Didaktika asosini ta’lim prinsiplari tashkil etadi. Prinsip
Download 38.61 Kb.
|
tamoil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi.
Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi o‘quvchilarni yosh xususiyatlari qonuniyatlariga va o‘kuvchilarni rivojlanish darajalarini ta’limiy jarayonni tashkil etish va amalga oshirishga mos kelishiga asoslanadi.
Bolani fikirlash darajasiga, to‘plagan bilimlari hajmiga, o‘zlashtirgan malaka va ko‘nikmalariga mos bo‘lgan bilimlargina ularga tushunarli bo‘ladi. 0‘quvchilar olgan bilim, shakllangan ko‘nikma va malakalar ularning rivojlanish darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan isbot qilinib, amaliyotda qo‘llansa u bilim tushunarli bo‘ladi. Yangi bilimni maktab o‘quvchisining o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlar va uning shaxsiy tajribasi bilan bog‘lash kerak. 0‘quvchini fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak. Bilimni tushunarli bo‘lishga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish uyg‘otish lozim. 0‘rganilayotgan bilimlarning maktab o‘quvchisi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib yetish kerak. Tushunarlilik prinsipida yengildan-og‘irga, aniqdan-noaniqqa, oddiydan- murakkablikka kabi qoidalarga rioya qilinadi. Tushunarlilik prinsipini amalga oshirida quyidagi talablarga rioya etish lozim: bola o‘rgatiladigan va beriladigan bilimlar ularni yosh xususiyatlariga va har bir yoshda qabul qilish imkoniyatlariga mos bo‘lishi lozim; o‘quvchini ongi va aqli belgilangan predmetni o‘rganishga tayyorlangan bo‘lishi lozim; o‘quvchilarga ta’lim berishda ularni hayotiy tajribalarini, qiziqishlarini, rivojlanish xususiyatlarini o‘rganing va ularni hisobga oling; ta’lim mazmuni va ulublarini tanlashda o‘quvchilarni o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oling; o‘quv jarayonida kuchli o‘quvchilarni bo‘shashtirmaslik, o‘rta va bo‘sh o‘quvchilarda tez harakatni o‘stirish uchun hammaga mos bo‘lgan dars o‘tish sur’atini tanlash lozim; o‘kuvchilarda aniq bilimlar va malakalarni shakllantirishda pedagogika va psixologiyadagi eng so‘nggi yangiliklardan foydalaning; yangi va murakkab materialni o‘rganishga kuchli o‘quvchilarni, o‘quv materialini mustahkamlash uchun o‘rta va bo‘sh o‘qiydigan o‘quvchilarni jalb qiling; o‘quvchilarga darsni tushunarli bo‘lishi uchun tushunchalarnni aniq ifoda eting, ayrim mavzularni tushuntirishda hayotiy misollardan, aniq ma’lumotlardan va adabiyotlardan foydalaning; ta’lim jarayonida nimani tushuntirish zarurligini, yoki nimalarni bolalarni o‘zlari mustaqil o‘zlashtirib bilib olishlarini his qiling; o‘quvchilarni bilish faoliyatlariniga boshqaring o‘quvchilarni yangiliklarni topishga o‘rgating; ta’lim jarayonini tushunarli bo‘lishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil tahlil qilishga yo‘naltirishi kerak; ta’limni tushunarli bo‘lishi bu ishchanlik bilan bog‘liqdir. Ishchanlikni rivojlantirish va mashq qildirish orqali o‘quvchilarni uzoq davom etadigan fikriy faoliyatga o‘rgatib boring. Ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi. Ko‘rgazmalilik prinsipi - ta’lim jarayonida juda keng qo‘llaniladi. 0‘qitishning ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu - ko‘rgazmali qurollarga tayanish, o‘quvchilar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ko‘rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi. Ko‘rgazmalilik prinsipi o‘qituvchiga quyidagi talablarni qo‘yadi. -Bola materialini o‘rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini tushunishi kerak. Hissiy obrazlardan mashg‘ulotda o‘quvchilar rivojlanishining mustaqil sifati jihatida foydalanish hususiyatini aniqlash lozim. Mashg‘ulotda hissiy bilimlar qaysi bir ko‘rgazmali qurollar yoki texnikaviy vositalar yordamida shakllanishini hal qilishi kerak. Bolaning bilish faoliyatida tabiatdagi majud narsalarni, hodisalarni tasavvur qilish qobiliyatiga erishish kerak. O‘quv materiali narsalarni, hodisalarni umumlashgan tarzda tasavvur etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish lozim. Bolalar shakllar, ranglar, his qilish orqali fikrlaydi, shuning uchun ko‘rgazmali ta’lim ular uchun muhimdir. Ta’limda hech qachon faqatgina ko‘rgazmalilikka suyanib qolmang u faqatgina o‘kuvchilarda fikrlashni o‘stirishga yordam beradigan vositadir. Ko‘rgazmalilikdan faqat ko‘rsatish uchun emas, balki o‘kuvchilarni mustaqil bilim olishlarida ularni tadqiqot- izlanish ishlarini tashkil etishga o‘rgatishda ham foydalaniladi. Ta’lim va tarbiya berishda shuni yodda tutinki, ko‘rgazmali qurollar o‘rganilayotgan predmet va hodisalar to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurlarni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ko‘rgazmalilikda doimiy ravishda ketma-ketlikka rioya qiling. Ko‘rgazmali vositalarni qo‘llaganda bolalar bilan uni bir butunligiga, keyin esa asosiy va ikkinchi darajali tomonlarini ko‘rish kerak. Bolalar bilan birgalikda ko‘rgazmali qurol tayyorlashga harakat qiling. Hech qachon o‘zangiz yaxshi bilmaydigan narsalarni ko‘rsatmang, ko‘rgazmali qurollarni puxta qilib ishlang. Zamonaviy ko‘rgazmali qurollardan o‘quv ko‘rsatuvlari, videotasmalar, slaydlar, ta’limning texnik vositalaridan va ulardan foydalanish metodikasini bilish kerak. Ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash orqali bolalarda diqqatni, kuzatuvchanlikni fikrlash madaniyatini, bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash mumkin. Ko‘rgazmalilik kuchli ta’sir etuvchi vositadir, shuning uchun undan to‘g‘ri foydalanish zarur, agar undan noto‘g‘ri foydalanilsa o‘quvchilarni asosiy vazifadan fikrlarini tarqatib yuborishi mumkin. Download 38.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling