Didaktika ta'lim nazaryasi


Download 25.37 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi25.37 Kb.
#248619
  1   2   3
Bog'liq
Didaktika


Didaktika - ta'lim nazaryasi

R ej a :


1. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida.

2. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.

3. Hozirgi davrda boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari.

KIRISH

Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo`lmish "Ta’lim to`g`risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" maktab ta’limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo`ydi. Prezidentimizning: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta’lim past bo`liShi muqarrar", - degan ta’kidlari maktab ta’limi va didaktlar oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o`z navbatida ta’lim maqsadini to`g`ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o`zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala biriinchi navbatda ta’lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo`lishi lozim. Shuning uchun milliy istiqlolning ilk qadamlaridanoq ta’lim islohotlariga jiddiy kirishildi. Ta’lim maqsadining sovet davrida hukmron bo`lgan bilimdon ijrochi shaxsni tayyorlashdan mustaqil fikrli tadbirkor shaxsni yetishtirish yo`nalishida tubdan yangilanishi umumiy o`rta ta’limda barcha o`quv predmetlari maznuni va ta’lim usullarining yangilanishini talab qildi, zeroki maqsad hamisha usul va mazmunni belgilab kelgan.

Prezidentimizning " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" yo`q degan shiorlari mulliy istiqlol sharofati bilan kun tartibiga qo`yiilgan bu maqsadning ildizlarini, asoslarini atroflicha o`tganishni, uni bo`lajak o`qituvchilar, til ta’limi va tadqiqi mutaxassislari orasida keng ommalashtirishni talab qiladi. Mana shuning uchun D.Yo`ldoshevaning ushbu o`quv qo`llanmasi oliygoh talabalari va o`qituvchilar uchun juda foydalidir.

Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, sovet davri didaktikasida ta’lim maqsadining ilmiy muhokamasi rasm emas edi, chunki ta’lim maqsadi davlat buyurtmasi - davlatning ta’lim oldida qo`ygan bosh vazifasi sanalib, o`sha davrlarda uni muhokama qilinishi, xususan, milliy respublikalarda mutlaqo mumkin emas edi. Shuning uchun mustaqillik havosida yayrab nafas olayotgan va dunyo iqtisodiy, ilmiy-madaniy hamjamiyatiga o`zining mustaqil taraqqiyot yo`li asosida shahdam qadamlar bilan kirib borayotgan o`lkamizdagi har bir masala tog`risida, Prezidentimizning "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch"asarlarida bayon etgan quyidagi fikrlari ta’lim maqsadiga ham to`la-to`kis aloqadordir: "Agar biz… bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`rilgan va ulardan oziqlanadigan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.

El-yurtimiz ko`p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xotiralarni necha bor ko`rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma`naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`limiz barchamizga saboq bo`lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo`lib yashashga da’vat etishi lozim. O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagu yo`q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko`p bora o`z isbotini topgan".1

D.Yo`ldosheva Prezidentimizning mana shu fikrlarini metodologik asos qilib, “ta’lim maqsadini muhokamasiz, so`zsiz qabul qilish” - sovet an’anasini buzadi, ta’lim maqsadining tadrijiy taraqqiyot yo`liga nazar soladi, bugun jamiyatimiz oldida ijtimoiy buyurtma - davlat buyurtmasi sifatida qo`yilgan maqsadning:




Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling