Diniy fanatizm, uning kelib chiqishi, asoslari, mazmuni va shakllari
Download 9.94 Kb.
|
Diniy fanatizm, uning kelib chiqishi, asoslari
Diniy fanatizm, uning kelib chiqishi, asoslari, mazmuni va shakllari91-20-guruh talabasi Tuliyev QurbonboyReja: 1.Diniy fanatizm nima ? 2.Diniy fanatizmning kelib chiqishi 3.Diniy fanatizm shakllariDiniy fanatizm tabiatining tahlilig; «Fanus - fanaticus». Diniy fanatizm tabiatining tahlili eng avvalo uning asoslarini aniqlashni taqozo etadi. Bunga ilohiyot, din psixologiyasi va dinshunoslikda keng foydalaniladigan «diniy tuyg‘ular» tushunchasining mazmunini aniqlash orqali erishish mumkin. Amerikalik faylasuf va psixolog U. Jems diniy tuyg‘ular insonning boshqa tuyg‘ularidan o‘zining g‘ayritabiiy manbai bilan ajralib turadi deb hisoblagan. Bunda u diniy tuyg‘ular deganda insonning diniy tusga ega bo‘lgan qo‘rquv, muhabbat, hayrat, izzat-ikrom, quvonch kabi tuyg'ularini tushungan. Ayni holda bu tuyg‘ular «Xudodan qo’rqish», «Xudoga muhabbat», «Xudo bilan muloqot quvonchi» va hokazolar sifatida amal qiladi. Insonning diniy tuyg‘ulari g'ayritabiiy obyekt mavjudligiga bo‘lgan ishonch bilan sug'orilgan tuyg‘ularni o'zida ifodalaydi. Diniy tuyg‘ularning ijtimoiy roli ayni shu omiS bilan belgilanadi. «Jamiyat mahsuli» sanalgan diniy tuyg‘ulaming paydo boiishi zamirida muayyan ijtimoiy sharoitlar yotadi. Ular xuddi din kabi kishilarga ulaming kundalik hayotida o‘z hukmini o‘tkazuvchi g ‘ayritabiiy kuchlar dunyosining o‘ziga xos in’ikosi hisoblanadi. Insonning diniy tuyg'ulari dunyosi bilan, diniy-mistik dunyoqarash bilan uzviy bogiiq boigan diniy fanatizm dindorlik darajasining ko‘rsatkichi sifatida maydonga chiqadi. Shuni qayd etish lozimki, diniy fanatizmning eng yorqin analogi va ilk obraziga qadimgi shamanizmda duch kelish mumkin. Bugungi kunda g'arbda bilim va ongning noilmiy shakllari falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan o ‘rin olgan.Masalan, ingliz olimi U. Razerfordning «Shamanizm. Magiya asoslari» kitobida shaman harakatlari, uning magik raqslari, ekstaz va trans holatlari tavsifianadi. Gulxan atrofida to'plartgan qabiladoshlar shamanning ruhi uning tanasini go‘yoki tark etib, arshi a’loga sayr qilgan) jo‘nashmi «kuzatadilar». Muallif bunday manzarani Afrika shimoliy qabilalarining ayrimlarida hozir ham kuzatish mumkinligini ta’kidlaydi Magiya mesopotamiya sivilizatsiyasi madaniyatida, daoisizmda. zardushtiylikda, island sagalarida, qadimgi yunon miflarida, polineziyaliklarning qadimiy rivoyatlarida, Akrtikadan Avstraliyaga qad ; cho‘zilgan makonda o‘z izini qoldirgan. Shaman «san’ati», uning tabiblik mahorati va tajribasi mahalliy etnik va geografik sharoitlarga bogiiq. «Shaman» atamasi etimologik jihatdan indoyevropa tillaridagi «bilim» tushunchasiga borib taqaladi: shaman - bu «biladigan odam», Antropologlar shaman «ruhlar hukmdori» degan ma’noni anglatishimi ta’kidlaydilar, dinshunoslar esa shamanizmni g ‘ayritabiiylik g‘oyasi animizm va totemizm bilan bog’laydilar. Shu o ‘rinda ibtidoiy tafakkurga irratsionalizmning magik totemizm va diniy fetishizm kabi shakllari xos ekanligini ham ta’kidlab o ‘tish lozitn. Muhimi shundaki, ijtimoiy ong ijtimoiylashgan sotsial onglaming arifmetik yig'indisi bilan ayniy emas, u transindividual va jamoadir. Ijtimoiy ongning jamoa tabiati oxir-oqibat individ ruhxyatiga bog'liq bo‘lmaydi, balki jamiyat moddiy bazasining ontologik strukturasi bilan belgilanadi, boz ustiga, intellektual omil ijtimoiy ong rivojlanish jarayonining har qanday bosqichida effektiv-emotsional harakatlarda mavjud bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan vengr olimi Y. Sigetining idealistik dunyoqarashga asoslangan «totemizm mafkurasi» ijtimoiy ongning birinchi shakli hisoblanadi degan fikri diqqatga sazovor. U qadimgi jamoalaming o ‘z xayoliy qobiqlarida oqilona o‘zakni yashirgan o‘zligini o‘zida ifodalaydi. Fransuz etnografi va psixologi L. Levi-Biyul ilgari surgan ibtidoiy tafakkurning ilk mantiqiy, assotsiativ xususiyati haqidagi konsepsiya tahlili ibtidoiy odamlar muayyan asoslarga tayangan holda uzil-kesil xulosalar chiqarganlarida mantiqiy fikrlaganlarini ko'rsatadi.Download 9.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling