Dinlararo bag’rikenglik va totuvlik jamiyat barqaror rivojining kafolati. QarDu o’qituvchisi B. Karimov
Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi
Download 127.44 Kb.
|
maqola 2018 !!
Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi
QarDU o’qituvchisi B.Karimov Yurtimizda yashab faoliyat ko’rsatayotgan turli din vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo’l ochildi. Yosh davlatimiz din ma’naviy-madaniy hayotning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning dinga bo’lgan yangicha munosabatni "dunyoviylik –dahriylik emas" degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi. Mazkur qonunning maqsadi “har bir shaxsning erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat “1 Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub tashkilotlar o’rtasida o’zaro hurmat va bag’rikenglik muhiti o’rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O’tgan 26 yil mobaynida bu yo’nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag’rikenglikning muhim omillaridan biri bo’lgan millatlararo va dinlararo totuvlik to’la ta’minlandi. Bugun mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2000 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda, Toshkent islom universitet, 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurti ishlab turibdi. Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri xalqimizning diniy e’tiqodiga zid bo’lgan zararli oqimlarning yurtimizga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo’tadil islomni yot g’oyalar ta’siridan saqlashdan iborat. Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik ta’minlanishini belgilaydigan sohalar juda ko’p. Ta’lim-tarbiya sohasi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog’liqdir. Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik, eng avvalo, boy tarixiy-ma’naviy meros, milliy qadriyat, urf-odat va an’analar asosida milliy o’zligini anglagan, milliy g’urur-iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan barkamol avlodni tarbiyalashni ko’zda tutadi. 2007 yil 11 oktabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida tinchlik yo'lida dinlararo va madaniyatlararo o'zaro tushunish hamda hamkorlikni qo'llab-quvvatlash yuzasidan BMT Bosh assambleyasining yuqori darajadagi muloqoti doirasida “Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi” mavzuiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi. Anjuman qatnashchilari e'tibori jamiyatda dinlararo va madaniyatlararo totuvlik, bag'rikenglik va sabr-toqat, ezgulik va mehribonlik kabi fazilatlarni mustahkamlash bo'yicha O'zbekiston olib borayotgan davlat siyosatining asosiy ustuvor jihatlari va tamoyillari haqidagi ma'lumotlarga qaratildi. Respublika rahbariyati mamlakat mustaqilligining ilk kunlaridanoq dinlararo va madaniyatlararo totuvlik masalasini davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olgani ta'kidlandi. Ana shunday yondoshuv tufayli O'zbekiston jamiyati bugun madaniy xilma-xillik va bag'rikenglikning noyob namunasi hisoblanadi. Tinchlik va totuvlik, fuqarolar hamjihatligi, diniy sabr-toqat, jamiyat hayotida turli madaniyatlar vakillarining teng huquqli ishtiroki – zamonaviy O'zbekistonning ajralib turadigan o'ziga xos jihatlaridir. Mustaqillik yillarida shakllangan milliy siyosat asosida aynan ana shunday tamoyillar mujassam. Shuningdek, AQSh akademik va ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari o'z ma'ruzalarida Buyuk Ipak yo'lida joylashgan O'zbekiston ko'p asrlar davomida Sharq va G'arbni bir-biriga bog'lovchi ko'prik bo'lib xizmat qilgani xususida atroflicha fikr bildirishdi. O'zbek xalqining Ibn Sino, Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Al-Farg'oniy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek, Abduholiq G'ijduvoniy kabi butun dunyoga mashhur vakillari nafaqat jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga, balki sivilizasiyalararo muloqot va jahon xalqlari o'rtasida o'zaro tushunish kayfiyatlarini mustahkamlashga muhim hissa qo'shganlar. Amerikadagi Ratgers hamda Fordxam universitetlarining professori, “Global Scholarly Publications” xalqaro tashkiloti direktori, dinshunos olim va sharqshunos P.Morvidj o'z ma'ruzasida O'zbekiston hududida turli diniy va madaniy an'analarning bir-biriga uyg'un ravishdagi tinch-totuv hayotining ko'p asrlik tarixini aniq misollar asosida ochib berdi. U “Ko'hna O'zbekiston zamini jahon sivilizasiyasining beshiklaridan bir”, deb ta'kidladi. Shuningdek, “Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida joylashgan bu hududda noyob madaniy-diniy uyg'unlik yuz bergan. Zamonaviy O'zbekiston hududida bu an'ananing rivojlanishi davom etmoqda”, deya qayd etdi u. Amerikalik olim respublika rahbariyatining mamlakatda dinlararo va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi siyosatini yuksak baholadi. Shuningdek 2017 yil sentyabr oyida bo’lib o’tgan BMTning 72-sessiyasida Mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev “sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman. Ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan”2 deb aytgan gaplari ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Xulosa shuki, tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi. Download 127.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling