Dilfuza Islomovna Mamurova Shaxrizoda Ravshanova
Download 36.74 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqDilfuza Islomovna Mamurova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Dilfuza Islomovna Mamurova Shaxrizoda Ravshanova Buxoro davlat pedagogika instituti Uy ro’zg’or buyumlaridan va meva sabzavotlardan tashkil topgan natuyrmortni bajarish metodikasi Annatasiya. Qoʻyilgan natyurmortning asosiy gʻoyasini surat tekisligida tasvirlab berish uchun, yaʼni natura bilan tasvir oʻrtasida toʻla oʻxshashlikka erishish uchun tasviriy sanʼatning ifoda vositalari boʻlgan kompozitsiya, perespektiva, yorugʻ-soya va rangshunoslik nazariyalarini puxta bilish va ularni amalda qoʻllay olish talab qilinadi. Kalit so’zlar: Natyurmort, surat tekisligi, tasvir, natura, tasviriy sanʼat, kompozitsiya, perespektiva, yorugʻ-soya, dars. Avvalo, qoʻyilgan natyurmortni diqqat bilan kuzatib, uni tahlil qilib olinadi. Kompozisiyani ijodiy masalalari, asosan postanovka (natyurmort tuzish) qoʻyish vaqtida hal yetilgan boʻladi yaʼni natyurmort qismlari oʻrtasida uzviy bogʻlanish boʻlib, hamma narsa birgalikda, yaxlit boʻlib koʻzga yaqqol tashlanib turmogʻi lozim. Lekin , unga har xil nuqtalardan qaraganda umumiy koʻrinishi ham, qismlarning oʻlchamlari va nisbatlari ham oʻzgarib boshqacharoq koʻrinib qolganini sezamiz. Demak, natyurmort tasvirining taʼsirchan boʻlishi va undan koʻzlangan maqsadga toʻla yerishish uchun qoʻyilgan natyurmortga nisbatan yeng qulay va qiziqarli koʻrish nuqtasini topish kerak. Buning uchun har hil joyga oʻtirib yoki turib, naturaga yaqinlashib yoki uzoqlashib qarab koʻrish kerak boʻladi. Bunda har gal kuzatuvchi koʻzlarning balandligi oʻzgarishi bilan birga ufq chizigʻi va koʻrish markazi oʻzgarib turadi. Qoʻyilgan natyurmortga nisbatan yeng yaxshi koʻrish nuqtasini topib, ufq chizigʻini shunga muvofiq belgilab olish muhim ish boʻlib, tasvirning umumiy kompozisiyasi koʻp jixatdan unga bogʻliq. Natyurmort tasvirini surat tekisligida toʻgʻri joylashtirish bir qator masalalarni hal yetishni talab qiladi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin bir necha hajmli xomaki rasm bajarib koʻrish maqsadga muvofiqdir. Tasvirni qogʻoz yuzasida toʻgʻri joylashtirish masalasi hal boʻlgan har qanday tasviriy sanʼat asarining poydevori boʻlgan chiziqli rasmni boshlasa boʻladi. Qoʻyilgan natyurmortning umumiy holati, prinsiplari aniqlangach, qogʻoz yuzasida uning umumiy oʻlchamlari yengilligi va balandligi yengil-yelpi chiziqlar bilan belgilab chiqiladi. Har bir narsaning umumiy shakli qismlarning nisbiy oʻlchamlari va va predmetlarning asoslari orasidagi masofalar ham ohista chiziladi. Bu ishlar qalamni qogʻoz yuzasida tez-tez yurgʻazib, natyurmort bilan taqqoslab turib bajariladi. Har qaysi predmetning oʻzicha shakli, kata-kichikligi, tutgan oʻrni aniq boʻlgandan keyin, ularning tuzilishini tahlil qilib, sinchiklab kuzatib, u shakllardagi perspektiv qisqarishlar kuzatiladi. Predmetlarning shaklini tahlil qilish chiziqli rasm ishlashda gʻoyat maʼsuliyatli bosqichdir, chunki u rasm ishlovidan mantiiqiy fikr yuritishni va obrazli tasavvur qilishni talab yetadi. Predmetlarning surat teksligida joylashtirish vaqtida, albatta ularning asoslarini toʻla chizib chiqish kerak. Bu tadbir har qaysi predmetning oʻrnini va alohida narsalar oʻrtasida qolgan masofani toʻgʻri ifodalashga yordam beradi. Shunday qilinganda baʼzi narsalarning “muallaq” boʻlib qolishi yoki bir narsaning ikkinchisiga oʻyib kirgandek tuyulib qolishiga yoʼl qoʻymaydi. Umuman, hajmdor narsalarning rasmini chizganda, ularni shishadan yasalgan tiniq deb faraz qilib, uning koʻzga yaqqol koʻrinmaydigan jihatlarini ham bilinar-bilinmas chizib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chiziqlar vositasida hajmlarning chegaralarini belgilash bilan birga ularning shakllarini yanada aniqroq boʻlishiga yerishishning yana bir yoʼli yirik shtrixlar bilan shaxsiy va tushuvchi soyalarni qoralab olishdir. Bu tadbir narsalarning mutanosibligini yanada taʼkidlash va shakllarini aniqroq tasvirlashga olib keladi. Natyurmortdagi narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik tarzda tasvirlash uchun ularning qay holatda turganini aniq chizish bilan bir qatorda perspektiva va yorugʻ-soya qonunlarini puxta bilish va ularni amalda qoʻllash yuzasidan maʼlum ishlar olib borish kerak boʻladi. Predmetlar shaxsiy va tushuvchi soyalarning chegaralari topilgandan keyin, har bir narsaning yorugʻ soya, siyrak soyalari birma-bir ranglar yordamida ishlab chiqishga oʻtiladi. Har bir narsaning hajmdorligi va materialni haqqoniy qilib tasvirlash uchun natura bilan tasvirdagi soya, yarim soya va reflekslarning nisbiy munosibligiga yerishishga harakat qilish kerak. Buning uchun yesa natyurmortdagi yeng toʻq soya yorugʻ yerlarni aniqlab olib ana shu yeng toʻq soyadan boshlash lozim. Ana shu paytda natyurmort rangiga xos umumiy och toʻqlikni toʻgʻri aniqlash gʻoyatda muhim. Buning uchun natyurmort yoniga bironta qop-qora narsa qoʻyib qaralsa, yeng quyuq soya ham unga nisbatan oqishroq boʻlib koʻrinadi. Agar shu narsa natyurmort tarkibida boʻlganda, qoralashni oʻshandan boshlash va qora qalamni bor imkoniyatidan foydalanish lozim boʻladi. Download 36.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling