Dinamik harakat asosida ishlovchi kompressorlar
Download 301,94 Kb. Pdf ko'rish
|
dinamik kompressorlar (1)
SOVITISH MASHINALARI MA’RUZA №9 DINAMIK HARAKAT ASOSIDA ISHLOVCHI KOMPRESSORLAR Turbokompressorlar
Turbokompressor (88-rasm) ishchi g‘ildiraklar (1) dan iborat, bu g‘ildiraklar kompressorning to‘g‘ri vali (2) ga o‘rnatilgan. G‘ildiraklar (kompressor rotori) ning bir necha kurak (3) lari bor, uning aylanasiga diffuzor (4) biriktirilgan. Valning ikkita tayanch podshipnigi (5) va bitta tirak podshipnigi (6) bor. Valning kojux (8) dan chiqish joyiga salnik (7) o‘rnatilgan. Kompressorning ishchi bo‘limidan tashqariga joylashgan podshipnik bilan salnikni shesternyali moy nasosi (9) moylaydi. Turbokompressorlar minutiga juda ko‘p 4000— 8000 marta oborot qiladi. Turbokompressordagi sovutish agentining siqilishi ishchi g‘ildiraklar tez aylanganda markazdan qochirma kuchning hosil bo‘lishiga va ishchi g‘ildirakning kuragiga tushgan sovutish agentida vujudga keladigan kinetik, tezlik energiyasining potensial energiyaga aylanishiga asoslangan. Energiya diffuzorda bir xildan boshqa xilga aylanadi, bunda sovutish agentining harakat tezligi pasayib, bosimi ortadi. Sovutish agentining bug‘lari val tomondan so‘ruvchi patrubok (10) orqali ishchi g’ildirak kuraklariga tushadi. G’ildirak sekundiga taxminan 200 m tezlikda aylanganda sovutish agenti da kinetik energiya vujudga keladi, keyinchalik agent diffuzor (4) dan o‘tganda bu energiya potensial energiyaga aylanib, bosimning ortishiga sabab bo‘ladi. Demak, sovutish agenti diffuzordan o‘tganda agentning g‘ildirak kuraklarida hosil qilgan harakat tezligi kamayib, bosimi ortadi.
Agent bug‘larini bir necha g‘ildirak orqali ketmaket yo‘naltirib, ularni etarli darajada siqish mumkin. Turbokompressorlarning porshenli kompressorlardan afzalligi shuki: 1. Ular bir agregatning xolodoproizvoditelnostini ko‘p daraja (3—5 million kkal/soat) oshirishga imkon beradi. 2. Nagnetanie ventili yopiq turganda turbokompressorni yurgizib yuborish xavfsizdir, chunki sistemadagi siqish bosimining oxirgi miqdori
turbokompressorning aylanish tezligigagipa bog‘liq. 3. Xarakatlanuvchi qismlari bo‘lgan klapanlarning yo‘qligi, holbuki porshenli mashinalarda klapan qismlarining qarshiligini engishga to‘g‘ri keladi. 4. Kompressorning ichki tomoni moylanmaydi, shunday bo‘lgandan keyin isparitel bilan kondensatorning ichiga moy tushish ehtimoli ham yo‘q, aks holda moy bu apparatlarning issiqlik uzatadigan yuzalarini iflos qilar va issiqlik o‘tkazish koeffitsientini kamaytirar edi. 5. Mashina etarli darajada germetik bo‘lganligidan agent juda kam sizib chiqadi va havo ham ko‘p so‘rilmaydi. 6. Agent bug‘ini ko‘p sidra siqish va kompressorni regulirovka qilish qulay. 7. O‘zgaruvchan inersiya kuchlari bo‘lmaganligidan mashina ancha ixcham va silkinmay ishlaydi. 8. Mashina ko‘p o‘rin olmaydi va shu bilan birga, o‘zi ham, poydevori ham engil. Turbokompressorlarning shunday afzalliklari bo‘lishiga qaramay, ular haligacha keng rasm bo‘lgan emas. Bunga sabab shuki, juda katta hajmli sovutish agenti sirkulyasiya qilgan taqdirdagina turbokompressor tejamli ishlaydi, chunki shundagina agentning ishchi g‘ildiraklar bilan kojux o‘rtasidan oqib nobud bo‘lishi hamda bug‘ to‘lib turgan bo‘shliqda g‘ildiraklar bilan kuraklarning ishqalanishi turbokompressorning foydali ish koeffitsientiga kam ta’sir qiladi. Sirkulyasiya qiladigan sovutish agentining hajmini oshirish zarurligi xolodoproizvoditelnosti katta bo‘lgan turbokompressordan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan, ammiak qo‘llanilsa, turbokompressorning foydali ish koeffitsienti etarli bo‘lgani holda eng past xolodoproizvoditelnosti 1500000 kkal/soatni tashkil etishi mumkin; bunda turbokompressor agent bug‘ini 15 sidra siqa oladigan bo‘lishi, ya’ni 15 ta siqish bosqichiga ega bo‘lishi lozim. Turbokompressorlarda bunday sovutish agentlarini ishlatish maqsadga to‘g‘ri kelmaydi. Shunday qilib, turbokompressorlarning minimal xolodoproizvoditelnosti juda katta bo‘lganligidan ulardan uncha keng foydalanilmaydi. Xolodoproizvoditelnost sovutish agentining xususiyatiga bog‘liq. Turbokompressorlarda maxsus talablarni qondira oladigan (q v qiymati past bo‘lgan) sovutish agentlari ishlatilganda turbokompressorning xolodoproizvoditelnosti 100000 kkal/soat chamasida bo‘lishi mumkin. Turbokompressorlarda ishlatiladigan sovutish agentlari yuqorida aytilgan umumiy talablardan tashqari, quyidagi maxsus talablarni qondiradigan bo‘lishi lozim. 1.Sovutish agentining molekulyar og‘irligi katta bo‘lishi lozim, chunki agentning molekulyar og‘irligi ortgan sari siqish bosqichining soni kamayadi. 2. Sovutish agentining hajm bilan ifodalanadigan xolodo- proizvoditelnosti kichik bo‘lib, xolodoproizvoditelnosti kam bo‘lgan mashinada katta hajmli sovutish agentining sirkulyasiya qilishini ta’minlashi lozim. Freon-11 (СС1 3 F), freon-113 (С 2 F 3 С1 3 ) bu talablarning ham- masini qondiradi. Bu yangi agentlarning molekulyar og‘irligi katta va hajm bilan ifodalanadigan xolodoproizvoditelnosti past. Freon-11 qo‘llanilsa, ish sharoiti bir xil bo‘lganda kompressorning eng past xolodoproizvoditelnosti taxminan 250 000 kkal/soat, freon-113 ishlatilganda esa
100000 kkal/soat bo‘lishi mumkin.
Turbokompressorning maksimal (eng yuqori)
xolodoproizvoditelnosti cheklanmagan. Bunday sharoitda agent bug‘i ikki uch sidra siqiladi, ya’ni siqish bosqichi ikki uchdir.
Hozirgacha turbokompressorlar kam qo‘llanilar va asosan, havoni konditsiyalashda, past temperatura bo‘lishi talab qilinmaydigan hamda mashinaning shovqunsiz ishlashi, ixchamligi va germetikligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda ishlatilar edi. Hozirgi vaqtda molekulyar og‘irligi katta bo‘lgan yangidanyangi freonlar o‘zlashtirilishi munosabati bilan turbokompressorlar ham keng miqyosda ishlatila boshlashi lozim. Freonlar turbokompressorlarda ishlatilganda ularning salbiy xususiyati, ya’ni tirqishlardan jadal o‘tish xususiyati yo‘qoladi, chunki turbokompressor etarli darajada germetik mashinadir. Mashinaning germetikligi muz probkalari hosil qiladigan namning havo bilan kirishiga ham deyarli yo‘l qo‘ymaydi. Nihoyat, kompressorning ishchi bo‘limida moy bo‘lmaganligidan freonning moyda erishi kabi hodisalar ham ro‘y bermaydi. Bu esa isparitel va kondensatorning ishiga yaxshi ta’sir etadi. Freon bilan ishlaydigan turbokompressorning ana shunday afzalliklari bo‘lganligidan, u xolodoproizvoditelnosti 500000 kkal/soatdan ortiq bo‘lgan porshenli kompressorlarni yaqin yillarda siqib chiqarsa ajab emas Download 301,94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling