Diniy e’tiqodlarning shakllanishi Reja


Ibtidoiy diniy e’tiqodlarning o‘zaro uzviyligi


Download 72.5 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1486075
1   2   3   4
Bog'liq
Diniy e’tiqodlarning shakllanishi

Ibtidoiy diniy e’tiqodlarning o‘zaro uzviyligi.
O‘rta Osiyo1 xalqlarining shakllanish tarixining murakkab va o‘ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy turmushlarida ham o‘z aksini topdi. Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va unsurlari, shuningdek, zardushtiylik, monixeylik, buddizm, xristianlik, yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. Qayd qilingan bu dinlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oldinma-keyin o‘rin olgan.
Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg‘ona vodiysi tosh davrida — eramizgacha bo‘lgan 1 mln.—500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. Quyi paleolit davridayoq (eramizgacha bo‘lgan 10 ming yillar) bu yerlarda (Teshiktosh, SHerobod va boshqa yerlar) ma’naviy madaniyatni shakllanayotganligini ifoda etuvchi qoyalarga o‘yib tasvirlangan rasmlar, haykaltaroshlik paydo bo‘la boshlaydi. Inson, o‘simlik va xayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy tarzda o‘za-ro biriktirgan, uyg‘unlashtirgan bu badiiy asarlar voqelikning inson tomonidan haqiqiy va xayoliy o‘zlashtirishlarni o‘zida ifoda etish bilan birga diniy qa-rashlarni ham vujudga kela boshlaganligini ham bildiradi. Keyinchalik, neolit davrida «muqaddas» hayvonlarga, ona — xudoga bag‘ishlangan haykallar, toat-ibodatlar, diniy marosimlar bilan borliq buyumlar paydo bo‘la boshlaydi.
Inson o‘zligini tanishi bilan, tabiatda nimadir hamma narsani harakatga keltirishi va Borliqqa sabab bo‘lishini tushunib, yaratuvchi manba sifatida Ilohiy kuch - Xudoni tan oladi va unga sig‘ina boshlaydi. Ibtidoiy jamoa tasavvurida mazkur manbani tan olish va unga topinib, qurbonlik keltirish - inson hayotini boshqaruvchi ilohiy kuchlarni "yumshatish"ga tenglashtirilgan va shu ishonch asosida diniy e’tiqod vujudga kelgan. Binobarin, bu jarayonning zamon va makon uzra siljishini, ya’ni diniy e’tiqodlar tarixini o‘rganmasdan turib, insoniyat uchun barcha zamonlarda eng qudratli g‘oya bo‘lgan Xudoga ishonch tuyg‘usini tushunib bo‘lmaydi.
Ilohiy kuch tushunchasi turli xalqlarda muayyan muhitga yarasha ma’no kasb etib, bir avlod umri davomida shakllangan g‘oya o‘zga avlod hayotida o‘z ma’nosini yo‘qotishi xam mumkin bo‘lgan. YA’ni Iloxiy kuch haqidagi inson g‘oyasi o‘z tarixiga ega bo‘lib, turli davrlarda bu g‘oyaning jamiyat yondashuvidagi shakli o‘zgarsa-da, moxiyati o‘zgarmagan va kezi kelsa, davlat mafkurasi darajasiga ham ko‘tarilgan.
Qadimda insonlar Ilohiy kuch g‘oyasiga turli nomlar bergan bo‘lsa-da, ushbu kuchni doim ularning taqdirini xal etuvchi Xudo sifatida tan olishgan. Turli davrlarda elatu qabilalar "o‘z" Ilohiy kuchiga ishongan, o‘z ehtiyoj va xohishlari, qo‘rqinch va quvonchlarini Ilohiy kuch bilan bog‘lab, olamni tushunishga intilishgan. Sexr-jodu bilan tabiatning beayovligini yumshatishga xarakat qilib, uning turli ko‘rinishlari - Quyosh, yulduz, momaqaldiroq, yomg‘ir, shamol, olovga sig‘ina boshlaydilar. P1u tariqa, animizm, totemizm, fetishizm va butparastlik kabi e’tiqodlar vujudga kelib, ularning izdoshlari bir-birini ta’qib eta boshlaydi.
Diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida, tabiiy va inson omillaridan tashqari, davlatchilik turi ham ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zbekiston zaminida qadimda o‘z tarixiy an’anasi asosida vujudga kelgan e’tiqodlar bilan kelgindi bosqinchilar davlatchiligi keltirgan e’tiqodlar o‘rtasida vaqt-vaqti bilan ayrim tafovutlar yuzaga kelgan. Ayni paytda, eramiz boshida O‘rta Osiyo hududi bo‘ylab 50 dan ortiq kichik amirliklar mavjud bo‘lganligi izma-iz almashinib turgan asrlar silsilasida turli-tuman e’tiqod va diniy qarashlar yuzaga kelganligi va ular o‘zaro to‘nashuvda rivojlana borganligiga ishora etadi. Ular bir-birini inkor etgan, vaqt o‘tishi bilan ayrimlari yo‘qolib, o‘zgalari rivoj topgan. Shu bilan birga, ularning bir-biriga singib borishi natijasida o‘ziga xos qurama diniy mohiyat va shakl ham paydo bo‘lib, rivoj topgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, davlatchilik taraqqiy eta borgan sari diniy e’tiqodlar xam murakkablashib, markazlashib borgan. Davlatchilikning tobora mustahkamlanishi diniy e’tiqodlarning turli-tuman ko‘rinishlari va shakllari ham markazlashib, ta’bir joiz bo‘lsa, davlat e’tiqodi darajasiga ko‘tarilishiga olib kelgan. Diniy ramzlar kichik sodda shakllardan yirik mahobatli ma’budxona va ibodatxonalar miqyosiga ko‘tarilgan.
Alqissa, qadimda O‘rta Osiyo territoriyasida turli madaniyatlar va diniy e’tiqodlar mavjud bo‘lib, ayrimlari olov uchqunidek, bir chaqnab, ko‘hna tarix qa’rida nom-nishonsiz so‘ngan bo‘lsa-da, ularning qoldiqlari u yoki bu ko‘rinishda xozirgi kungacha yetib kelgan. Ba’zi e’tiqodlarning ramz va marosimlari zamonlar "tishi bilan urf-odatga aylanib, xatto o‘zining diniy mohiyatini xam yo‘qotadi, ayrimlari ertak va afsonaga aylanadi, boshqalari esa, vaqt-vaqti bilan qayta tiriladi xam yoki asrlar davomida nafaqat moxiyatini, balki shaklini xam o‘zgartirmaydi, chunki ota-bobolarning udumlari an’ana, qonun sifatida xalq ongiga singib o‘tadi. Neolit bilan bronza davrlaridagi diniy e’tiqod ramzlarining hozirgacha yetib kelganiga misol - ayrim mozor va maqbaralarda tug‘ ustiga echkining bosh suyaklari va shoxlarini kiydirish odati. Umuman olganda, bu taomil deyarli barcha o‘lkalarda qadimdan mavjud bo‘lib, tarixchilar unga "bag‘ishlov" atamasini bergan.
Eramizdan oldingi II mingyillikda qabilalar birlashib, davlatchilik shakllana boshlagan bir paytda o‘lkamizda turli diniy e’tiqodlar va marosimlar o‘zaro qorishib, vaqt o‘tishi bilan muqim tus olishi tabiiy bo‘lgan. Kech bronza davri uchta asosiy e’tiqod an’analarining o‘zaro ta’siri bilan ajralib turadi: xaoma quyish bilan borliq mitraistik, olov e’tigqodi hukmron bo‘lgan avestocha hamda So‘g‘ddan shimol va sharq tomonda yashovchi chorvador qabilalarida vedalar mavzulari aralashgan.
O‘lkamizda yuzaga kelgan zardushtiylik xam ana shu yo‘sinda xukmron dinga aylanadi, biroq Aleksandr Makedonskiy yurishlaridan so‘ng yana qurama diniy muxit o‘rnashadi. Shu orada Turon va Eron xalqlarining qarama-qarshiligi yuzaga kelib, diniy e’tiqodlar ham ayri yo‘nalishlarda siljiy boshlaydi. Bu farq hatto islom davrida ham saqlanib, Turon avlodlari sunnani qabul qilishi, Eronda esa, shi’a tarqalishida o‘z aksini topadi.
Zardushtiylik an’anasi Yaqin Sharq e’tiqodlarini singdirib, o‘lkamizda o‘ziga xos e’tiqod yaratgani aniq. Eramiz boshida turon-eron va yunon-makedon diniy an’analari o‘lkamizda mahalliy e’tiqodlar bilan birgalikda mavjud bo‘lib, marosimlarni xalqning o‘zi sayqallashtirib boravergani ayon. Bu borada bir xil soha ilohlarining siymosi uyg‘unlashib, xalq ularni qabul qilishi yengillashgan. Bu holat islomgacha davom etgan deb hisoblanadi, ammo bizning nazarimizda, islom davrida xam mahalliy e’tiqod va marosimlarimiz yangi dinga singib o‘tib, o‘lkamizda o‘ziga xos - diniy jihatdan mo‘tadil va bag‘rikeng islom shakllanadi. Xalqimiz islomda eng mo‘tadil Hanafiy mazxabini tanlagani bunga isbotdir. O‘lkamizni boshqarish uchun o‘z vaqtida Aleksandr Makedonskiy yunonliklarni, islom lashkarlari esa - arablarni yashashga qoldiradi. Ammo xalqimiz xar gal kelgindilarni o‘ziga singdirib, ularning diniy e’tiqodini ham mahalliy tus bilan qorishtirgan va natijada, asrlar davomida o‘rgangan taomilini amalda tatbiq etib kelavergan. Xalqimiz o‘z fikrini qadim so‘g‘d, yunon, arab yoki kirill alifbosida ifoda etgani bilan e’tiqodning mazmun-mohiyati o‘zgarib qolmaganidek, diniy e’tiqodlar sohasida ham har gal shunga o‘xshash jarayon sodir bo‘lavergan.
O‘lkamiz Buyuk ipak yo‘lining markazi sifatida barcha aytib o‘tilgan ta’sirlarni boshidan kechiradi va yangidan-yangi g‘oyalar hamda ramzlar yaratib, ko‘hna zaminimizning diniy e’tiqodlar chorrahasiga aylanadi. Mazkur dinlar asosida keng qamrovli madaniy qatlamlar vujudga kelib, me’morchilik, adabiyot, urf-odatlar, ilm-fan va san’at rivojlanadi.
Bmz mazkur qatlamlarni diniy e’tiqodlar tahlili davomida ko‘tarishga harakat qilamiz, hozir esa misol tariqasida ulardan birini ko‘rsatib o‘tamiz. Eramizdan oldingi asrlardayoq, o‘lkamizdan Hindistonga o‘tgan ellin e’tiqodlari o‘zimizning mahalliy va hind e’tiqodlari bilan qorishib, yunon-buddaviy yoki Gandxara deb ataluvchi san’atni yuzaga keltiradi. Natijada Kushon san’ati boshqa xalqlarga o‘tkazgan ta’sirining izlarini Sharqiy Turkistonning Kuchi va Karashar xaykallari va peshtoqlarining naqshlarida hamda Hindistonning Taksila va Maturi obidalarida ko‘rishimiz mumkin.175:124 Baqtriya va Toharistonda diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bu san’at namunalari mahalliy an’analarimizni saqlagan holda rivojlanadi va shunga asoslanib G. Pugachenkova O‘rta Osiyoda ellinizm manbai Gandxara emas Baqtriya bo‘lgan, deb hisoblaydi.
M. Masson fikricha O‘rta Osiyo - Hindiston madaniy sintezining eng oliy yutug‘i - Kushon sivilizatsiyasining shakllanishi bo‘lib, ularning ikkita madaniy, iqtisodiy va siyosiy markazlari hisoblangan Baqtriya va Shimoli-G‘arbiy Hindistondagi taraqqiyot asosi sifatida bronza asrining yutuqlari xizmat qilgan. Kushon imperiyasining turli joylarida turli dinlar mavjud bo‘lib, Kushon shoxlari Baqtriya tilini saqlab qolgan holda, hindcha boshqaruv tizimini o‘zlashtiradi va ikkitillilikni joriy etadi. Tilga nisbatan bo‘lgani kabi, diniy e’tiqodlar sohasida ham kushonlar diniy bag‘rikenglikni namoyon etib, hind e’tiqodlaridan shivaizm, buddizm, vishnuizm va jaynizmga homiylik qiladi. Olimlarning fikricha bunday yondashuv - kushonlar siyosatining eng muhim yutuqlaridan biri bo‘lgan. Bunday diniy bag‘rikenglik natijasida imperiyada barqarorlik saqlanib, saltanat rivojlanqgan va ayni paytda oldingi diniy e’tiqodlar ham xalq orasida e’zozlanib saqlangan.
Xorazmda o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar asnosida, qator shahriston va qal’alar Kushon davriga oidligi aniqlanib, ular orasida jumladan, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Bozorqal’a, Qoraqum qa’ridagi Govurqal’a, Ayozqal’a va boshqalarini tilga olib o‘tish mumkin. Kushon imperiyasining diniy bag‘rikengligi tufayli eramizning 1-P asrlarida Xorazmda ham haykalchalar qiyofasi o‘zgarib boradi. Ayol haykalchalari ulug‘vor uzun kiyimlarda emas, Veneraga xos holatda ifodalanib, qo‘llarida hind bilaguzuklari paydo bo‘ladi. Buddizmning stupa tasvirlari va maymun haykalchalari paydo bo‘ladi.Shu bilan birga o‘lkamiz ustalari Yunon va o‘zga ma’budlarning haykalchalarini ko‘rgan yoki afsonalar eshitib, qurama tabiatli mahalliy ilohlarni yaratganda, ularga mahalliy tus va an’ana bergani aniq. Shu tariqa Xorazmga yunon ta’siri hind va buddaviylik unsurlari bilan qo‘shilib ketgan qorishiq holatda kirib keladi. II asr oxiriga kelib esa Kushon imperiyasi inqirozga uchraydi.
Ayni paytda eramiz bo‘sag‘asidan boshlab o‘lkamizda sak, xionit va eftalit qabilalarining ta’siri ostida azaliy qadimgi e’tiqod marosimlari zardushtiylik va yangi oqimlar bilan qorishib, o‘ziga xos an’ana va akidalar yuzaga kela boshlaydi.Ulardan keyin hukmronlikka kelgan eftalitlar turli xil va ko‘p sonli xalqlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lib, ularning xilma-xil diniy e’tiqodlari mazkur davrda birgalikda muomalada bo‘lgan. O‘rta Osiyo zardushtiyligi mahalliy Anaxita va Siyovush e’tiqodlari bilan qurama bo‘lib, diniy e’tiqodlarning ramzlarini san’at namunalari va tangalarda ko‘rish mumkin bo‘lgan. Ayni paytda moniylik ta’limoti keng tarqalib, Mazdak va Budda ibodatxonalari ham qad ko‘tarib turgan.
VI asrda eftalitlar hukmronligi turkiy xoqonlik va sosoniylar Eronining birlashgan zarbalaridan qulagach, but-ilohlar o‘rnini otashgohlar egallab, So‘g‘dda zardushtiylik aqidasi kuchayadi. Qarshi vohasining "Shaharlar onasi" - Yerqo‘rg‘on ibodatxonasining zalida turgan iloha haykali sindirilib, ustidan suvoq tortiladi va tepasiga to‘rtburchak otashgoh o‘rnatiladi.
Termizning Zartepadagi ibodatxonasida esa avvaliga turli tasvirlar va haykallar bo‘lgan, keyinchalik esa bosqin natijasida vayron etilib, aholi qaytgach yoki boshqa qabila kelgach, zal g‘ishtlar bilan terilib, hosil bo‘lgan maydonchaga zinalardan chiqib, otashgohdagi olovga e’tiqod qilishgan.
Shaharlarning homiy ilohlari sha’niga ibodatxonalar quriladi yoki qadimiy e’tiqodlardan qolgan butxonalar ishlatiladi. Hukmronlar o‘rnatayotgan rasmiy e’tiqod bilan bir vaqtning o‘zida xalq orasida qadimgi e’tiqodlar ham saqlanib keladi va ular bilan bog‘liq marosimlar o‘tkaziladi. Masalan, Beruniyning ta’kidlashicha, xorazmliklarning "Mina kechasi" nomli qadimiy marosimi ularning diniy e’tiqodi bilan bog‘ligq bo‘lmagan.
Qadimdan mahalliy ildiz otgan e’tiqodlar yangi vujudga kelayotgan e’tiqodlar bilan o‘zaro ta’sirga kirib, yangi hayot kasb etgan. Ayni bir makon va zamonda turli-tuman e’tiqodlarning quramasidan o‘ziga xos ko‘p qirrali diniy tasavvurlar vujudga kelib, saltanatlar chegaralari uzra ko‘cha boshlaydi, har bir e’tiqodning diniy xodimlari raiyat uchun o‘zaro kurashadi. Va nihoyat, mazkur ko‘p xillikdan yaxlit tizim sifatida Yakkaxudolilik dinlari qad ko‘taradi va bunda asosiy diqqat-e’tibor inson va uning Oxiratda qutqarilishiga qaratiladi. O‘ziga xos "xaloskor" diniy g‘oyalar paydo bo‘ladi. Tarixchi Gerardo Noli fikricha, bu davrda "soteriologiya (soter - xaloskor, qutqaruvchi) va esxatologiya (borliq va insonning oxir-oqibat taqdiri haqidagi) ta’limotlari diniy tafakkurning ustuvor shakliga aylanib, kadimiy e’tiqodlar esa narigi dunyo rohati va azobiga urg‘u beruvchi e’tiqod ta’sirida asta-sekin o‘zgarib borgan. Ibtidoiy diniy e’tiqodlarda ma’naviy-axloqiy mohiyat zaif bo‘lib, yuqori pog‘ona - Yakkaxudolilik e’tiqodlariga o‘tilishi bilan insonning axloqiy normalari birinchi o‘ringa ko‘tariladi. O‘zidan oldingi butparastlik va ko‘pxudolilik e’tiqodlaridan farqli ravishda, Yakkaxudolilik e’tiqodlarida diqqat-e’tibor ko‘proq insonga, uning axloqiga qaratiladi. Yulduzlarga sig‘inish yo‘nalishida astrologiya (nujum ilmi) tobora kuchayadi xamda unda Vaqt va Taqdirni boshqaruvchi universal tartib tushunchasi kuchayadi.
Shu bilan birga har bir davrning o‘ziga xos xalq e’tiqodi mavjudligi va ana shu e’tiqod namoyon bo‘lgan ilohlari va ramzlari aynan shu davr uchun xosligi ham isbot talab etmaydi. E’tiqod ramzlari o‘zgarib borganini ibodatxonalar devorlariga ustma-ust tushirilgan tasvirlardan bilish mumkin. Darhaqiqat, xalq san’ati namunalari zamonlar qa’ridan vaqt uzra qatlamma-qatlam namoyon bo‘lishi olimlar tomonidan qayd etilgan xodisa bo‘lgani kabi, e’tiqod bilan bog‘liq marosimlar va ibodat joylari ham shu jarayonni boshidan kechiradi.
O‘lkamizda bir diniy majmuada faqat bitta e’tiqodga sig‘inishmagan, deb hisoblaydi olimlar. Biz bu fikrga qo‘shilamiz. Darhaqiqat, zamona zayliga ko‘ra, hukmronlar o‘zgarganda yoki o‘zga qabilalar bostirib kirganida, avvalgi din o‘rniga yangisi aynan o‘sha majmuada o‘z but-ilohlarini qo‘yib, marosimlar o‘tkazgan va kelgindi hamda mahalliy e’tiqodlar vaqt o‘tishi bilan quramalashib, ikki yoki bir nechta diniy taomilni o‘zida birlashtirgan. Suv ilohasi ibodatxonasi Olov uyiga aylangan, otashgohlar esa -Budda stupasiga o‘rin bergan. Bir majmuada bir nechta diniy e’tiqod birgalikda, yonma-yon ham yashagan va diniy bag‘rikenglik ko‘pxudolilik ibodat majmualarini yuzaga keltirgan. Ularda bitta iloh eng kattasi deb e’zozlangan va har bir ma’budning o‘z ta’sir va himoya sohasi bo‘lgan. Insonlar kelib, bir paytning o‘zida Suv ilohasidan hosilning mo‘l-ko‘lchiligini tilab, yonidagi esa jangda g‘alaba ato etishini iltijo qilgan. Bir ibodatxonada mahalliy va ellinistik butlar qatorasiga terilishi ham mumkin bo‘lgan.
Mazkur qorishma negizida turli g‘oyaviy va falsafiy qarashlar zuxur topadi. Shu asnoda, eramizdan avvalgi 700 yildan to eramizning 700 yiligacha zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik va islom dinlari paydo bo‘lib, ular insoniyat taraqqiyoti va tarixida davlatchilik va madaniy mintaqalarning muayyan diniy g‘oya sifatida shakllanishini belgilaydi.177 Bu dinlarning keng ko‘lamda tarqalishiga ularning yozma ravishda, Kitob shaklida muhrlanganligi muhim ta’sir ko‘rsatgan. Bu dinlarga, millatidan qat’i nazar, yagona Xudoga ishonch xos bo‘lib, uning tomonidan insonlar uchun belgilangan axloqiy normalar tushunchasi kiritiladi. XX asr boshlarida Yevropada din azaldan mavjud bo‘lib, barcha xalqlar yagona Xudoga ishonganligi haqidagi g‘oyani targ‘ib etgan "madaniy doiralar" yo‘nalishi, ayniqsa, Vena etnografik maktabida kuchli bo‘lgan.
Insonning Vahiy emas, o‘z ongi va tajribasi orqali tushungan narsalarini olimlar tabiiy diniy e’tiqod deb atashgan. Ammo ibtidoiy diniy e’tiqodlar tabiiy e’tiqod sifatida vaxiy etilgan dinlardan farq qilishiga qaramay, tarixning quyi pog‘onasida vujudga kelgan diniy urf-odatlar yakkaxudolilik dinlari amaliyotiga singib o‘tib, bizning kungacha saqlanib kelgani hayratomuz holatdir. Darhaqiqat, S. Tokarev ta’biri bilan aytganda o‘lkamizning "qabila e’tiqodlari" doirasida o‘ziga xos va juda qadimgi diniy dunyoqarashlar yotadi.398 6"17 Bu borada, A. Yakubovskiy to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘lkamizdagi qadimiy diniy e’tiqodlar negizini tashqaridan kirib kelgan ta’sir asosida emas, aksincha, o‘zimiz yaratgan qadim e’tiqodlarni chuqur o‘rganib, ularning turli dinlarga singib, ta’sir o‘tkazganligi bilan bog‘liq holda izlash va etish lozim. Asosiy diqqat mahalliy diniy e’tiqodlar shajarasini o‘rganishga qaratilishi lozim.
Ibtidoiy jamoamizning e’tiqodlarini tasniflash, ularning kelib chiqishi va kelajak politeistik va monoteistik dinlar bilan uzviy aloqasini o‘rganish kerak. Zardushtiylikdan oldingi diniy e’tiqodlar "tabiiy" bo‘lib, Avestodan boshlab vahiyga asoslangan dinlar maydonga chiqadi. Chegara bilmas ilk g‘oyaviy makon vujudga kelishi yirik davlatchilikning bunyod etilishiga asos soladi va insoniyat yanada rivojlanadi. Umumjaxon miqyosidagi mazkur dinlar, millat-elatidan qat’i nazar, turli jamiyatlarni birlashtira oladi.
Bu borada o‘zbek xalqining etnogenezi ustida to‘xtalsak to‘g‘ri bo‘ladi. Inson tug‘ilishi bilan bir nom olsa, xalq tug‘ilganida uning nomi bo‘lmaydi. Ko‘p mingyillar davomida u rivojlanadi, faqat keyinchalik o‘z nomiga ega bo‘ladi. O‘zbek xalqining ham shakllanishi minglab yillarni o‘z ichiga qamrab oladi va o‘z jarayoniga ko‘plab qabila va urug‘larni qo‘shib oladiki, pirovardida, ularning yig‘indisi xalq etnogenezi deyiladi. Bola tug‘ilishidan oldin ko‘zga ko‘rinmagani singari xalq etnogenezi xam nazardan chetda qolishi mumkin. Shuning uchun ham, xalq tarixi uning nomidan qadimroq bo‘lishi tan olingan haqiqatdir.174: g 8- p O‘zbek xalqi o‘z nomini olishdan ancha avval So‘g‘d-Xorazm-Baqtriya-Kushon-Chust-Shosh ko‘hna davlatchiliklari va madaniyatlari asosida o‘z taraqqiyotining yuksak cho‘qqilariga erishgani rad etib bo‘lmaydigan voqelikdir.
Millatu elatlar tarix davomida to‘xtovsiz ko‘chib yurgan va bir-biri bilan qorishib, o‘zgarib boravergan. Oqibatda, bir tekis xalqning o‘zi tabiatda bo‘lishi mumkin emas, degan xulosa kelib chiqadi. Aynan shu tariqa, diniy e’tiqodlar ham turli elatlarning xususiyatlari bilan qormshib, yangidan-yangi qirralar kasb etadi va shu yo‘sinda,qurama shakl va mohiyatni namoyon etib boradi. Asrlar osha borib, muayyan diniy urf-odat qaysi din va millatga mansubligi unut bo‘lib, o‘z mahsuli sifatida qabul qilinadi. O‘zbeklarda islomiy deb hisoblanuvchi nahorda 20 va yil oshi o‘tkazish odatlari bunga misol. Aslida esa, bu - Quyoshga sig‘inish va zardushtiylikdan qolgan odat: saharda berilishi Quyosh chiqishiga topinish, osh berish esa, zardushtiylar marhumlarining suyaklarini xumga solib, atrofida laganlarda taom tortishidan qolgan odat, deb hisoblaymiz. Ibtidoiy e’tiqodlarda shakllangan ajdodlarga sig‘inish, ularni xotirlab taom tortish odati zardushtiylikda ham saqlanadi va keyinchalik islomga o‘tadi. Eng qizig‘i, hozir xalqimiz bu odatlarni islom kiritgan, deb o‘ylashida.
O‘zbeklar o‘lkaga kech kelgan deyiladi, ammo bular ko‘chmanchi o‘zbeklarning oxirgi to‘lqini bo‘lib, o‘troqlari undan ming yillar oldin shu yerlarni o‘zlashtirib bo‘lganini va shu tariqa, asrlar osha davom etgan jarayon o‘z nihoyasiga yetgani ma’lumdir.174: Darhaqiqat, o‘zbeklar turli qabila-urug‘lar yig‘indisi sifatida to‘lqinsimon ravishda muntazam o‘troqlashib, bu jarayonda Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya, Farg‘ona va Shoshda buyuk sivilizatsiya yaratgan turli qavm va elatlarning tajriba va an’analari omuxta etildi. Shu bilan birga, har bir xalq bu madaniyatlarga o‘z hissasini o‘shib, uning rang-barangligi va boyligini ta’minladi. Pirovardida, Uyg‘onish davri va buyuk davlatchilikning yuksalishi o‘zbeklar nomi bilan bog‘liqligi azaldan jumla jahonga ayondir.
Ovchilarda o‘z territoriyasi bo‘lgan bo‘lsa, dehqonchilikka o‘tish bilan o‘z uyi, o‘z yeri, o‘z sigiri va qo‘yi, o‘z ketmoni paydo bo‘ladi, ya’ni mulkchilik rivojlanadi. Ammo mulk paydo bo‘lishi bilan o‘g‘irlik, talon-toroj va urushlar kelib chiqadi. Hosili bo‘lmagan jamoa omadli jamoaga xuruj etish xavfi ostida qadimgi qishloqlar mustaxkamlanib, atrofi qo‘rg‘on bilan o‘raladi. Qo‘riqlovchi askarlar paydo bo‘ladi, qabila boshlig‘ining vazifasi harbiylashib, u sardorga xhm aylanadi. Jamoada tabaqalar orasidagi muomala qoidalari paydo bo‘lib, ularga rioya etish nazorati qabila boshlig‘i va kohin zimmasiga yuklanadi.
Moziyga nazar tashlabish tutish xayrli deyilganidek, o‘lkamiz o‘tmishi va tarixiy ildizlarini o‘rganish nasl-nasabimizni bilish omili bo‘lib, bunday izlanishlar qadim ajdodlarimizning olis o‘tmish zarvaraqlarida o‘zimizga xos betakror madaniyat, mlm-fan, san’at durdonalarini yaratganini namoyon etadi.
Darhaqiqat, o‘lkamiz azaldan diniy bag‘rikenglik zamini bo‘lganligi tufayli O‘zbekistondagi islom Arabiston yoki Osiyodagi islomdan o‘zining mu’tadil shakli va mohiyati bilan tubdan farq qiladi. Ayni paytda, o‘zimizning qadimgi diniy urf-odatlarimiz xam saqlanib qoladi va uzviy qism sifatida yangi din tarkibiga kiradi.

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling