Dinning ibtidoiy shakllari
Qadimgi din shakllaridan Fetishizm
Download 37.21 Kb.
|
DINNING IBTIDOIY SHAKLLARI
Qadimgi din shakllaridan Fetishizm. Har qanday narsa va buyumlar- toshlar, yog’ochlar, daraxtlar hoh tabiiy bo’lsin, hoh insonlar mehnati orqali yaratilgan bo’lsin,
Fetish sifatida ko’rinishi mumkin. Ko’zmunchoqlar, tumorlar va boshqa shu qabilarni taqib yurish odatlari deyarli Markaziy Osiyo hamma xalqlari orasida hozirda ham uchrab turadi. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim hollarda tumorlar, ko’zmunchoqlar, muqaddas yozuvlar diniy xizmatlar bilan bir qatorda estetik jihatdan ham muayyan vazifalarni bajarganlar. Shuningdek, ular mahalliy xalqlarning ayrim tarixiy madaniy an’analarini ham ifoda etadi. Animatizm diniy tasavvurlarning o’zgarib borishi va rivojlanishi nuqtai nazardan fetishizmga nisbatan yuqori bosqichdir. Hozirga qadar bizning so’z boyliklarimizda animatizmga xos bo’lgan qarashlar bilan bog’liq bo’lgan so’z birikmalari uchraydi. Bunga «yomg’ir kelyapti», «quyosh chiqayapti» kabilar misol bo’ladi. Shundan so’ng narsa va butun mavjudotlarni «ikkilantirish», ya’ni ularning inson ko’ziga ko’rinmaydigan «joni», «ruhi» mavjudligi haqida dualistik tasavvur shakllana bordi. Bunday qarashlarni ingliz tarixchisi - elshunos E.Taylor animizm - tabiatdagi narsa va hodisalarni boshqarib boradigan jon va ruhlarning haqiqiy mavjudligiga ishonch deb ataydi. Inson vafotidan so’ng uning ruhi yashashi haqidagi qarash ham animistik qarashdir. Sharq xalqlarining qadimgi diniy qarashlarida samoviy jismlarga, hodisalarga itoat qilishlar ham keng o’rin olgan. Bu borada yulduzlar harakatiga keng o’rin berilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining osmon xudosi bo’lgan «Tangri»ga ishonishi, samoviy jism va hodisalarning muqaddaslashtirishlar bilan bog’liq qadimgi bir qancha diniy tasavvurlarning o’zaro uyg’unlashuvining natijasidir. Ko’pgina turkiy xalqlarda Tangri xudo sifatida osmonga, erga, oyga nisbatan ham qo’llanilgan. Bu vaziyat osmon, er suv, tog’ xudolarini hali bir-biridan ajratilmaganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlari orasida ajdodlarga, ularning ruhlariga sig’inishlar, ulardan madadlar kutishlar, er, inson salomatligi uchun foydali bo’lgan chashma vbuloqlarni muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog’liq qurbonliklar qilish uchrab turadi. Tog’ balandliklari, dovonlari, so’qmoqlari bilan bog’liq ruhlar eng kuchli va qudratli ruhlar hisoblangan. Ular sharafiga bag’ishlangan tosh buyumlari, muqaddas tepaliklar, sun’iy to’siqlar, ayrim hollarda esa xom g’ishtlardan qurilgan gumbaz tom bilan yopilgan maxsus inshoatlar barpo qilingan. Odatda bular atrofiga tog’ echkisi va qo’ylarning shohlari terib qo’yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam junlar, lattalar, paxtalar va yovvoyi qo’toslarning dumlari osib qo’yilgan. Hozirda ham bunday muqaddas joylarda, garchi hech kim dafn qilinmagan bo’lsa ham, mozorlar deb ataladi. Bular islom bilan bog’liq marosimchilik, toat-ibodatlarning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Dinning qadimiy shakllariga ona xudo (Onaxit) bilan bog’liq tasavvurlar ham kiradi. Ona xudo hosildorlikning mo’l-ko’lchilikning ramziy ifodasi, oila o’chog’ini, yangi yosh avlodning homiysi ham hisoblangan. O’zbeklardagi Anbar ona, qirg’izlardagi Umay enelar shular jumlasiga mansubdir. Download 37.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling