Dinlarning kelib chiqishi va rivojlanishi
II.BOB. JAHON DINLARI VA ULARNING O’ZARO MUNOSABATLARI
Download 84.25 Kb.
|
Saida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Dinlarning o’zaro munosabatlari va muammolari
II.BOB. JAHON DINLARI VA ULARNING O’ZARO MUNOSABATLARI
2.1 Islom, xristian, buddizm dinlarining o’ziga xos xususiyatlari Dunyodagi barcha dinlar mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: din dunyoga qarashda muqaddas narsalarga hurmat-izzatva qo‘rquv ehtiroslarini paydo qiluvchi ma’lum ramzlar yig‘indisining mavjud bo‘lishini talab qiladi. Bu ramzlar dindorlar jamoasi o‘tkazadigan diniy marosimlar va urf-odatlar (masalan, cherkovlardagi o‘tkaziladigan marosimlar)da ishtirok etadilar. Bundagi har bir guruh o‘ziga xos e’tiborni talab qiladi, lekin shunga qaramay, diniy e’tiqodlarda xudo qo‘rquv, dahshat yoki ehtiromlar tug‘diruvchi mavjudot sifatida ishtirok etishi aytiladi. Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi jihatlarini quidagilarda kuzatish mumkin Xristianlik dinida cho‘qintirishish, islom dinida xatna qilish ibodat qilish, hamdu sano aytish ma’lum ovqatlarni iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish hazrati oliy Xudo sharafiga uni tinchlantirish maqsadida sham yoqish Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyati an’anaviy jamiyatlar hayotida quidagilarda yanada yaqqolroq ko‘rinadi musiqa naqqoshlik badiiy adabiyot xalq og‘zaki ijodi raqs san’ati o‘ymakorlik san’ati memorchilik Din so’zining etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u lotin tilidan tarjima qilinganda o’zbek tilida “birlashish, aloqa” degan ma'noni anglatadi. Din global birlashish va integratsiya sharoitida o'ziga xos xususiyatlarini nafaqat tashqi ko'rinishdagi, balki diniy faoliyatning ichki sohalarida, diniy ongda saqlab qolishga intiladi. Jahon dinlari doktrinasida dindorlarni dunyo hamjamiyati faoliyatini birlashtirishga yo'naltiradigan qoidalar mavjud. Masalan, (Buddizm, Xristianlik, Islom) millati va jug'rofiy joylashuvidan qat'i nazar, barcha odamlar uchun umumiy din hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchlar fikricha, globallashuv dinning mavjudligiga tahdid solib, dunyoda shakllangan din bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni yo'q qiladi. Dinlar missionerlik va prozelitizm g'oyalaridan foydalanib global miqyosda yanada keng yoyilmoqda. Bu jarayonda u zamonaviy axborot imkoniyatlaridan foydalanib, diniy me'yorlar va globallashuv xususiyatlarining sinkretizmini amalga oshirib, o'z dinini yangi usullar (ommaviy axborot vositalari, Internet manbalari) va ilgari an'anaviy bo'lmagan hududlarda tarqata boshladi. Bu holat butun dunyoda tarqalgan Xristianlik va Islom dinlarida yaqqol namoyon bo’ladi. XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-ozodlik harakatining avj olishi – bularning hammasi qo‘shilib, islomning jamiyatdagi tutgan o‘rniga qarashlarda ham, ijtimoiy hayotning yangi voqeliklarini islomning o‘zi tomonidan asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi. Islom diniga e’tiqod qiluvchlarning ayrimlari globallashuvni butunlay g'arblashtirish deb biladi. G'arblashtirishga qarshi turib, Islom o'zining diniy an'analari va madaniy asoslariga tayangan globallashuvning o'ziga xos modelini izlashni taklif etadi. Islom ochiqlik, erkin kengayish imkoniyati, o'zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashish, shuningdek, qat'iy markazchilik, ierarxiyalar va qarorlarni qabul qilishning murakkab mexanizmlari yo'qligi bilan ajralib turadigan konfessial tarmoq sifatida globallashuv davrida juda yaxshi rivojlanish istiqbollariga ega. Katoliklikning o‘ziga xos xususiyatlari: – nikohning qat’iy hisoblanishi (katoliklik aqidasiga binoan nikoh osmonda tuziladi va yerdagilar uni buzish huquqiga ega emaslar); – Bibi Maryamning xudodan gunohlarni so‘rab beruvchi sifatlarining ko‘proq e’zozlanishi; – marosimlarning teatrlashtirilgan tarzda, dabdabali, kishilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir etadigan darajada o‘tkazilishi, marosim chog‘ida qo‘shiq bilan birga organ musiqasidan ham foydalanilishi; – ibodatxonalarning rasm va haykallar bilan bezatilishi, avliyolar va jafokashlarning ibodatlarini ifoda etuvchi turli muqaddas yodgorliklarning e’zozlanishi. 756-yilda Franklar davlati qiroli Pipen Pakana Rim viloyatini Papaga hadya etdi. Shu vaqtdan boshlab u Papa viloyati deb atala boshladi. Yer hadya etilishi Papa dunyoviy hokimiyatining ham yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
1870-yilda Italiya inqilobi Papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum etdi. Shu yili Rim shahrining Vatikan deb ataluvchi qismi Papaning qarargohi etib belgilandi. Vatikan hududida turli saroylar va ibodatxonalar, shuningdek, mashhur Pyotr sobori, ya’ni katolik olamining bosh cherkovi joylashgan. Vatikan jami katolik cherkovlari markazlari bo‘lib, Rim Papasi ana shu yerdan turib rahbarlik qiladi. Buddizm yoki Buddaviylik dharmik din hamda falsafiy oqimdir. U shuningdek Budda Dharma (sanskrit tilida "Uyg‘onganning ta’limoti") deb ham ataladi. Buddizmga mil. avv. V asrda Siddharta Gautama tomonidan asos solingan; keyinchalik Gautamani "Budda" ismi bilan atay boshlashgan. Buddizm asoschisining shaxsi Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Taʼlimoti Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.
Buddizm - bu boshqalardan farq qiluvchi din. Buddistlar xudolarga ishonishmaydi. Ular yaxshilikka va o'limdan so'ng hayot borligiga ishonadilar. Keyingi hayotda yaxshiroq yashash uchun, to'g'ri yashash kerak. Bu karma tuzilishiga ta'sir qiladi. Yomon hayot keyingi hayotda yomon karmani hosil qiladi. "Buddizm" so’zi hind tilidagi "budhi" so'zidan kelib chiqqan. Bu donolikni anglatadi. O'z navbatida, Budda - "Shaxzoda". Bu shaxs inson qalbining istaklarini bilishga muvaffaq bo'lgan eng dono odam sifatida tasvirlangan. Buddist rohiblar hech qanday sharoitda o’zlari ovqat tayyorlashmaydi. Ular ovqatni sadaqa sifatida so'rashlari kerak. Bu mashhur diniy ta'limotlari haqida imkon qadar ko'proq ma'lumot tarqatish uchun qilinishi kerak. Buddizm, har bir insonning hayoti turli hodisalarga to'la, deb ta’kidlaydi. Barchamiz ertami-kechmi turli sinovlarni yengib chiqamiz. Bu azoblarda odamning o’zi aybdor. Qalbimiz badanimizdan yuqoriga ko'tariladimi yoki yo'qmi – bu faqatgina o'zimizga bog'liq. Shuning uchun hamjihatlikni ta'minlash muhimdir. Zero, faqat ruh abadiydir va qilingan barcha gunohlar kechirilishi mumkin. Diniy ta'lim jang san'atlarini rivojlantirishga yordam beradi. Butun dunyodagi din izdoshlari qo'l bilan kurashish sharafini yoymoqda. Bu tanani nazorat qilish texnikasi butun dunyoga mashhur. Buddistlarda ibodatxonaga borishning muayyan vaqti yo’q. Ular imkonlari bor vaqtda ibodatxonaga tashrif buyurishadi. Ayol-rohiblarga ushbu lavozimni egallashga ruxsat berilgan, ammo ular huquqlari biroz cheklangan. Ayol-rohiblarga erkak-monaxlarning gaplarini ikki qilish taqiqlangan, ammo monaxlarga bunday qilish mumkin. Mahatma Budh, hind tilidagi "Buyuk Qalb" degan ma'noni anglatadi, - buddizm diniy ta'limotining asoschisi hisoblanadi. Bu xudo emas, bu keksa, bemor va jasad bilan to'qnashganda juda qo'rqib ketgan haqiqiy odam. Va shundan keyin u uyidan qochib, inson hayoti haqida fikr yuritishni boshlagan. 2.2. Dinlarning o’zaro munosabatlari va muammolari Download 84.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling