Diniy ekstremizm va fundamentalizm
Download 30.62 Kb.
|
Yahudiylik dini
Yahudiylik manbalari. Yahudiy dini boshqa dinlar kabi o‘zining muqaddas yozuvlariga ega. Uning asosan ikkita manbasi bo‘lib, biri er. av. XIII asrda yashagan va Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketishga boshchilik qilgan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot; Torah of Moses; Torah shebikhtav), ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo‘lgan yozma manba Talmuddir. Yahudiylikdagi bu ikki muqaddas sanaladigan manba xristian Bibliyasining tarkibiy qismlarini (aynan emas) tashkil etadi. Xristianlar va yahudiylar Bibliya so‘zini turlicha tushunadilar. Yahudiylar uchun Ibriy Bibliyasi (Hebrew Bible) xristianlarning Qadimiy Ahdi (Old Testament) hisoblanadi. Yahudiylar Bibliya so‘zi ostida ko‘pincha o‘zlarining Tanaxlarini (Tanakh) tushunadilar. Musoga tegishli bo‘lgan besh kitob «Tavrot» deb ataladi va quyidagi kitoblarga bo‘linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 5) «Ikkinchi qonun».
Qadimiy Ahdning ichidagi diniy ta’limot va aqidaga bag‘ishlangan eng asosiy va obro‘li qismi Tavrotdir. U xristianlik an’anasiga ko‘ra «Besh kitob», yahudiylar an’anasiga ko‘ra «Tora» (ta’limot) hisoblanadi. Qadimiy Ahddagi «ahd» so‘zi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini bildiradi. Qadimiy Ahd matni ibriy (eski yahudiy) va oromiy tillarida yozilgan. U qadimgi payg‘ambarlarning kitoblari (Ketuvim), Sulaymon payg‘ambarning matallari (Nevi’im) va (Torah) nomli kitoblardan iborat. Unda «Xudo yarlaqagan» Isroil xalqining tarixi haqida hikoyalar beriladi. «Ibtido» mil. av. 1400 yillarda Xudoning buyrug‘iga ko‘ra Muso payg‘ambar tomonidan yozib olingan. Unda Xudo olamni qay yo‘sinda yaratgani, odamzodning gunohga botgani, buning natijasida olamga azob va o‘lim kelishi haqida xabar beriladi. Shuningdek, unda dunyodagi xalqlarning vujudga kelishi va jahonga tarqalishi tarixi bayon qilingan. Odam Ato va Momo Havvo, Hobil va Qobil, Nuh, Lut, Ibrohim, Is’hoq, Ismoil, Ya’qub, Yusuf, Fir’avn va boshqa shaxslar, To‘fon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi, Sadom va Hamoraning xarob bo‘lishi singari eng qadimiy hodisalar ham Ibtidodan o‘rin olgan. «Chiqish» kitobida Muso payg‘ambarning tug‘ilishi, hayoti, Misr Fir’avni tomonidan qattiq zulmga tortilgan yahudiylarni Yahve amri bilan xalos qilgani, unga Tur tog‘ida Yahve tomonidan o‘nta ”vasiyat” (zapoved)ning berilishi haqidagi rivoyatlar keladi. Bundan tashqari, yahudiylikning ibodatlari, rasm-rusumlariga taalluqli ko‘rsatmalar berilgan. «Levit» kitobi turli-tuman urf-odat va diniy marosimlarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. Unda, asosan, qurbonlik haqida so‘z yuritilib, Xudo yo‘liga qanday hayvonni qurbonlik qilish yoxud, qay tarzda amalga oshirish lozimligi bayon qilingan. Shuningdek, yahudiy xalqiga hayvon va parrandalardan qaysilarining go‘shtini yeyish mumkin va qaysilarini yeyish taqiqlangani hamda boshqa turli hayotiy masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan. «Sonlar» kitobiga ko‘ra yahudiy xalqining Muso payg‘ambar boshchiligidagi Misrdan chiqishining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqli barcha erkaklarning hisobini olishga buyurdi. Bu kitobda Muso payg‘ambar rahbarligidagi yahudiylarning qabila, urug‘, avlodlar bo‘yicha asosiy namoyandalarining nomlari sanab o‘tiladi. Yana unda Misrdan chiqqan Banu Isroil qavmining Muso payg‘ambar bilan kechirgan hayotlari va tortgan qiyinchiliklari va olib borgan janglari haqida so‘z boradi. Yahve Musoga janglarda qo‘lga kiritilgan o‘lja va asirlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida ko‘rsatmalar beradi. «Ikkinchi qonun» kitobi 34 bobdan iborat. 27, 31, 34-boblardan tashqari qolgan qismlari birinchi shaxs nomidan yozilgan. Bibliyada keltirilgan rivoyatga ko‘ra, birinchi avliyo Xilkiya nomli shaxs Iosiya podshohligining 18 yilida, ya’ni mil. av. 621 yilda Quddus (Ierusalim) ibodatxonasida Qonun kitobini topgan. «Ikkinchi qonun»ning asosi ana shu Qonun kitobi hisoblanadi. «Nevi’im» (Payg‘ambarlar) kitobi ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismga avvalgi payg‘ambarlarning kitoblari kirgan bo‘lib, ular: Iisus Navin, «hukmlar», Samuilning ikki kitobi va ikkita «Podshohlik», Ruf, Yesfir, Yezdra, Neemiya, Paralifomenon kitoblari; ikkinchi qismga keyingi payg‘ambarlar kitoblari kirgan bo‘lib, ular uchta katta payg‘ambar – Isaiya, Ieramiya, Iezekiil va 12 ta kichik payg‘ambar – Osiya, Ioil, Amos, Avdiy, Iona, Mixey, Naum, Avvakum, Sofoniya, Aggey, Zaxariya, Malaxiyalarning kitoblaridir. «Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning «qo‘shiqlar qo‘shiqlari», Ruf kitobi, «Ieramiya yig‘isi», Yekkleziast, Yesfir, Daniil, Yezdra kitoblari va Solnomalar kitobini o‘z ichiga oladi. Download 30.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling