Dinamik indikatsiya qurilmasining ishlash tamoili quyidagicha


Download 4.98 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.98 Kb.
#1594857


Dinamik indikatsiya qurilmasining ishlash tamoili quyidagicha:
Impulsli generatordan kelayotgan signal funksional shifrator yordamida ikkilik sanoq sistemasiga o’tkaziladi.
Ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazilgan signal deshifratori yordamida o’nlik sanoq sistemasiga o’tkaziladi.
Deshifrator 3ta chiqish pinlari 7segmentli indikatorning umumiy minus pinlariga mantiqiy inkor bilan ulanadi. Ya’ni deshifratorning chiqish pinidagi raqamli signallar 0 qiymatdan 1 qiymatga yoki 1 qiymatdan 0 qiymatga o’tkazilib 7segment indikatorga ulanadi.
Ikkinchi tomondan deshifratorning chiqish pinlari ikki kirishli va(mantiqiy ko’paytirish) elementining 1tadan kirishlariga yuqorida ko’rsatilgandek ulanadi. Bu kirayotgan signalni boshhqarish uchun ishlatiladi. Ya’ni va elementining ikkinchi pinlaridagi signal deshifratorga uzatishini boshqaradi. Va elementini chiqishlari deshifrator kirishlariga ulanadi. Bu deshifrator ikkilik sanoq sistemasidagi signalni 7segmentli indikatorga chiqarish uchun ishlatiladi.


Tushushunarliroq bo’lishi uchun U14 deshiftratorni 1ta Q0 oyog’idan chiqayotgan signal bilan davom etamiz. Deshifratordan chiqayotgan signal ikkita kirishli U1, U2,U3 mantiqiy ko’paytirish ya’ni va elementining 1danta kirishiga va U16 emas mantiqiy elementi bilan kelayotgan signalni teskarisiga aylantirib birinchi 7segmentning umumiy graund oyoqchasiga ulanadi. U1, U2,U3 va mantiqiy elementining ikkinchi oyoqlariga berilgan ikkilik sanoq sistemasidagi signal diod yordamida U13 7segment uchun ishlatiluvchi deshifratoriga ulanadi. U13dan chiqqan signal 7segment kirishlariga ulanadi. Demak Q0dan 1 signal chiqqanda U1, U2,U3 va mantiqiy elementlarining 1tadan kirishida 1 signal hosil bo’ladi. Ikkinchi oyoqlaridagi signalga qarab, misol uchun 101 signal berilganda U signal U13 deshifratoriga boradi. Deshifrator chiqishlaridan 7segmenga boradi. Shu vaqtda U14 ning Q0 oyoqchasidagi 1 signal U16 dan 0 signal bo’lib chiqadi va 7segmentni umumiy oyogiga 0 signal borgani uchun 7 segmentda 5 soni hoiosil bo’ladi. Shu tariqa kirishidaigi ikkilik sanoq sistemasidagi signallar 7segmentda o’nlik sanoq sistemasi ko’rinishida hosil bo’ladi.
Download 4.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling