Dinshunoslik
O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar
Download 0.55 Mb.
|
Dinshunoslik
4. O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar. Tarix shuni ko‘rsatadiki, chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar boshidan kechirayotgan jamiyatda rivojlanishning «yagona to‘g‘ri yo‘li»ni, agar jamiyatdagi vaziyat salbiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, «yagona najot yo‘li»ni bilishga da’vo qiluvchi turli diniy jamoalar yoki sektalar vujudga kelishi kuzatiladi. O‘zbekistonda ham 1990-yillarning boshida muayyan darajada xarizma va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayrim «yangi dindorlar» o‘z g‘oyalarini boshqalarga ham targ‘ib qila boshladilar. Oqibatda respublikada bir necha norasmiy diniy jamoalar shakllandi. Ularning a’zolari orasida maxsus diniy ma’lumotga ega shaxslar deyarli uchramaydi.
Norasmiy diniy jamoalar ilgari surayotgan diniy-g‘oyaviy qarashlarning aksariyati sof diniy xarakterga ega bo‘lib, «xalifalik qurish» kabi diniy-siyosiy maqsadlarga qaratilmasada, aqidaviy jihatdan hanafiylik mazhabi ta’limotiga mutlaqo zid g‘oyalarni targ‘ib etish va o‘zlariga ergashmagan musulmonlar va boshqa din vakillariga o‘ta keskin munosabat bildiriladi. Jamoa ichida ayrim holatlarda fuqarolarning qadr-qimmatini kamsituvchi tartiblar joriy qilingan va jamiyatga salbiy munosabatlar shakllantirilgan. Oqibatda jamoa a’zolarining jamiyat va ijtimoiy aloqalarning uzilib qolishi, ular va boshqa fuqarolar orasida o‘zaro mojarolar kelib chiqishi, ayrim adeptlarning oilalari barbod bo‘lishi kabi ijtimoiy illatlar kuzatilmoqda. Jamoa rahbarlari esa o‘z tarafdorlarini shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish holatlari aniqlangan. Hozirgi kunda respublikada faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalar qatoriga «Ma’rifatchilar», «Shohidiylar» va «Baxshillochilar»ni kiritish mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling