Dinlari tarixi
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paulo Koelo MA’LUMOT UCHUN
- To‘rtinchidan
- MUTAASSIBLIK ILDIZLARI
- MA’LUMOT UCHUN
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Xalqaro terrorizm muammosi. 2. Mutaassiblik ildizlari. 3. Zamonaviy mutaassib oqimlar va ularning maqsadlari, mafkura- viy tizimi. Inson ixtiro qilgan vayron- kor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda. Paulo Koelo MA’LUMOT UCHUN 2017-yil Misrning Shimoliy Sinay yarim orolidagi So‘fiy masjidida amalga oshirilgan dahshatli teraktda 128 kishi yaralandi, 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi, shundan 27 nafari bolalar edi. 44 ga oshiriladi, ularda minglab insonlar halok bo‘lmoqda va mayib-majruhga aylanmoqda. Uchinchidan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida alohida bir yirik davlat yoki yuksak taraqqiy etgan davlatlar guruhining sa’y-harakatlari yetarli emas. Keskin global muammoga aylangan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda dunyo hamjamiyati, ko‘plab davlatlar va xalqlarning kuchlarini birlashti- rish talab etiladi. To‘rtinchidan, xalqaro terrorizm fenome- ni va bugungi kunning boshqa global muam- molari o‘rtasidagi bog‘liqlik tobora aniq va ravshan ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois, ho- zirgi vaqtda xalqaro terrorizm muammosi umuminsoniy, global muammolar komplek- sida muhim element sifatida ko‘rilishi lozim. U rivojlangan «mehnat bozori» va yirik ka- pitalga ega, global miqyosdagi o‘ta foydali «biznesga» aylandi. Bunday «yaxshi yo‘lga qo‘yilgan terror tizimini» faqatgina tizimli va kompleks yondashuv asosida, dunyoda- gi barcha aksilekstremistik va aksilterrorchi kuchlarni birlashtirib, xalqaro hamkorlik asosida bartaraf qilish mumkin. MUTAASSIBLIK ILDIZLARI Mutaassiblik ildizlari o‘rta asrlarga borib taqaladi. Islomdagi ilk oqim Xalifa Ali ibn Abu Tolib (r.a.) bilan umaviylar o‘rtasidagi kurash davomida 657-yilda vujudga kelgan. Hokimiyat uchun kurashda Ali ibn Abu Tolib Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) ta- MA’LUMOT UCHUN 2004-yil 1-sentabr kuni Shimoliy Osetiyaning Bes- lan shahrida qurollangan terrorchi guruh 1-maktab o‘quvchilari, ota-onalar va o‘qi tuvchilarni garovga ol- dilar. Ikki kun ichida 1128 kishidan 314 nafari halok bo‘ldi. Ulardan 186 nafari bolalar edi. 45 rafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol xalifa Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi Alini kelishuvchilik- da ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham qarshi kurash boshlagan. Ular tarixda xorijiylar deb nom qoldirgan. Xorijiylar o‘zlari- ning siyosiy raqiblariga nisbatan o‘ta murosasiz bo‘lish- gan. Katta gunoh (kabira) qilgan musulmonlarni kofir- ga chiqarib, ularga qarshi qurolli jihod olib borganlar. Keyinchalik xorijiylar bir necha guruhlarga bo‘linib ket- gan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda xori- jiylarga qarshi keskin kurash olib borganlar. Xorijiylar xalifalikdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonlarda qatnashganlar. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling