«digital technologies in modern education: current trends and development factors in philology and pedagogy»
Download 0,53 Mb. Pdf ko'rish
|
34-23-PB
Сентябрь-Октябрь 2021
8-9-қисм «ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА СОҲАСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ» 1992), Igor Sodiqov (jahon chempioni, 1991) va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Igor Xalilov (yoshlar o‘rtasida Yevropa, jahon chempioni, 1992, Osiyoning 2 karra chempioni 1997, 2000) O‘zbekistonning eng kuchli Og‘ir atletikachilaridir. 2019-yil yurtmizning navqiron Xiva shahrida bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida pahlavonlarimiz poyezd paravozini tortish , bobomiz Jaloladdin Manguberdining qilichi kabi yasalgan 25 kglik qilichni muozanatda tutib turish va boshqa turli xil mashqalarni bajarib yurtimizga munosib ravishta qatnashib yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarishi. Tosh ko’tarish turi bo’yicha ham yurtimiz sportchilari qatnashib 19 ta mamlakat ichida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Bu nufuzli musobaqamiz ochiq osmon ostidagi muzeyimiz azim Xiva shahrida bo’lganligi tufayli Xorazm yoshlari bu sportga juda qiziqib qolishdi va musobaqa ishtirokchilariga havas qilib bu spot turi bo’yicha mashg’ulotlarni boshlab yuborishdi. Asta oydil tinimsiz mehnat qilib sportchilarimiz juda ko’plab yutuqlarga erishdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu jumladan o’zim ham shu sport bilan shug’ullanib 2021-yil mart oyida Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida bo’lib o’tgan yoshlar va kattalar o’rtasinda O’zbekiston chempionatida qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdim va umumjamoa hisobidan Xorazmning Alpomishdek yigitlari faxrli 2-o’rinni va Xorazmning Barchinoydek qizlari faxrli 1- o’rinni qo’lga kitirdilar. Oradan ko’p o’tmay baxodirlar o’yinlari va tosh ko’tarish bo’yicha poytaxtimiz Toshkent shahri mezbonligida osiyo chempionati bo’lib o’tdi. Bu chempionatda ham yurtimiz sportchilari muhtaram prizidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyayev tamonidan biz yoshlarga berilayotgan imkoniyat va shart sharoitlaridan foydalanib prizidentimizga munosib ravishta qatnashib musobaqada ishtirok etayotgan 23 ta davlat orasida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdik deb faxr bilan ayta olamiz. Muhtaram birinchi prizidentimiz Islom Abdug’aniyvich Karimov aytganidek “Hech bir narsa mamlakatni sportchalik dunyoga mashhur qila olmaydi ”. Bu so’zlar bejiz emas shu musobaqada o’zim ham ishtirok etganligim uchun aniq ayta olamanki , boshqa davlatlarda shug’ullanayotgan sportchilarga bizning jonajon O’zbekistonimizda sportchiliarmizga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar berilmaydi. Xulosa sifatida aytish joizki, boshqa davlat sportchilarining bizning davlatimizdagi etiborga juda havasi keladi, shu fursatdan foydalanib men barcha sportchi yoshlar nomidan muhtaram prizidentimiz Shavkat Mirziyayev Miramonovichga o’z minnatdorchiligimni bildiraman va bundan keyingi musobaqalarda yurtimiz nomiga munosib farzand bo’lib yurtimiz bayrog’ini jahon arenalarida ko’klarga ko’tarishga o’z hissamni qo’shaman deb va’da beraman |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling