Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


jozibasini ta’minlagan muhim omil bo'lib qoladi. Xususan


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

jozibasini ta’minlagan muhim omil bo'lib qoladi. Xususan, 
A.Qodiriyning «O'tgan kunlar», Cho'lponning «Kecha va kunduz» 
romanlarida shu xil uyg'unlikni ko'ramiz. har ikki romanda ham 
x ro n ik a lilik eta k ch i b o 'lg a n i h o ld a , k on sen trik syujet 
xususiyatlaridan maksimal foydalanilganki, bu o'rinda qorishiqlik 
har ikki tipga 
xos eng yaxshi jihatlardan foydalanish asosida 
asarning badiiy mukammal bo'lishiga xizmat qiladi.
Badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, 
kulminatsiya, echim singari unsurlardan tarkib topadi. Ekspozitsiya


syujetning boshlanish qismi bo'lib, o'quvchini asar voqealari 
kechadigan joy, qahramonlar, asar konflikti yetilgan shart-sharoitlar 
bilan tanishtiradi. Aytish kerakki, ekspozitsiya hajm e ’tibori bilan 
turlicha bo'lishi va asarning turli o'rinlarida kelishi, ba’zan umuman 
tushirib qoldirilishi mumkin. Masalan, «Mehrobdan chayon»da 
ekspozitsiya juda katta o'rinni — xondan sovchilar kelgunga qadar 
bo'lgan epizodlami o'z ichiga olsa, «Qutlug' qon»da u juda qisqa va 
tugundan keyin beriladi, «Qo'shchinor chiroqlari»da esa ekspozitsiya 
umuman tushirib qoldiriladi.
Tugun asar voqealarining boshlanishiga turtki bo'lgan voqea, 
asar konflikti qo'yilgan joydir. Ekspozitsiyadan farqli o'laroq, tugun 
syujetning zaruriy elementi sanaladi, ya’ni u syujetda har vaqt hozirdir. 
Faqat ayrim hollarda, xususan, ba’zi xronikali syujetlarda, 
shuningdek, «ichki harakat» dinamikasi asosidagi syujetlarda u 
yetarlicha bo'rtib ko'rinmasligi mumkin. Tugun, odatda, asarning 
boshlanishida, ekspozitsiyadan keyinoq beriladi. Ba’zan, muayyan 
badiiy-estetik maqsadni ko'zda tutgan holda, uning o'mi o'zgartirilishi 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling