Dilerlik shartnomasi


-Modda. Dilerning huquqiy holati


Download 379.6 Kb.
bet8/81
Sana20.06.2023
Hajmi379.6 Kb.
#1627714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
dilerlik shartnomasi

3-Modda. Dilerning huquqiy holati


    1. Diler Kompaniyadan komissiya shartlarida Avtomobillarni oladi va Xaridorlarga sotish uchun 100% oldindan to'lovni amalga oshirish orqali oldi-sotdi asosida Firma Ehtiyot qismlarini sotib oladi. Diler, shuningdek, ushbu Shartnomani amalga oshirish bilan bog’liq har qanday boshqa bitimlarni, o'z nomidan mustaqil tadbirkor sifatida Kompaniya hisobidan va o'z xavfi bo'yicha tuzadi. Diler bitimlar tuzishda kompaniyaga vakillik qilish va Kompaniya nomidan harakat qilish huquqiga ega emas, faqat Kompaniya tomonidan yozma ravishda ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno.

    2. Kompaniya Diler va uchinchi shaxslar o'rtasidagi har qanday shartnomaviy munosabatlarning tarafi emas va ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Dilerning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari uchun javobgar bo'lmaydi.

    3. Diler Avtomobillar va ehtiyot qismlar, Gaz ballonli uskunalarni faqat Kompaniyadan yoki faqat Kompaniya tomonidan ko'rsatilgan manbalardan sotib olish majburiyatini oladi.

    4. Ushbu Shartnoma amal qilgan davrda Diler o'zini "UzAuto Motors "AJning Rasmiy dileri” deb atash huquqiga ega.

4-Modda. Davlat bilan munosabatlar


    1. Diler bevosita O'zbekiston Respublikasining tegishli davlat organlariga murojaat qilishga va ushbu Shartnoma imzolangunga qadar ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni to' liq bajarish uchun zarur bo ' lgan barcha litsenziyalar, guvohnomalar, ruxsatnomalar va tasdiqlashlarni olishga majburdir.

    2. Agar Shartnomaning ushbu moddasi 4.1-bandida ko'rsatilgan davlat organining biron bir ruxsati ushbu Shartnoma imzolangan kungacha olinmagan bo'lsa yoki olingan ruxsatnomalarning amal qilish muddati ushbu Shartnomaga amal qilish muddatida tugagan bo'lsa, kompaniya ushbu Shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishga va dilerga bu haqda yozma xabarnoma yuborib, uni bekor qilishga haqlidir. Bunday holda, ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagan yoki uning yo'qligi aniqlangan paytdan boshlab Shartnoma bekor qilingan deb hisoblanadi va kompaniya bunday bekor qilingan paytdan boshlab Diler oldida hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

  1. Download 379.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling