik qobiliyati odamning faoliyatini bir turi sifatida "odam-odamlar guruhi", "tashkilotchi-tashkillashuvchilar guruhi" tizimida mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, tashkilotchilik faoliyati qonuniyati boshqarish fani muammosiga kirib, uning predmetlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 1
Tashkilotchilik qobiliyatini yuqori sinf o‘quvchilarida ya’ni ilk o‘spirinlarda jamoatchilik ishi jarayonida shakllanishini psixologik pedagogik tomonidan o‘rganishni 50-yillarning oxirida psixolog S.V.Kondratva boshlab bergan. Birmuncha keyinroq pedagogik qobiliyatlar muammosini hal qila turib, tashkilotchilik qobiliyatlariga F.N.Gonobolin, N.V.Kuzmina, N.D.Levitovlar e’tibor qaratib tashkilotchilik qobiliyatini pedagogik qobiliyatlar deb atab, lekin ularning mohiyati va tuzilishini ochib bermaganlar, N.D.Levitov tashkilotchilik qobiliyatini shaxs xususiyati sifatida emas, balki faoliyatiga talab sifatida o‘rgangan, ular:
- o‘z harakatlarini rejalashtirish;
- oldindan ko‘ra olish qobiliyati;
- loyihalash;
- vaqtni tejab ishlatish;
- nazorat -tizimli harakat qilish.
Ilk o‘spirinlarning tashkilotchilik qobiliyatini rivojlanishini N.G. Levi-tov nutq, muloqotga bog‘liq deydi. Gonobolin esa odamlarni to‘g‘ri va tez ajrata olib, o‘z ortidan ergashtira olish qobiliyatiga bog‘liq deydi. Tashkilotchilik qobiliyati psixologiyasini o‘rganishdagi A.G.Afanaseva, M.Gvishiani va boshqalar, odamlarni boshqarish muammolari va sotsial psixologiya bo‘yicha umumnazariy ishlarni olib borgan. G.M.Andreeva, N.V.Kuzmina, B.D.Parmgin, A.V.Petrovskiy, K.K.Platonov, Ye.V.Shoroxova, A.G.Kovalyovlarning metodologik tadqiqotlari katta ahamiyatga ega2.
Psixolog V.D.Parigin, R.S.Nemovlarning fikricha tashkilotchi-"lider" bo‘lishi kerak deydi. "Lider" kuchli tashabbuskor va tashkilotchidir deyiladi. Olimlar o‘spirin tashkilotchiga qo‘yiladigan bir qator talablarni sanab o‘tadilar. Ular:
- aniq bir maqsad sari intiladigan;
- zaruriy o‘quvchilar shaxsidagi o‘zgarishlarni biladigan;
- do‘stlarining ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlasha oladigan;
- ularga doimo "boshqaruvchi" emas, "do‘stona" ko‘z bilan qaray oladigan;
- doimo ularning muammolari va qiziqishlari bilan o‘rtoqlashish kerak deb aytadi. O’tkazilgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki o‘spirinlik davrida sinf jamoasining o‘z jamoasiga ta’siri kuchli bo‘ladi. Ularda maktab muhiti, xususan, sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tengqur liderlar kuchli ta’sir qiladi.
L.I.Umanskiy tashkilotchilik qobiliyati o‘zaro uzviy bog‘liq quyidagi qismlardan iboratligini ta’kidlaydi.
1 .Tashkilotchilik tuyg‘usi-(psixologik topqirlik, kashfiyotchilik,odob-nazokatda o‘z ifodasini topadi.)
2.Tengdoshlariga emotsional-irodaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyati-muammolar еchimiga jalb qilish, ularning kuch g‘ayratini biriktirish.
3.Tashkilotchilik faoliyatiga moyillik-emotsional his-tuyg‘u, faollik
ko‘rsatish, qat’iy qiziqish. Olimning fikrini tahlil qiladigan bo‘lsak na’munali tashkilotchi o‘spirinda:
- ahloqiy hislatlar - jamoatchilik tashabbuskorlik, faollik, mehnat sevarlik;
- irodaviy xislatlar -matonat, mustaqillik, intizomlilik;
- emotsional hislatlar-tetiklik, o‘z kuchiga ishonch, optimizim kabi hislat-larga ega bo‘lishi kerak deydi 3.
O‘zbek psixolog olimlari M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, V.M.Karimova, R.Yu.Toshimov, P.S.Ergashev kabilarning ishlarida mazkur muammo ko‘tarilgandir.
M.G.Davletshin "Yosh davrlari va pedagogik-psixologiya o'quv qo‘llan-masida o‘spirin shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilot-larining o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tadi. Bunda jamoat ishchilaridagi faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari orqali ularda muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi.
E.G‘oziev - "Psixologiya" o‘quv qo‘llanmasida o‘spirin qiyofasi, xarakteristik xususiyatlari, qobiliyatlarining psixologik tavsifini keltiradi. Tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishini olim tafakkurning mustaqilligi bilan tushuntiradi. Olimning fikricha kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyati jamoat tashkilotlari va sinf jamoasi ta’sirida tez yuzaga chiqadi. Ulardagi matonatlilik, jasurlik, kamtarinlilik, intizomlilik, mustaqillik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik singari fazilatlar tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishiga olib keladi.
O’spirinlardagi balog‘atga еtish tuyg‘usi takomillashishi natijasida o‘z o‘rnini belgilash va ma’naviy dunyosini ifodalash tuyg‘usi kuchayadi. Bu hol ularda o‘zining alohida shaxs ekanligini, o‘ziga xos xislatini ko‘rsatishga va hammaning nazarida bo‘lishga intilishlari maylining ortishi natijasida ham ularda tashkilotchilik qobiliyatlari rivojlanadi 4.
V.M.Karimova - "Psixologiya" o‘quv qo‘llanmasida o‘spirin shaxsi va tashkilotchilik qobiliyatining ortishini rahbarlik tushunchasi orqali izohlaydi: O‘spirinlardagi bir-birlariga nisbatan beradigan bahosi "men" obrazi va muloqotchanligi undagi "liderlik" va "rahbarlik" atamalari bilan tushuntiriladi.
M Y.Otajonov - "Menejmentlik psixologiyasi" kitobida har bir tashkilotchi bo’laman degan o‘spirin quyidagi vazifalarni bajara olishi kerak deydi:

  • Jipslashtirish - jamoada mustakil birlashma sifatida o‘zining bir butunlik xususiyatini shakllantirish.

  • Faollashtirish - muvofiq mehnat usullarini qo‘llash maqsadida o‘rtoqlarining motivatsiya sohasiga ta’sir ko‘rsatish.

  • o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish - o‘rtoqlarining o‘z xatti-harakatlarini ichki muvofiqlashtirishdan tashkil topadi.

Psixolog P.S.Ergashev tashkilotchilik qobiliyatini muloqotchanlik qobiliyati bilan bog‘lab tushuntiradi. Muallif tashkilotchi bo‘lishga intilgan har qanday o’spirin tez muomalaga kirishuvchan va doimo tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab turishi kerak"- deydi 5
Ilk o‘spirinlarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo‘lishida o‘z-o‘ziga baho va muloqotchanlik sifatlarining ta’siri borasida L.SVshgotskiy - shaxsning o‘z-o‘ziga nisbatan baho berishida muloqotning o‘rni juda ahamiyatlidir"- deb ta’kidlaydi. Muloqot psixikaning asosi bo‘lganligi uchun ham shaxsning psixikasiga va uning xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Kishi atrofdagilar bilan muloqot o‘rnatishi bilan birga o‘zi ham muloqotga kirishadi. Bunday vaziyatlarda shaxsning o‘ziga nisbatan tanqidiy qarashlari ortadi, qolaversa tahlil kuchayib shaxsning o‘z-o‘ziga past baho berishi vujudga keladi. Olimning ta’kidlashicha, "shaxsdagi o‘zini anglash va o‘z-o‘ziga baho berish tevarak-atrof bilan bo‘lgan munosabatlar qurshovida shakllanib boradi " deydi.
V.V.Davidovning tadqiqot ishiga ko‘ra insonning o‘z-o‘ziga nisbatan baho berishini qay darajada shakllanganligini o‘rganishdan avval asosiy e’tiborni shaxsdagi "qo‘zg‘alishni boshqara olishga" qaratish kerak deb ta’kidlaydi. Psixologning ta’kidlashicha, ta’limning yaxshi tadqiq etilishi o‘quvchi yoshlarning o‘z shaxsini baholashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. "O‘ziga baho berish o‘z faoliyati va o‘zini kishilarga bo‘lgan munosabatiga baho berishdir. Bu xususiyat tufayli kishining faolligi o‘zgaradi, u sekin astalik bilan rivojlanadi va atrofdagilarni ehtiyoji, talabi va shaxsning o‘ziga bo‘lgan mnosabati orqali namoyon bo‘ladi".
Kim o‘zini yuqori baholasa, ular o‘ziga yuqori baho talab qilishadi. Ilk o’pirinlarda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj bosqichma-bosqich o‘sib boradi. Avvalambor, kattalarni o‘ziga qaratish, keyin esa ular bilan hamkorlikda bo‘lish, yo ishni bajarinshi va ular tomonidan hurmatni his etishni hohlaydilar. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, kommunikativlik tashkilotchilik sifatlarining yuzaga chiqishida shaxsning o’z-o’ziga beradigan bahosi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda o’ziga nisbatan beriladigan baho tashabbuskorlik, jur’atlilik tashkilotchilik, muloqotchanlik, kirishimlilik kabi holatlarda namoyon bo’lishi mumkin.
Kurs ishimiz davomida biz shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari va ularning rivojlanish xususiyatlarini eksperimental o’rganish uchun kollej o’quvchilarida “Tashkilotchilik va kommunikativlik metodikasi” va T.Liri Sobchik metodikasi (shaxslararo munosabatlar interpersional tash- xisning modifikatsiyalashtirilgan variant)dan foydalandik.
Tadqiqotimizning birinchi metodikasi Kommunikativlik va tashkilotchilik so’rovnomasi bo’lib, metodika V.V.Sinyavskiy va V.A.Fedoroshin tomonidan chiqilgan. Biz tadqiqotda bu metodikaning P.S.Ergashev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib modifikatsiyalashtirilgan variantidan foydalandik. Mazkur metodika yordamida tadqiqotda ishtirok etuvchi ilk o’spirinlarning kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlari qay darajada rivojlanganligini aniqlash mumkin.
Test orqali qo’lga kiritilgan natijalar besh mezon bo‘yicha farqlandi. Tadqiqotni o‘tkazish uchun savolnoma va varaqasi tayyorlandi. Tadqiqotni individual va guruhda o’tkazish mumkin. Biz tekshiruvchilarga javob varaqalarini tarqatib bo’lgach, quyidagi yo’riqnomaga asoslanib o’tkazdik:
Quyida keltirilgan tasdiqlarni yaxshilab o’qib chiqing va bu tasdiqlarga rozi bo’lsangiz «+» belgisini, agar rozi bo'lmasangiz «-» belgisini qo‘ying. Noaniq savolni suiste’mol qilmaslikka harakat qiling. Har bir detal ustida uzoq o’ylamaslik, aniq holatlarni ko’z oldingizga keltiring. Javob uchun ko’p vaqt sarf -lamang miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering.
So’ngra metodika materiallari yig’ib olindi va olingan natijalar tahlil qilindi. Olingan natijalar 1 – jadvalda keltirib o’tilgan.

XULOSA
Shaxsning kommunikativ xususiyatlari – bu insonning muloqot sohadagi uning ijtimoiy muhiti uchun ahamiyatli bo’lgan xulq – atvor xususiyatlarning barqaror tavsifidir. Muayyan shaxs boshqa insonlar bilan birgalikdagi faoliyatning ko’pqirrali tizimida ishtirok etadi va bu muloqotida mavjud bo’ladigan xilma – xil shaxsiy uslublarlarning jamlanishi va mustahkamlanishini belgilab beradi.
Sinaluvchilardagi o‘z-o‘ziga baho va ishonchning namoyon bo‘lishi o‘z navbatida shaxsda tashkilotchilik qobiliyatini ifoda etishga olib kеladi.
Kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyati qanchalik yuqori bo’lsa shaxsda hukmronlik va liderlik sifatlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlari qanchalik baland bo’lsa shaxsning o’ziga beradigan bahosining muhim ko’rsatkichi bo’lgan mustaqillik va ustuvorlikning shunchalik yuqori bo’lishini kuzatishimiz mumkin.
Dеmak, kasb-hunar kollеj talabalarining kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyati bilan o’z-o’ziga baho berish tizimi bog‘liq ekanligi ekspеrimеntal jihatdan o‘z tasdig‘ini topdi.


Download 45.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling