Dinshunoslik faniga kirish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
DINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiyasi
- PROZELITIZM • Grek. “ prosehtos
- Eski Ahd
Hanbaliya
Asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855). Hanbaliy mazhabida Qur'on, sunnat, ijmo va sahobalarning gaplari asosiy o'rin egallaydi. Zarurat bo'lmaganda, qiyosdan foydalanmaydi. Hadislar va sahobalar so'zini qiyosdan ustun qo'yadi.Hadis ilmi bo'yicha «al-Musnad» asari juda mashhur. Bu kitobda 40000 atrofida hadis jamlangan bo'lib, asar hanbaliy mazhabining asosiy qarashlarini ifoda etadi. Geografiyasi: Saudiya Arabistoni, Qatarda rasmiy mazhab, Falastin, Suriya,Iroq va b. joylarda o'z izdoshlariga ega.egа. Mazhabsizlik Bugungi kunda mazhablarni inkor qilish holatlari uchrab turibdi. Bu g'oya 12 asrdan ortiq vaqt mobaynida yashagan minglab ulamolarning ilmlari va meroslarini bekorga chiqaradi, musulmonlar birligiga xavf soladi. Mazhabsizlik g'oyasini ilgari surayotgan soxta salafiylar fikricha, shariat ahkomlarini to'g'ridan-to'g'ri amalga tadbiq etishi, har bir kishi Qur'ondan yoki hadisdan hukm olishi, har bir odam o'zi fatvo berishi mumkin. Ularning g'oyasiga amal qilib, barcha Qur'on va hadisdan hukm olishga o'tsa, jamiyatdagi sohalar izdan chiqib ketadi. MISSIONERLIK VA PROZELITIZM: TARIX VA BUGUN MISSIONERLIK • Missionerlik - lotincha “missio” fe’lidan olingan so‘z bo‘lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma'nolarni anglatadi • Missioner – biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson. -24- “World Book” ensiklopediyasi • Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o‘z e'tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati. Rossiyalik tadqiqotchilari • Missionerlik – bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi. PROZELITIZM • Grek. “prosehtos” – “yangi e'tiqodni qabul qilgan odam” deb tarjima qilinadi • Prozelitizm - to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi • Prozelit (proselitos) atamasi Bibliyaning Eski Ahd qismida uzoq vaqt xorijiy yurtda yashagan odamga nisbatan ishlatilgan. Yangi Ahdda esa prozelit sifatida millati yahudiy bo‘lmagan, lekin yahudiylik dinini qabul qilganlar e'tirof etilgan (“Havoriylar faoliyati”, 2:11, 6:5, 13:43). • Prozelitizm atamasi XVII asrda fransuz tilida paydo bo‘lib, bir odamning ikkinchi odamga hiyla, nayrang bilan ta'sir o‘tkazishini anglatuvchi salbiy ma'no kasb etdi. Dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian missionerlari tashkil etadi • Dastlabki xalqaro xristian missiyalari, 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida paydo bo‘lgan edi • Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega missiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda • Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. • Tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi • Missiyani moddiy-moliyaviy ta’minlashda ishlab chiqarish tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko‘ngilli homiylarni topishda missionerlik bazalarining ahamiyati beqiyosdir Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling