Didaktika tarbiya ta'limot nazariyasi reja


Download 54.67 Kb.
bet11/15
Sana20.09.2023
Hajmi54.67 Kb.
#1683115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DIDAKTIKA - TARBIYA TA\'LIMOT NAZARIYASI

O’qitish-insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalalar yig’indisini o’zlashtirishga qaratilgan ongi faoliyat ifodasidir. Uning natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo’ladi. O’qitishda deyarli hamma vaqt uning tarbiyaviy jihatlari yaqqol bilinib turadi. Ta’lim maqsad, mazmun, o’qituvchining Shaxsi, tinglovchilardagi o’qitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo’lishining eng muhim sharti uni bolaligidan o’qitish va tarbiyalash, deb hisoblaydi.
O’qish - bilim, ko’nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo’lib, o’quvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch - g’ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag’batlantiradi.
O’qish o’z mazmun-mohiyati jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon va harakatlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida tinglovchilar ma’lum bilimlarni o’zlashtiradilar. O’qish va uning samaradorligi

tinglovchining har tomonlama faolligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi va bu jihatlar turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ular: mehnat faoliyati, jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o’yinlarni yaxshi ko’rishligi, o’z kasbiga oid yangi bilimlarni egallashga o’chligi va shu kabi shakllarda namoyon bo’ladi.
Demak, o’qish-bu tinglovchilarning voqelikni bilish davomida ma’lum bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni rejali o’zlashtirish jarayonidir. O’qish jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi, hatti-harakati, umumiy kamolotiga, pirovardiga esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar majmuasining shakllanganligiga bog’liq bo’ladi. Pedagog tinglovchilar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozolar bilan ularning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra ta’lim birinchidan, o’qishni, ikkinchidan, o’qitishni, ya’ni o’qishni va Shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o’z ichiga oladi.

Download 54.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling