II. Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
4.
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.
|
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritish.
|
2018-yil aprel
|
DIQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
|
5.
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.
|
1.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish.
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.
3. Loyihani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2018-yil iyun
|
DIQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
|
6.
|
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi muassasalarda fuqarolarga muqaddas Qur’oni karimni o‘rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilish.
|
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrug‘ini qabul qilish.
|
2018-yil aprel
|
UMI (U. Alimov), DIQ, Adliya vazirligi (R. Davletov)
|
2. Maxsus kurslarni tashkil qilish.
|
Doimiy ravishda
|
7.
|
Umumta’lim maktablarida “Dunyo dinlari tarixi”, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida “Dinshunoslik” va “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanlarining o‘quv dasturlari va darsliklarini, malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
2. Ta’lim muassasalarida ko‘rsatib o‘tilgan fanlarning o‘qitilishini, malakali kadrlar xamda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rgazmali va mediamateriallar bilan ta’minlanganini o‘rganish.
3. O‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida mazkur o‘quv fanlarining o‘qitilishini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va kiritish.
|
2018-yil may
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), DIQ, O‘MI (U. Alimov), O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
|
8.
|
Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunini o‘rganishga bag‘ishlangan “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ni o‘tkazish ishlarini yanada takomillashtirish.
|
1. Qonun hujjatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi vazirlarining ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni o‘quv dasturiga kiritish bo‘yicha buyruqlarini chiqarish.
3. “Axborot soati” va “Ma’naviyat kunlari”ni o‘tkazish bo‘yicha sinf rahbarlari �a o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etish.
|
Alohida reja asosida
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), DIQ Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kodirov)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |