Didaktika tarbiya ta'limot nazariyasi reja


Metodika-bu metodikaga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgarian o’rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilishdir. Metodika


Download 54.67 Kb.
bet14/15
Sana20.09.2023
Hajmi54.67 Kb.
#1683115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DIDAKTIKA - TARBIYA TA\'LIMOT NAZARIYASI

Metodika-bu metodikaga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgarian o’rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilishdir. Metodika-biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasi.
Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika fanini o’qitish metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
Vosita - o’quv jarayonini predmetli qo’llab-qo’vvatlanishi. Vositalarga o`qituvchining jonli nutqi, keng ma’noda uning mahorati, darsliklar, sinf jihozlari va boshqalar.
Natija - dars mashg’ulotlari jarayonida rejalashtirilgan xulosaga kelingan va ta’limning ma’lum muayyan jarayonidan olingan yakuniy natijasidir.
Natijalar (mahsullar)-o’quv jarayonining so’nggi natijasi, belgilangan maqsadlarni amalga oshganlik darajasi.
Natijani o’zlashtirish- olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash jarayonida iboratdir, ya’ni, iste’mol uchun tayyorlash. Bunga tadqiqotchi ishtiroki muhim rol o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim tuzatishlar kiritish har kimning qo’lidan kelavermaydi.
Didaktik vositalar va tarqatma materiallar-bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko’rgazmalar va texnik vositalar, asbob-uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik haritalar va hakozalardir.
Prof. B.Ziyomuhammedovning ijod mahsulida didaktik

materiallar-pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlangan, dars mazmunini to’la ifodalash va o’quvchi-tinglovchilar dars mazmuniga yaxshi tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi, deb qayd etiladi. Bularga turli ko’rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o’yinlar va hakozolar kiradi. Didaktik materiallar ham didaktikaning tamoyillariga mos ravishda yaratiladi. Dars jarayoni faqat usul va uslublar orqali amalga oshirilib, darsning ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogsiz va tinglovchisiz hamda o’quv dasturi va rejasiz dars o’tib bo’lmagani kabi, pedagogik usullar va uslublarsiz darsni amalga oshirib bo’lmaydi.

Download 54.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling