Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi


Download 1.27 Mb.
bet32/65
Sana08.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1695451
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
Elektrotexnika materiallari

Yog’och va qog’ozlar


Bu materiallarning asosini o’simliklar tarkibidagi organik moddalar tashkil etadi. Elektr texnikada dastlabki elektr izolyatsiya materiallaridan foydalanilgan. Yog’ochning tola yo’nalishi bo’yicha elektr mustahkamligi uning ko’ndalang kesim yo’nalishiga nisbatan 3-4 barobar, qarshiliklari esa 10 barobar kichikdir. Quruq holatdagi yog’ochning zichligi 400-800 kg/m3 oralig’ida bo’ladi. Yog’ochning zichligi qancha yuqori bo’lsa, uning mexanik mustahkamligi tola yo’nalishiga qarab turlicha bo’ladi. Uning tola yo’nalishi bo’yicha mexanik mustahkamligi shu tolaga ko’ndalang yo’nalishdagiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Yog’ochning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: yuqori darajada gigroskopiklik; issiqlik yoki alanga ta’siriga chidamsizlik; o’z xossalarini tashqi ta’sir natijasida keskin o’zgartirishi va hokazo.
Yog’ochning dielektrik va mexanik xossalari unga moy, qatron kabi shimiluvchi suyuqliklar shimdirish orqali yaxshilanadi. Quritib shimdirilgan yog’och o’zining elektrik va mexanik mustahkamligini oshiradi. Uning izolyatsion xossalari shimdiriluvchi modda turi (parafin, alif, neft moyi, sintetik qatron)ga bevosita bog’liq bo’ladi. 107 Yog’ochning gigroskopikligini kamaytirish uchun




107 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 207-bet.
unga moy shimdirishning o’zigina yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun moy shimdirilgandan so’ng material yuzasi qo’shimcha ravishda loklanadi. Transformatorlarda elementlarni biriktirish maqsadida oq qayin, qayin va butadan tayyorlangan yog’och materiallar ishlatiladi. Aloqa va elektr energiyasini uzatish liniyalarida yog’ochdan tayyorlangan tayanchlar ishlatiladi. Yog’ochlardan, shuningdek o’chirgich, uzgich, transformator va boshqa elektr apparatlarida, elektrtexnikada texnika xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarda foydalaniladi.
Tarkibi, asosan, sellyulozadan iborat, qisqa tolali varaqsimon yoki o’ramli materiallarga qog’oz va karton kiradi. Qog’oz ishlab chiqarish uchun yog’och sellyulozasidan foydalaniladi. Elektr izolyatsiyasida qo’llaniladigan qog’oz tayyorlashda sulfat va natron sellyulozasi ham ishlatiladi. Elektr izolyatsiya qog’ozi va karton ishlab chiqarishda yog’ochga maxsus kimyoviy ishlov beriladi va undan lignin, mineral tuz va yelim kabi birikmalar chiqarib yuboriladi. Natijada sellyuloza tolalari sof holda ajratib olinadi. Mexanik ishlov berib maydalangan sellyulozaning suvdagi eritmasi aylanuvchan jo’valarga quyilib, yuqori haroratda quritiladi. Qog’oz o’ramga tortib o’ralayotganda tolalar, asosan, o’ram mustahkamligi uning uzunligi bo’yicha, eniga nisbatan birmuncha ortadi.108
Kabel qog’ozlari K, KM, KV, KVMU navlarda ishlab chiqariladi, bunda K- kabel, M-ko’p qatlamli, V-yuqori kuchlanishli, U-kuchaytirilgan ma’nolarini ifodalaydi. K va KM navli qog’ozlar kuchlanishi 35 kV gacha bo’lgan kabellarda, KV va KVU navlilari kuchlanishi 35 kV dan yuqori hamda KVM va KVMU navlilari kuchlanishi 100 kV dan yuqori bo’lgan kabellarda qo’llaniladi. Kabel qog’ozlarining qalinligi 70-170 mkm, zichligi 760-1000 kg/m3.
Qog’ozning zichligini oshirish hisobiga uning qalinligini kamaytirish mumkin. Materialning dielektrik singdiruvchanligi qog’oz va unga shimdirilgan moy turiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Telefon qog’ozi KT va KTU navlarda ishlab chiqarilib, ularning qalinligi 50 mkm, zichligi ko’pi bilan 800 kg/m3 ni tashkil etadi. Telefon qog’ozlari sarg’ish, qizil, ko’k yoki yashil ranglarda bo’ladi.


108 T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 107-bet
Kondensator qog’ozi asosan ikki xilda (oddiy kondensator qog’ozi va siliKon) ishlab chiqariladi Silikon katta quvvatga ega kondensatorlarda Qo’llaniladi. Kondensator qog’ozlarining zichligi 800-1250 kg/m3, qalinligi 4-30 mkm, o’ramining eni 12-490 mm atrofida bo’ladi. Bunday yupqa qog’oz ishlatish natijasida katta solishtirma sig’imli kondensatorlar yaratish imkoni tug’iladi.
Karton, asosan, qalinligi jihatidan (0,2-6 mm) odatdagi qog’ozlardan farq qiladi. Izolyatsiya kartonlari ikki turda (havo muhitida ishlashga mo’ljallangan g’ovaksimon va uncha zich bo’lmagan kartonlar) ishlab chiqariladi. G’ovaksimon karton o’ziga moyni yaxshi shimib oladi va bunda uning elektr mustahkamligi pasaymaydi. Kartonlar varaq holida (o’lchami 3x4 m gacha) yoki o’ramlarda (eni 1 gacha) ishlab chiqariladi. Ulardan elektr mashina, transformator va boshqa elektr apparatlarining izolyatsiyasida foydalaniladi. Pishiq qog’oz yupqa qog’ozlardan tayyorlanib, iliq ruh xloridi eritmasidan o’tkaziladi va kerakli qalinlikka erishilguncha po’lat jo’valarga o’ralaveradi. So’ngra pishiq qog’oz jo’valardan kesib olinib, yaxshilab suvda yuviladi va bosim ostida ishlov beriladi. Varaqsimon pishiq qog’oz (FE) qalinligi 0,6-12 mm, uzunligi 0,85-2,3 m va eni 0,55-1,4 m qilib tayyorlanadi hamda unga qora, qizil, kulrang va boshqa ranglar beriladi. Namlangan pishiq qog’ozga turli shakl berish mumkin. Pishiq qog’oz elektr mashina va apparatlarining konstruksiya materiallari sifatida ham qo’llaniladi.



    1. Download 1.27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling