Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari


partiyasi “Islom lashkarlari”, “Adolat” jamoalarini aytish mumkin


Download 372.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana29.01.2023
Hajmi372.52 Kb.
#1138601
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-topshiriq


partiyasi “Islom lashkarlari”, “Adolat” jamoalarini aytish mumkin.
Endi ikki og’iz so’z “tariqat” tushunchasining ma’nosi haqida.
Agar “tasavvuf” – insonning komil inson darajasiga etishi natijasida
Alloh vasliga musharraf bo’lishi va ruhan Alloh bilan birlashib ketishi
haqidagi ta’limot bo’lsa, “tariqat” – komil inson darajasiga etishini
ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir, ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish


bosqichlarini bosib o’tish va bu maqomatda taraqqiy etish yo’l –
yo’rig’idir.
Tariqatning belgisi uchtadir.
1. Dam (nafas), ya’ni, aytilishi lozim bo’lmagan narsa haqida
so’zlamaslik;
2. Kadam, ya’ni, qilinishi man etilgan ishlarga qadam urmaslik;
3. Karam, ya’ni ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli
ish bilan shug’ullanish, ayni paytda ish bilan shug’ullanayotganda
ham qalb toatini kanda qilmaslik.
Xulosa qilib aytganda tariqat – Alloh bilan birlashib ketishning
sharti bo’lgan komil insonlikka qanday qilib erishishni ko’rsatuvchi
yo’ldir.
Har bir tariqatchi albatta o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni
targ’ib etgan, o’ziga tarafdorlar to’plagan. Tasavvuf o’z ichiga olgan
barcha jihatlarni islom ruhida qayta ishlab, uni shariatga moslashtirgan.
Olimlarimizning takidlashlariga ko’ra yassaviya, naqshbandiya
sunniylik mazhabiga mansub tariqatlar edi. Hazrati Sayyid Bahouddin
Naqshbandning asosiy xizmati tasavvuf va tariqatni sunniy mazhabiga
moslashtirish, uni shialikka xos xossalardan tozalashdan iborat bo’lgan.
Markaziy Osiyoda ana shunday tariqatini, ya’ni yo’lini ishlab
chiqqan va targ’ib etgan tasvvuf tariqatchilari bo’lmish Hoja Ahmad
Yassaviy, Najmiddin Kubro va Sayyid Bahouddin Naqshband tariqatlari
haqida tariximizda ko’plab ma’lumotlar uchraydi.
Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotining paydo bo’lishi
Hamadonda (Eron) 1048 yilda tavallud topgan Hoja Yusuf Hamadoniy
nomi bilan bog’liqdir. Yirik mutasavvuf olim Yusuf Hamadoniy
umrining ikkinsi yarmini Hirot, Marv, Samarqand va Buxoro shaharlarida
o’tkazgan. Marv va Buxoroda honaqo va madrasa qurdirib, ko’plab
o’ogirdlar tayyorlaydi. Uning ana shunday shogirdlaridan biri Ahmad


Yasaviydir. Ayni paytda Ahmad Yassaviy XII asrda Markaziy Osiyoda
paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatlardan birining asoschisi hamdir.
Ahmad Yasaviy 1041 yilda Sayramda (hozirgi chimkent viloyati)
Shayx ibrohim oilasida tug’iladi. Rivoyatlarga ko’ra Yasaviy 63 yoshga
etgach (payg’ambar yoshi – bu yosh) er ostida hujra yasatib “Chilla” ga
kirgan va qolgan umrini toat – ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib,
riyozatlar chekib er ostida o’tkazgan. Bir rivoyatda uning 125 yil,
boshqasida 133 yil umr ko’rgani aytiladi.
Hoja Ahmad Yasaviy tasavvufda Yassaviya tariqatiga asos solgan.
Barcha tariqatlardagi kabi Yassaviya tariqatining ham o’z qoidalari (odob
qoidalari) bo’lgan. Bu tariqat tarafdorlari xususan quyidagi 10 qoidaga
amal qilishlari shar bo’lgan.
Yassvaiya tariqatining barcha aqidalari uning asosiy asari bo’lgan
“Hikmat” da bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi poklik,
halollik, to’g’rilik, mehr – shafqat ,o’z qo’l kuchi peshona teri bilan kun
kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo’lida insonni ham botinan, ham
zohiran har tomonlama takominlashtirish kabi umuminsoniy qadriuatlar
aks ettirilgan.
Hoja Ahmad Yassaviy ham o’z ustozi Yusuf Hamadoniyga
o’xshab mol – dunyoga qiziqmagan, kambag’alparvar va g’aribparvar
bo’lgan.
Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotinig rivojlanishida Horazmlik
buyuk ilohiyotchi olim, shoir va avtanparvar
Shayx Najmiddin
Kubro( Ahmad ibn Umar) alohida o’rin egallaydi.
Shayx Najmiddin Kubro milodiy 1145 yilda Xiva shahrida
dunyoga keladi. Valiylik darajasiga erishgan Ahmad ibn Umarga
zamondoshlari “Najmiddin”, ( din yulduzi) ,“Kubro”(buyuk), Valiytarosh
nomlarini unvon va kunyalarni munosib ko’rishgan.Shayx Najmiddin
Kubro o’z yurtidae etarlicha bilim olgan bo’lishiga qaramay Hijoz va


Eronning boshqa shaharlarida ham bilim olishni davom ettirgan. 1185-
yilda o’z yurtiga qaytgan Najmiddin Kubro o’z tariqatiga asos solgan.
Kubraviya tariqati o’zidan oldingi tariqatlardan o’zining
insonparvarligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari Shayx Najmiddin
Kubro tasavvufda keng fellilik yo’lini tutgan.Shuning uchun ham
Shayxning honaqosida sunniylar bilan birga shia mazhabidagi shogirdlari
ham ta’lim olishgan.
Shayx Najmiddin Kubroning tasavvuf tarixidagi yana bir xizmati
shundan iboratki, u javonmardlik g’oyasini tasavvufga tadbiq
etgan.Natijada mardlik va poklik qahramonlik va fidoiylik axloqiy
yuksaklik va vatanparvarlik so’fiylikning hususiyatlari sifatida o’z aksini
topdi.
Markaziy Osiyo Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida keng tarqalgan,
o’z davriga nisbatan ilg’or oqim bo’lmish Naqshbandiya tariqati Sayyid
Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bog’liqdir.
Bahouddin Naqshband 1318-yilda Buxorodagi Qasri Hinduvon
qishlog’ida tug’iladi. So’ngra bu qishloq uning sharofati bilan “Qasri
Orifon” deb nom oladi.
Bahouddin dastlab uni o’ziga o’g’il qilib olgan Hoji Muhammad
Boboyi Sammosiy qo’lida , keyinchalik esa uning shogirdi yirik
mutasavvvuf olim Sayyid Amir Kulol qo’lida ta’lim oladi.
Manbalarda aytilishicha, Hoja Bahouddining sharif nasablari ota
tomonidan Hazrat Aliga, ona tomonidan esa Abu Bakr Siddiqqa borib
taqaladi.
Hazrat Bahouddin o’ztariqatlari mohiyatini shunday tushuntirib
beradi: Bizning tariqatimiz mustahkam tutqich, ya’ni Hazrat Rasul
salollohu alayhi vassallam mutoibatlari etagidan tutmoq va sahobai kirom
me’rosiga erishmoqdir.


Naqshbandiya tariqatining mohiyati quyidagi shiorda o’z aksini
topgan: “Dil ba yoru, dast ba kor”, ya’ni “Qo’ling ishda, diling ollohda”
bo’lsin. Bu bilan Sayyid Muhammad Bahouddin hammani mehnat
qilishga chaqiradi.O’zlari ham umr bo’yi dehqonchilik bilan kun
kechirgan.
Hazrat sohibqiron Amir Temurdek ulug’ zot ham Naqshbandiya
tariqatiga amal qilgan.Bahouddin Naqshbandga Abdurahmon Jomiy va
Alisher Navoiylar ham juda katta ihlos bilan qaraganlar Ular ham
“Naqshbandiya” tariqatida bo’lganlar.
Xulosa qilib aytganda Naqshbandiya tariqati tasavvufning
rivojlanishida , uning keng tarqalishi va hayotga tadbiq etilishida muhim
o’rin tutgan.
Qur’onda faqat
aqida, afsona va rivoyatlargina emas islom
huquqshunosligiga xos ma’lumotlar ham uchraydi. Islomshunos olim M.
I. Sadagdarning fikricha Qur’onda 150 ga yaqin umumiy va 100 tagacha
aniq, ravshan huquqiy tusga ega bo’lgan ko’rsatma va yo’l – yo’riqlar
mavjuddir.
Keyinroq esa, ya’ni arab istilolari (632 - 751 yy) davrida
Qur’ondan zamonning ko’p talablariga javob topish qiyinlashdi. Arab
istilochilari hayotida hali paydo bo’lmagan diniy jamoa va davlat, din va
siyosiy, diniy qonun – qoidara va davlat huquqi orasidagi aniq farqlarni
islom nuqtai nazaridan talqin etish ehtiyojlari yuzaga kelgan.
VII – IX asrlarda din, shariat qonun – qoidalarini biluvchi kasb
egalari – ilohiyotchi huquqshunoslar – fiqhga asos solingan. Fiqh
musulmon huquqshunosligi sifatida shariatning tarkibiy qismini tashkil
etardi. Ingliz islomshunosi Makdonaldning ta’biricha fiqh arab tilida
avval – “umuman bilish”, so’ngra shariatni bilish, keyinroq esa – huquqiy
bilimdonlik ma’nosida talqin etilgan. Bora – bora faqih deganda
“umuman donishmand”, “din bo’yicha mutahassis”, “huquq sohasida


maslahatchi” va “kazuist” (bilimdon yurist) degan ma’no chiqadi.
Shuning uchun faqih qonunshunos – ilohiyotchi demakdir.
Fiqh
ilohiyotning bir sohasi sifatida musulmon huquqshunosligida, shariat
qonun – qoidalarini ishlab chiqishda, islom tarixida muhim o’rin
egallagan. O’rta asrlarda fiqh qoidalari oila, maktab va madrasada asosiy
darsga, ulamolar tortishuvida asosiy mavzuga aylangan. Fiqh musulmon
sud jarayoni, qozi va muftiylar faoliyatining asosiga aylangan. O’rta
asrlarda fiqh asoslarining nozik tomonlarini biluvchilar, yirik musulmon
faqihlari, ilohiyotchilari – mujtahidlar yuzaga kelgan. Masalan
Samarqand Shayx ul – islomi, mashhur qonunshunos va ilohiyotchi
ibrohim as – Samarqandiy o’zining “Fiqh hazinasi”, “Qur’on tafsiri” kabi
asralari bilan islom olamida mashhur edi.
Mujtahid – o’rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan,
ya’ni mustaqil hukm chiqara oladigan shaxsdir. Sunniylikda diniy –
huquqiy mazhablarning asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar
va diniy huquqshunoslar mujtahidlar deb ataladi. Shahristiniyning
ta’kidlashicha, mujtahidlar uch darajaga – oliy, o’rta, quyi darajalarga
bo’lingan.
Oliy darajadagi mujtahidlarga islomning ilhiyot va huquqiy
asoslari sifatida hukm chiqarishga qodir din arboblari kiritilgan. Bularga
sahobalar va ularga ergashgan tobe’iylar hamda u mazhablarni asoslagan
imomlar – shariat manbalari sohasida ijtihod qiluvchilar kirgizilgan.
O’rta darajadagi mujtahidlar ham mashhur. Lekin ular faqat shariat
sohalarida fikr yuritib hukm chiqaruvchi edilar. Bular mazhab
asoschilarining shogirdi sifatida ular ishining davomchilari faqihlardir.
Quyi darajadagi mujtahidlarga esa shariatga amal qilib ish
yurituvchi faqihlar kiritilardi. Ular 1- va 2- darajali mujtahidlarga
tayangan holda ish yuritadilar.



Download 372.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling