Difetsionizim nazaryasi


Download 0.74 Mb.
Sana17.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1097245
Bog'liq
Diffuzionizm nazaryasi

Diffuzionizim nazaryasi

  • Antropologiya, arxeologiya va etnologiya fanlari XIX asr oxiriga kelib o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga kirdi. Avvallari etnografik kuzatishlarning aksari savdogarlar, missionerlar, sayyohatchilar tomonidan olib borilgan bo‘lsa, endi ularni maxsus tayyorlangan olimlar avvaldan tayyorlangan dasturlar asosida olib boradigan. bo‘ldilar.
  • “Diffuziya” (lotincha “diffusio” “tarqalish”) antropologiyada diffuziya
  • madaniy omillarning xalqlararo savdo, ko‘chishlar, istilolar orqali
  • tarqalishini ifodalaydi.
  • Diffuzionizmning asoschisi deb Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti professori, nemis geografi, etnologi, sotsiologi
  • Fridrix Ratsel (1844–1904) tan olinadi.
  • Arxeolog, etnolog, folklor-shunos Leo Frobenius(1873–1938) diffuzionizm doirasida “madaniy morfologiya” nazariyasi va “madaniyat xalqlari”g‘oyalari asoschisibo‘ldi.
  • Frobenius aslida afrikashunos bo‘lib, Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatlarini o‘rganish uchun 12 ta ekspeditsiya uyushtirgan.
  • Ekspeditsiya materiallari va ularning nazariy tahlillari Frobeniusning fundamental asari – “Amerika madaniyatlarining kelib chiqishi” (1898) da bayon etilgan. Unda olim madaniyatni tirik organizm sifatida ko‘rib, undagi o‘zgarishlar hayotning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi degan xulosaga keladi
  • Madaniyatni ijtimoiyotdan holi, mistik borliq sifatida tasvirlagan Frobenius uni erkaklar va ayollar madaniyatlariga bo‘ladi. Ushbu bo‘linishni o‘zining ekspeditsiyalari ma’lumotlari bilan to‘ldirgan Frobenius afrikaliklar madaniyatinining ikki turini: tellur – efiopatriarxal va xtonik – xamit-matriarxal deb farqlaydi. “Tellur” va “xtonik” atamalari lotin va yunon tilida bir xil – yer ma’nosini beradi. Ammo olimning ta’birida bu atamalar qarama-qarshi ma’no kasb etadi.
  • Nemis tilli mamlakatlardag diffuzionizmning yana bir yirik namoyondalaridan biri Frits Grebnerdir. Grebner uchun antropologiyada asosiy madaniy-tarixiy aloqalar yoki madaniyatlarning mustaqil vujudga kelishi va taraqqiyotini o‘rganish usullarini ishlab chiqish tadqiqotining asosini tashkil etdi. Bu masalalardagi o‘z fikrlarini “Antropologiya metodi” (1911)asarida bayon etdi.
  • Diffuzionizmning Amerikada shakllanishi Frans Boasning tarixiy antropologiyadagi evolutsion nazariyani tanqid qilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Boas Grebnerning turli geografik hududlarda bir xildagi madaniy omillar vujudga kelishi mumkin emasligi haqidagi fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Har qanday madaniy borliqni, uning ichki taraqqiyoti yoki yaqin-uzoqdagi qo‘shnilari madaniyati ta’siribilan izohlash mumkin.
  • Shuning uchun har qanday mahalliy madaniyatning rivojlanishida diffuziya muhim o‘rin tutadi. Baos va uning shogirdlari tufayli amerika antropologlari diffuziya – turli xalqlar madaniyatidagi o‘xshashlikning asosiy omili degan xulosaga keldilar.XIX–XX asrlarda amerika etnologlari amerika hindularini o‘rganish uchun ekspeditsiyalar uyushtira boshladilar.
  • Shimoliy Amerika hindularining o‘zaro aloqalarini, ularning madaniyati
  • elementlarining geografik tarqalishini tahlil qilgan Uissler, madaniyat – ma’lum
  • kishilar guruhining, biror-bir ekologik muhitga moslashuv natijasi, degan
  • xulosaga keldi. Xo‘jalik qurollari, kulolchilik, folklor syujetlari va hokazolarga oid
  • koplab ma’lumotlarni umumlashtirgan olim moddiy hamda ma’naviy madaniyat
  • elementlarining insonning somatik belgilari mavjud
  • madaniy viloyatlar orasida diffuziya orqali tarqalishini
  • tasdiqladi.
  • Empirik ma’lumotlarga asoslangan Uissler, Shimoliy Amerika hindularining 15 ta madaniy viloyatlarini ajratib, madaniy diffuziyaning umumiy qonunini antropologik xususiyatlar o‘zi shakllangan joydan barcha yo‘nalishlar bo‘ylab tarqalish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Uning fikricha, madaniy omillar va odam xususiyatlari konsentrik usulda tarqalishini, ya’ni oddiy narsalar chetda qolib, murakkab xususiyatlar markaziy o‘rinni egallashini ta’kidlaydi.

Tayyorladi:201 guru htalabasi: Saidqulov Adobiddin
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling