Didaktikaning asosiy kategoriyalari pps-22 guruh: Odilova Maftuna
Download 398.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqDidaktikaning asosiy kategoriyalari.pptx Odilova M.
Didaktikaning asosiy kategoriyalariPPS-22 guruh: Odilova MaftunaReja:
Didaktika (qadimgi yunoncha:, didaktikos — „oʻrgatuvchi“, „taʼlim beruvchi“) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. „didaktika“ atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining „Buyuk didaktika“ asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining „Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik“ (1834—35) asarida didaktikaning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Didaktika umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.
Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta`lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida urganadi. Ikki faoliyatning xar birining moxiyatini anik bayon etish uchun didaktika (ta`lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib kursatadilar. Download 398.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling