Dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi
Download 1.27 Mb.
|
Elektrotexnika materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polietilenning asosiy mexanik va fizik xossalari
Tabiiy qatronTabiiy qatron o’simlik va biogen birikmalaridan tashkil topgan organik moddadir. Tropik o’simliklarda tabiiy qatron ko’p bo’ladi. U past haroratda amorf holatda bo’lib, qizdirilganda avvaliga yumshab, plastik so’ngra esa suyuq holatga o’tadi. Elektr texnikada ishlatiladigan tabiiy qatron suvda erimaydi, ammo spirtda, efirda va o’zi bilan kimyoviy tabiati bir xil bo’lgan organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Hosil bo’lgan eritma quritilganda yupqa parda hosil bo’ladi. Tabiiy qatron yopishqoq bo’lib, suyuq holatdan qattiq holatga o’tishida jism yuzasiga mustahkam yopishadi. Bu material kompaund, plastik massa, sun’iy yoki tabiiy tolasimon materiallarining tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi. Shellak – tropik daraxt qumursqalari (gummilak) mahsuli. Shellak tangasimon ko’rinishli, rangli (och sariqdan qo’ng’ir tusgacha), spirt, aseton va efirda yaxshi eriydi. U eritilgan holatda kanifol, kopol, gliftal, bitum va novalak bilan yaxshi birikadi. Shellakning zichligi 1000 – 1040 kg/m3, chiziqli kengayish koeffitsienti 4,4∙10-4… 9∙10-5ga teng. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r =3,5; tg= 0,01; = 1013-1014Om∙m; Et=20-30 MV/m. 2.11-jadval Polietilenning asosiy mexanik va fizik xossalari
Shellakdan qoplovchi yoki yelimlovchi loklar tayyorlanib, ko’pincha, undan elektr asboblarining qismlarini loklashda foydalaniladi Kanifol – to’q sariq rangli mo’rt modda bo’lib, daraxt yelimidan ajratib olinadi. Kanifol spirt, benzin, benzol, skipidar, aseton, neft va o’simlik moylarida osongina eriydi, suvda esa mutlaqo erimaydi. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 2,8; tg = 0,003; = 1013 – 1014 Om∙m; Et = 10-15 MV/m. Elektr izolyatsiyasida kanifol lok va kompaund tayyorlashda, qatron tarkibida va yuqori kuchlanishli kabellar uchun neft moyiga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Qahrabo – och sariq – qo’ng’ir tusli o’simlik maxsulidir. Qahraboning zichligi 1050 – 1096 kg/m3, yumshash harorati 175 – 200 0C. Uning dielektrik xossalari: r 2,8; tg= 0,001; = 1915Om∙m; = 1915Om∙m. Bu qatron skipidar, benzin va moylarda yaxshi eriydi. Qahrabo qimmat bo’lganligi sababli, undan faqat maxsus o’lchov asboblarida va katta qarshiliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling