Диктантлар тўплами
Do`stlik – oltindan qimmat
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
diktantlar toplami
Do`stlik – oltindan qimmat
Oqil bobo hikoya qiladi. Bir qishloqda ikki oshno yashar ekan. Birining oti Husan, ikkinchisiniki Muhammad ekan. Ular juda inoq ekan. Husan kasal bo`lib, o`rnidan turolmay qolibdi. Yosh yigitning umri tugayotganiga O`limning ichi achishib, «Sen yashashing kerak. Qani, men eng yaqin kishingdan-onangdan senga umr so`rab ko`ray-chi»-debdi. Husan rozi bo`libdi. Shundan so`ng O`lim yigitning onasiga murojaat qilib: «Ey, ona, sevimli bolangni yaxshi ko`rsang, umringdan ozginasini unga bergin» - debdi. Lekin ona boshqa farzandlarini o`ylab, bu taklifga rozi bo`lmabdi. Shundan keyin O`lim Husandan: «Eng yaqin kishilaringdan yana kim qoldi ? » - deb so`rabdi. – «Muhammad degan bir do`stim bor», - deb javob beribdi Husan. 9
O`lim Muhammadning oldiga borib, bor gapni aytibdi. Do`stiga ichi achigan Muhammad: «Umrimning ozginasini emas, do`stim uchun yarmini olaqol!» - debdi. Bu gap O`limning ham ko`nglini yumshatibdi. Husanni saqlab qolishga ahd qilibdi. O`lim Hayotning oldiga boribdi. – Sen bilan biz ashaddiy yovmiz. Lekin bir yigitning umri tufayli sening oldingga keldim. O`sha yigitga Muhammad degan do`sti umrining yarmini berishga va`da berdi. Marhamat qil, ularga ko`proq umr bergin. Men ham shunga roziman – debdi O`lim. Bu taklifga Hayot rozi bo`libdi. Muhammadning umridan qarz olinmasdan, Husanga qo`shimcha hayot beribdi. Shunday qilib ikki do`stning bir-biriga sadoqat va inoqligi o`limni ham chekintiribdi. Darhaqiqat: Oshnolar bo`lishga chin qadrdon, O`limni yengishga topilar imkon.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling