Dielektriklarning qutblanishi, qutblanish vektori


Qutblanish vektori bilan qutblangan zaryad orasidagi bog’lanish


Download 165.85 Kb.
bet4/7
Sana01.05.2023
Hajmi165.85 Kb.
#1418383
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dielektriklarning qutblanishi

Qutblanish vektori bilan qutblangan zaryad orasidagi bog’lanish. Dielektrik (qutblanmagan) ichida S sirt bilan chegaralangan sohani qaraymiz (rasm 5.2). Qutblanishda musbat zaryadlarning kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi bo‘yicha va manfiy zaryadlar qarama-qarshi yo‘nalishida siljiydi. Molekulaning massa markazi joyida qoladi, chunki proton massasi elektron massasiga nisbatan 2000 marta katta, shuning uchun siljishni manfiy zaryadlar bajaradi. Rasm. 5.2 dan ko‘rinadiki, kuchlanganlik sirt uchastkalarining ichiga yo‘nalgan bo‘lsa, manfiy zaryadlarning bir qismi qaralayotgan sohani tashlab ketadi, kuchlanganlik uchastkaning tashqi qismiga yo‘nalgan bo‘lsa, sohaga manfiy zaryadlar qushimcha yana kiradi. Agar kirgan va chiqqan zaryadlar bir-biriga teng bo‘lmasa, u vaqtda soha qutblangan zaryadga ega bo‘ladi.

Rasm 5.2.
Dastlab S sirtning S kichik uchastkasidan utgan kichik zaryad q ni hisoblaymiz. Rasm 5.3 dan ko‘rinadiki dielektrik tekisligining kesimi S (uchastka qalin chiziq bilan tasvirlangan). S orqali molekula manfiy zaryadlari yuzasi S va balandligi cos bo‘lgan parallelopipedda joylashadi, bu yerda l- molekuladagi elektr zaryadlarining siljishi, - normal bilan kuchlanganlik orasidagi burchak.


Parallelopipedning hajmi ga teng, demak, unda molekula joylashadi. n0- molekulalar konsentrasiyasi.
Bu sonni har bir molekulaning manfiy zaryadi q ga ko‘paytirib, axtarilayotgan zaryad Q ning absolyut qiymatini topamiz:


Rasm 5.3.
bu ifodada molekula dipol momentining kattaligi, qutblanish vektori kattaligi. – qutblanish vektorining sirtga S tushirilgan tashqi normalining proreksiyasi va oxirida quyidagiga ega bo‘lamiz:


(7)
Minus ishora shuning uchun qo‘yilganki, Pn > O bo‘lgan sirt qismida soha manfiy zaryad oladi Q < 0, bu rasm 5.3 ko‘rinadi. (7) ifodani sirtning butun qismlari bo‘yicha yig’indisini olib, qaralayotgan sohadagi to‘la qutblangan zaryadni topamiz:




demak, qutblangan zaryadlar qutblanish vektorining S sirt bo‘yicha oqimiga teng ( teskari ishora bilan ). Endi dielektrik sirti yaqinida nima bo‘lishini ko‘ramiz.


Rasm 5.3 dan ko‘rinadiki dielektrik qutblanganda elektronlarning siljishi natijasida, mikroskopik yupqa sirtga yaqin qatlamda faqat bitta ishorali zaryad qoladi.
Sirkulyasiya haqidagi teorema modda bor yoki yo‘q bo‘lishidan qat’iy nazar o‘rinli bo‘ladi. Oqim haqidagi Gauss teoremasini aniqlashtirish mumkin, ya’ni bu yerda qutblangan zaryadlar o‘rniga dielektrik muhit xarakteristikasi ishlatiladi.

Download 165.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling