Dielektrik polyarizasiyasi


Download 65.21 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2023
Hajmi65.21 Kb.
#1273146
  1   2
Bog'liq
Dielektrik polyarizasiyasi


Dielektrik polyarizasiyasi

Tabiatdagi turli qattiq jismlar elektr xossalari bo‘yicha dielektrik, yarimo‘tkazgich va metallarga (o‘tkazgichlarga) bo‘linadi. Dielektriklar deb o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan moddalarga aytiladi, ko‘p holarda ularning o‘tkazuvchanligi nolga teng desa ham bo‘ladi. Aksincha, o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan moddalarni o‘tkazgichlar deb ataladi, kimyoviy jihatdan ular metallardan iborat. Yarimo‘tkazgichlar metallar va dielektriklar orasidagi o‘tkazuvchanlikka ega.


Dierektriklar tok o’tkazmasligi ularda o’tkazuvchanlik elektronlari yo’qligidan, krictall bo’ylab harakat qila oladigan elektronlar yo’qligidan darak beradi. Lekin nima uchun ayrim krictallar o’tkazuvchanlikka ega, boshqalari esa dielektrik dan iboratligini tushunish kerak.
Modda haqidagi klassik tasavvurlar qattiq jismlarni elektr xossalarini to‘liq tushuntirolmaydi, atomlarni kimyoviy xossalarini, moddaning diskret spektral chiziqlarini tushuntirolmaydi. Fizika fanining ko‘plab yutuqlari kvant mexanikanikasining yaratilishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Jumladan moddaning elektr xossalari ham faqat kvant tasavvurlar asosida to‘liq tushuntirilishi mumkin. Kvant fizikasi mukammal ravishda yuqori kurslarda o‘rganiladi. Bu yerda kvant tasavvurlarni sifat jihatdan ko‘rib chiqaylik.
XX asr boshlariga kelib elektromagnit to‘lqinlar haqidagi klassik tasavvurlar fandagi ayrim hodisalarni tushuntirolmasligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan qattiq jism spektrini, fotoeffektning qizil chegarasi masalalari elektromagnit to‘lqin kvantlari – fotonlar haqidagi tasavvurlarga olib keldi. Shunday qilib elektromagnit maydon to‘lqin xossalariga ega bo‘lgani holda, ikkinchi tarafdan zarra (kvant, foton) xossalariga egaligi ko‘rsatildi. Bu xossalar bir – biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, fotonning energiyasi ham ( ), impulsi ham ( ) uning to‘lqin xarakteristikalari bilan aniqlanadi. Bu yerda - Plank doimiyi deb ataladi. Elektromagnit maydonning kvant xossalari yuqori chastotali to‘lqinlarda, to‘lqin uzunligi kichik to‘lqinlarda kuchliroq seziladi.
Moddani tashkil etuvchi zarralar, jumladan elektronlar dastlab klassik mexanika qonunlariga bo‘ysinuvchi zarralar sifatida o‘rganilgan. 1924 yilda fransuz fiziki Lui de-Broyl, elektromagnit maydonni ham to‘lqin, ham zarra (kvant) xossalariga egaligini falsafiy muhokama qilib, avvalam bor zarra deb o‘rganilayotgan elektronlarda ham to‘lqin xossalar bo‘lishi mumkinligi haqida yozadi. Elektronning biron to‘lqin xossasi sezilmagan u paytda bu juda jasoratli fikr edi. Fotonlarga solishtirilganda, elektron to‘lqinining (de-Broyl to‘lqinining) chastotasi , to‘lqin vektori bo‘lishi kerak. Bu yerda -elektronning kinetik energiyasi emas, to‘liq energiyasini ifodalaydi. De-Broyl gipotezasidan boshlangan fizikaning bo‘limi “
Download 65.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling