Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet28/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Qatronli loklar sintetik, sun’iy va tabiiy qatron eritmalaridan iboratdir.
Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
Bakelit loki bakelitning spirtdagi eritmasi bo’lib, termoreaktiv turdagi lok hisoblanadi. Bu lok shimiluvchi yoki biriktiruvchilik vazifasini o’taydi. Bakelit loki quritilganda jism yuzasida qayishqoq bo’lmagan qattiq parda qatlami hosil bo’ladi. Bu lok getinaks, tekstolit ishlab chiqarishda, elektr apparatlarining izolyatsiyasida shimiluvchi sifatiga keng qo’llaniladi.
Gliftal loki gliftal qatronining spirtlarning suyuq uglevodorodlar aralashmasidagi eritmasi bo’lib, termoreaktiv yelimlovchi lok hisoblanadi. Undan mikanit va mikalentalarni biriktirishda foydalaniladi.
Sellyuloza loki - sellyuloza efirining eritmasidir. Bu lok quriganda hosil bo’lgan parda qatlami termoplastikligi bilan ajralib turadi. Nitrolak qurishidan hosil bo’lgan pardalar yaltiroq, mexanik mustahkam bo’lib, havo, namlik va moy ta’siriga chidamligir. Mazkur lok, asosan, sim yuzasidagi qog’oz-paxta o’ramini shimdirish uchun qo’llaniladi.102
Moyli lok asosini zig’ir va tung kabi quriydigan moylar tashkil etadi. Quritish jarayonini tezlatish maqsadida ushbu loklarga erituvchi modda qo’shiladi. Bunday erituvchilarga benzin, kerosin va boshqalar misol bo’la oladi. Tarkibida bitumi bo’lmagan moyli lokning ranggi tiniq bo’lib, u mato va qog’oz izolyatsiyasini, shuningdek, elektr mashina va apparatlari chulgamlarini shimdirishda keng qo’llaniladi. Bu lok termoreaktiv bo’lganligi sababli, transformator chulg’amini shimdirishda juda qo’l keladi, hosil qilingan qoplama esa transformator moyida yaxshi ishlaydi. Issiqlik ta’sirida tez qotadigan moyli lok elektr mashina va apparatlarning magnit o’zaklaridagi po’lat varaqlarni sirlash uchun ishlatiladi. Bu po’lat varaqlar bir-biridan izolyatsiya qilinsa, o’zgaruvchan tokli magnit maydonida sodir bo’ladigan uyurma tok hisobiga vujudga keladigan dielektrik isroflar birmuncha kamayadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling