Diniy e`tiqodlar to`grisida qarashlar


Download 67.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1521805
  1   2   3   4
Bog'liq
DINIY E`TIQODLAR TO`GRISIDA QARASHLAR


DINIY E`TIQODLAR TO`GRISIDA QARASHLAR

Reja:



  1. Diniy e’tiqodlar genezisining manba va adabiyotlarda

talqin etilishi.

  1. Ajdodlarimiz diniy e’tiqodlari haqida "Veyshi" va "Suyshu" xitoy solnomalarida

  2. Ibtidoiy diniy e’tiqodlarning o‘zaro uzviyligi.


Diniy e’tiqodlar genezisining manba va adabiyotlarda
O‘zbekiston xududida minglab yillar davomida yashagan qabilalarning madaniyati irmoqlardek ajdodlarimiz qoni va hayotiga singib o‘tib, o‘z izini muhrlagani shubhasizdir. Qadimgi Xorazm, So‘g‘d, Farg‘ona, Baqtriya va Shosh elatlarining tarixi va madaniyati o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatining uzviy bo‘laklari bo‘lib, uning sarchashmalarini belgilaydi. Moddiy madaniyatni o‘rganuvchilarni «cho‘llar san’ati»ning bir xilligi doim hayratda qoldirib, shuning uchun siyosiy o‘zgarishlar sivilizatsiya yo‘qolishiga keltirmaganligi tan olinadi.
Ilohiy kuch — Xudoni tan olish, mintaqalararo madaniyatlar va e’tiqodlar orasidagi raqobat, ota-bobolarning udumlari, diniy marosim, O‘rta Osiyoda ellinizm manbai Gandxara emas - Baqtriya bo‘lgan, Kushon saltanatining ilohlar panteoni, "xaloskor" diniy g‘oyalar, eramizdan avvalgi 700 yildan to eramizning 700 yiligacha zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik va islom dinlari paydo bo‘ladi, tabiiy diniy e’tiqod, O‘zbek xalqining shakllanishi minglab yillarni o‘z ichiga qamrab oladi, o‘lkamiz aholisi eramiz boshlaridanoq turkiyzabon bo‘lgan, yovvoyilik, vaxshiylik va sivilizatsiya, oziq-ovqatni ovlash yoki terishdan uni ishlab chiqarishga o‘tish, o‘lkamiz "Tosh kitob"i, moddiy manbalar - "Yer arxivi", Yozma manbalar - inson tafakkurining mahsulidir, mintaqamiz diniy e’tiqodlari haqida deyarli hech qanday tasavvur yo‘q, qadimdan O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va ilm-fan markazidir.
Turli davrlarda u yoki bu mintaqa turli birikmalar tarkibiga kirgani tufayli o‘sha davlatga ko‘proq mansub bo‘lgan. Masalan, qator olimlar, keng tadqiqotlar natijasida Xuroson qadim va o‘rta asrlarda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Erondan ko‘ra ko‘proq O‘rta Osiyo bilan bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga keladi.174:14 XX asrdagi arxeologik tadqiqotlar va o‘zga izlanishlar bu haqiqatni tasdiqlaydi.
Yozma manbalar bo‘yicha, e. o. UP-U1 asrlarda O‘zbekiston hududida so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmiylar, sak va massagetlar yashagan. Sak va massagetlarni yunon muarrixlaridan Strabon (eramizning I asri) va Arrian (e. 2 asri) umumiy bir nom bilan -«Skif», deb atashgan. Pompey Trog (e. o. I asr) ularni «doim eng qadimgi qabila, deb hisoblashgan va qadimiyligi jihatidan misrliklar bilan bahslashgan», deb yozadi. Ahamoniylarning tosh yozuvlarida «skif» atamasi ishlatilmaydi, ammo qadimda o‘zga o‘lkalarning xalqlarini bir so‘z bilan birlashtirish hollari uchrashiga «kelt» va «efiop» atamalari ham misol bo‘la oladi.
Amudaryo (Oks) sohillari va cho‘llarida massagetlar istiqomat qilgan, tog‘li, cho‘l mintaqalarida esa chorvachilik bilan shug‘ullangan saklar yashagan. E. o. VI asrda ular o‘z yerlarini himoya qilish maqsadida harbiy-qabila ittifoqini tuzishadi. Antik tarixchilarning ma’lumotiga ko‘ra, saklar uchta guruxga bo‘lingan. Eng kattasi - sak-tigraxaudalar (uchli qalpoq kiyuvchilar) hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston hududida yashagan. Ikkinchisi - sak-taradarya (daryo ortida yashovchi)lar Orol dengizi za Sirdaryo (Yaksart)ning quyi etaklarida yashagan. Pomir va Farg‘onaning tog‘li rayonlarida sak-xaumavarka yashagan. Qang‘xa davlatining markazida - Sirdaryoning o‘rta oqimi bo‘ylab ham sak qabilalari istiqomat qilgan va janubi-sharqda Farg‘ona bilan chegaradosh bo‘lgan. E. o. V asrda Persepol saroyining devor tasvirida "v xalqlarning bir xil kiyimda chizilgani ham xorazmliklar va sak massagetlarning bir ildizga egaligidan dalolat berib, Gerodotning yozma ma’lumotlariga mos tushadi. Shu bilan birga, bir narsani unutmaylik, ya’ni Gerodot hech qachon o‘zi O‘rta Osiyoda bo‘lmamagan va o‘z tadqiqotlarini birovlarning hikoyalariga tayanib tuzgan. Shu tufayli, ayrim joy va elatlarning nomlarida adashgan. Olimlarning sanashicha, Gerodot o‘zining "Tarix"ida baqtriyaliklarni 13 marta, so‘g‘dliklarni - 2 marta, xorazmliklarni - 3 marta, saklarni - 11 marta, massagetlarni - 19 marotaba nomlab, ularning moddiy madaniyati, an’analari, dini va tarixi haqida ma’lumot qoldirgan. Eng muhimi - olimlarning xulosasiga ko‘ra, o‘lkamiz aholisi eramiz boshlaridanoq turkiyzabon bo‘lgan.273- Darhaqiqat, saklarning Avestoda eng ko‘p uchraydigan nomi "tura" bo‘lgani bejiz emas.
Xalq nomi haqidagi mulohazalarimizni Yurtboshimiz Islom Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q" risolalaridagi xulosa bilan yakunlaymiz: "Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko‘plab etnik guruxlar, el-elatlar o‘z ulushini qo‘shgan. Bu - tabiiy hol. Chunki, hech qachon, hech qayerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo‘lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi".
G‘arb olimlaridan Gordon Chayld xalq va madaniyat atamaga shunday ta’rif bergan edi: "Xalq" atamasini eng moziy tarixiy davrlarga olib o‘tmaslik uchun, uni "insoniyat hamjamiyati" atamasi bilan almashtirish to‘g‘ridir"
Fransuz olimi Pyer Amiyet O‘rta Osiyoda shahar madaniyati paydo bo‘lishiga to‘xtalib, u Mesopotamiya va Hind vodiylarining madaniyatlari o‘rtasida o‘ziga xos vositachi rolini o‘ynaganini aytadi va bu mintaqani Trans-Elam, deb ataydi. Aniqroq atama hali o‘z navbatini kutmoqda, ammo O‘rta Osiyo janubida alohida sivilizatsiya markazi mavjudligi o‘z isbotini topdi. Muximi -qadim sivilizatsiyamiz o‘lkamizda aqidaparastlik kuchayishiga yo‘l qo‘ymadi. Bir tomondan, kushonlar ta’sirida hindlarning siymolari yoki ayrim unsurlari mahalliy san’atga singib o‘tdi va shu asnoda, mahalliy o‘zlashmalar hind va atrof xalqlar e’tiqodiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Ayrim olimlar insoniyat madaniyati va jumladan, diniy e’tiqodlar tarixini inson oziq-ovqatni ov qilish yoki terib olish yordamida topgan davrga va hayvon-o‘simliklarni xonakilashtirishi orqali e’tiqodlari rivojlangan aqliy va axloqiy daraja davrlariga bo‘ladi. Aslida olimlar tomonidan insoniyat tarixini davriylashtirish turli pog‘onalardan o‘tib, hozirgi kungacha o‘zgarib kelgan.
Hozirgi zamonda u yoki bu diniy e’tiqod ildizlari - shajarasining sarchashmasiga yetish mushkul vazifa bo‘lib, faqat ko‘hna manbalar asosidagina ularning genezisi haqida muayyan xulosalar chiqarish mumkin, xolos. YA’ni, Insoniyat tarixi kabi, diniy e’tiqodlar tarixi ham ikki asosda o‘rganiladi: moddiy manbalar va yozma manbalar. Moddiy va yozma ma’lumotlar asosida insoniyat va jumladan dinlar tarixi quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganiladi: ashyoviy manbalarni arxeologiya ~ "qadimotlar haqidagi fan" o‘rganadi; insonning kelib chiqishi va rivojini antropologiya -"inson xaqidagi fan" o‘rganadi; Yer kurrasidagi xalqlarning urf-odatlari xo‘jalik yuritish usullari va madaniyatini etnografiya- "xalqlar tavsifi fani" o‘rganadi.
Moddiy manbalar: yozuv bo‘lmagan davrlar tarixini "Yer arxivi", deb ataluvchi manbalar, ya’ni inson tanasi va uning faoliyati qoldiqlari yordamida o‘rganish mumkin. Inson qoldiqlarini paleontologiya, faoliyati qoldiilarini esa, arxeologiya fani o‘rganadi va shu tariqa, kashf etilgan qadimgi shaharlar, qal’alar, qo‘rg‘onlar va dahalar, e’tiqod qadamjolari, san’at va maishiy hayot obidalari, tosh, sopol va metall buyumlar, taiinchoqlar va qurol-aslahalar insoniyat tarixidan darak beruvchi moddiy ma’lumotlar qatoriga kiradi.
Yozma manbalar inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, unga toshga yo‘nilgan va sopolda ishlangan hujjatlar, yozma manbalardagi diniy matnlar, teri yoki papirusdagi yozuv qoldiqlari kiradi. Ayrim tarixchilar sivilizatsiya, yozuv paydo bo‘lishidan boshlanadi, deb hisoblashadi. Shunga asosan insoniyat umrining atigi 5 foizini tashkil etuvchi davrni tarixiy deyishadi, chunki u yozma manbalarda iz qoldirgan, oldingi 2,5 million yil ya’ni 95 foizi esa, yozma dalillarga ega emas. Bu davrni faqat moddiy yodgorliklar yordamida o‘rganish mumkin.
5100 yil avval Misr ilk sulola xukmronligi ostida bir davlatga birlashib, shu davrda iyeroglif yozuvining dastlabki namunalari, ya’ni tarix paydo bo‘ladi. Olimlar, shunga asoslanib, insoniyat umrini ikkiga - tarixdan oldingi va tarixiy davrlarga bo‘ladi.176Alqissa, birinchi yozuv tizimlari 5000 yil oldin Misr va Mesopotamiyada, 4000 yil oldin Xitoyda, 3000 yil oldin - Krit va G‘arbiy Yevropada, 2000 yil oldin - Sharqiy va Shimoliy Yevropada shakllangan. Afrika, Okeaniya va Amerikaning ko‘p qismlarida esa, yozuv, asosan, kolonializm davrida kiritiladi.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling