Диплом ишлари, диссертация ҳимоялари корхона
Download 297.78 Kb. Pdf ko'rish
|
PowerPoint тақдимот дастури. Слайдлар ва тақдимотлар.
POWERPOINT ТАҚДИМОТ ДАСТУРИ. СЛАЙДЛАР ВА ТАҚДИМОТЛАР. Диплом ишлари, диссертация ҳимоялари корхона, ташкилот, таълим муассасалари тақдимотлари презентация дастурлари ёрдамида намойиш этилади. Бундан ташқари телевизиорда намойиш қилинадиган турли реклама роликлари, кўрсатувларда ҳам Power Point анимация эффектларидан фойдаланилади. Power Point taqdimot yaratishga mo`ljallangan dastur bo`lib, Microsoft O ce paketi tarkibidagi dastur hisoblanadi. Power Pointda yaratilgan fayl ppt kengaytmali fayl hisoblanadi. Taqdimot (Prezentatsiya) – bu slaydlar ketma-ketligi. Slayd – bu o`zida matn, gra k, rasm, jadval, ovoz va boshqa animatsiya samaralarini mujassam etgan taqdimot varag`i. (https://elib.buxdu.uz) ADABIYOTLAR 622452 TA VIDEODARS 982 TA AUDIOKITOB 2205 TA Power Point dasturi odatda Пуск-Программы-Microsoft O ce-Microsoft Power Point menyular ketma-ketligi orqali ishga tushiriladi. Natijada quyidagi Power Point oynasi hosil bo`ladi. Power Point oynasining asosiy elementlari quyidagilar: 1. Sarlavha satri. Bu satrda sistemali menyu tugmasi, dastur va fayl nomi hamda oynani boshqarish tugmalari o`rin olgan. 2. Menyu satri. Sarlavha satridan keyin menyu qatori joylashib, unda dasturda foydalanish mumkin bo`lgan barcha buyruqlar keltirilgan. Power Point dasturi menyulari quyidagilar: Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Показ слайдов, Окно ва Справка. 3. Asboblar paneli. Keyingi qatorlarda Uskunalar paneli joylashgan. Bu panellarda eng ko`p ishlatiladigan buyruqlar piktogrammalar shaklida joylashtirilgan. 4. Ishchi soha. Bu ish ob'ekti hisoblanib, slaydni hosil qiladi. 5. Holatlar satri. Bu satrda bajarilayotgan ishlar to`g`risida ma'lumotlar berib borilishi bilan birga ba'zi tugmalar holati aks etadi. Power Point dasturida taqdimot yaratish Power Point dasturida taqdimot yaratish jarayoni shartli ravishda ikki bosqichga bo`linadi: 1. Taqdimotni loyihalashtirish va ma`lumotlarni kiritish; 2. Taqdimot va slaydlar animatsiya samaralarini hosil qilish. Yangi taqdimot yaratishdan oldin yaratmoqchi bo`lgan taqdimot va slaydlarimizning tuzilishini ko`z oldimizga keltirishimiz lozim. Bu taqdimot yaratishda juda muhimdir. Loyihalashtirish va ma`lumotlarni kiritish bosqichida dastlab albatta bitta yangi bo`sh taqdimot hosil qilish lozim. Power Point dasturini ishga tushirganda odatda 1 ta bo`sh slayddan tashkil topgan yangi taqdimot hosil bo`ladi. Agar bunday bo`lmasa, Файл menyusining Создать buyrug`i bosiladi. Natijada quyidagi yangi fayl yaratish paneli hosil bo`ladi: Bu paneldan Новая презентация buyrug`i tanlanadi. Shundan so`ng ekranda yangi bo`sh slayd hosil bo`ladi. O`ng tomonda esa Slayd maketlari (Разметка слайда) paneli paydo bo`ladi: Bu panelda 20 dan ortiq turli xil maket ko`rinishlari joylashgan. Maketlar har xil ob`ektlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, 1 ta slayd matn va rasm, matn va gra k, matn va rasm, matn, jadval va animatsiyali ob`ekt va hokazolardan tashkil topishi mumkin. Umuman olganda slaydga matn, rasm (kartina) gra klardan tashqari turli xil ob`ektlar, masalan, jadval, diagrammalarning turli ko`rinishlari, surat, animatsiyali ob`ektlar, audio va video ma`lumotlar va boshqa ma`lumotlarni joylashtirish mumkin. Har doim Вставка menyusining Создать слайд buyrug`i orqali taqdimotga yangi bo`sh slayd qo`shish mumkin. Slayd maketlari panelidan joriy slaydning umumiy maketini o`zgartirishimiz mumkin. Buning uchun kerakli slayd tanlanib, Slayd maketlari panelidan kerakli ko`rinishdagi maket tanlanadi. Hosil qilingan bo`sh slayd ma`lumotlar bilan to`ldiriladi. Buning uchun namunaviy yozuv maydonchasi ustida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada namunaviy yozuv yo`qolib, uning o`rnida ma`lumot yozish uchun kursor paydo bo`ladi. Kerakli ma`lumot kiritilib Enter tugmasi bosiladi. Boshqa ma`lumotlar ham kiritilib bo`lingandan so`ng slaydga biror rangdagi fon berish ham mumkin. Buning uchun Формат menyusining Фон buyrug`i bosiladi. Shu tariqa boshqa slaydlar ham yaratib chiqiladi. Shuni ta`kidlash kerakki, barcha slaydlarga birdaniga fon berish ham mumkin. Buning uchun Фон buyrug`i orqali ochilgan oynadan rang tanlangach, Применить buyrug`ini emas, Применить ко всем buyrug`ini bosish lozim. Slaydlarga bunday fon berish o`rniga tayyor rang va bezakli shablonlarni qo`llash ham mumkin. Buning uchun Формат menyusining Оформление слайда buyrug`i bosiladi. Natijada ekranning o`ng tomonida Шаблоны оформления paneli ochiladi. Bu yerda fon uchun turli tayyor bezakdagi shablonlar mavjud. Ularning ixtiyoriysi tanlanganda shablon avtomatik ravishda slaydlarga qo`llaniladi. Анимациялар ҳосил қилиш. Taqdimot loyihalashtirib bo`lingandan so`ng taqdimot yaratishning 2-bosqichi, ya`ni animatsiya samaralarini (e ektlarini) hosil qilish bosqichiga o`tiladi. Animatsiya samaralari Показ слайдов menyusining buyruqlari orqali hosil qilinadi. Показ слайдов menyusi buyruqlari va ularning vazifalari quyidagilar: Эффекты анимации buyrug`i orqali slaydlarga tayyor formatdagi animatsiya samaralarini qo`llash mumkin. Buning uchun Эффекты анимации buyrug`i orqali ochilgan o`ng tomondagi Эффекты анимации panelidagi tayyor animatsiya samaralari namunalaridan birini tanlash kifoya. Animatsiya slaydga qanday qo`llanilganligini ko`rish uchun Эффекты анимации oynasining Просмотр buyrug`ini bosib ko`rish lozim. Shuni eslatib o`tish kerakki, slaydga animatsiya samaralarini qo`llayotganda albatta kerakli slayd belgilangan bo`lishi lozim. Настройка анимации buyrug`i. Doimo Эффекты анимации buyrug`i orqali o`rnatilgan animatsiya samaralari foydalanuvchi didiga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda albatta Настройка анимации buyrug`idan foydalangan ma`qul. Bu buyruq orqali slaydning har bir elementiga alohida animatsiya samaralarini qo`llash mumkin. Buyruq bosilganda o`ng tomonda Настройка анимации paneli ochiladi. Joriy slaydning kerakli elementi yoki elementlari belgilanib, Добавить эффект buyrug`i bosiladi. Natijada navbatdagi menyu buyruqlari ochiladi. Bu buyruqlar orqali tanlangan elementning paydo bo`layotgan, paydo bo`lgandan keyingi, yo`qolayotgan holdagi animatsiya samaralarini o`rnatish mumkin. Animatsiya samaralarini o`rnatayotganda albatta tartib bilan, ya`ni dastlab elementning kirib kelishi, oxirida elementning chiqib ketish parametrlarini o`rnatish maqsadga muvo q. Yaratilgan animatsiyalar Настройка анимации oynasida ro`yhatga olib boriladi: Agar biror animatsiya noto`g`ri o`rnatilgan bo`lsa, uni belgilab oynadagi Изменить buyrug`ini bosish orqali animatsiyani o`zgartirish, noto`g`ri o`rnatilgan bo`lsa, Удалить buyrug`ini bosish orqali animatsiyani o`chirish mumkin. Agar animatsiyalar o`rnini almashtirish lozim bo`lsa, Порядок strelkalarining keraklisini bosish lozim. Bundan tashqari Настройка анимации oynasidagi Начало va Скорость buyruqlari orqali elementning kelish parametri va tezligini o`zgartirish mumkin: Настройка времени buyrug`i orqali taqdimotni aniq bir vaqt davomida namoyish qilish imkoniyati mavjud. Смена слайдов buyrug`i orqali taqdimot varaqlarining kelish parametrlarini, ya`ni varaqlarning paydo bo`lish holati, slaydlar orasidagi vaqt, avtomatik yoki foydalalanuvchi xohlaganda kelishi kabilarni o`rnatish mumkin. Taqdimot yaratib bo`lingandan so`ng Показ слайдов menyusining Начать показ buyrug`i orqali taqdimotni namoyish etish mumkin. Power Point дастурида энг кўп ишлатиладиган буйруқлар ва тугмалар комбинациялари: Файл менюси. Создать (Ctrl+N) – янги тақдимот яратиш. Открыть (Ctrl+O) – сақланган тақдимотни очиш. Сохранить (Ctrl+S) – тақдимотни сақлаш. Печать (Ctrl+P) – слайдларни чоп қилиш. Правка менюси. Отменить (Ctrl+Z) – буйруқни бекор қилиш. Повторить (Ctrl+Y) – бекор қилинган буйруқни тиклаш. Копировать (Ctrl+C) – белгиланган маълумотни алмашинув буферига нусхалаш. Вырезать (Ctrl+X) – белгиланган маълумотни алмашинув буферига кўчириш. Вставить (Ctrl+V) – алмашинув буферидаги маълумотни курсор турган жойга қўйиш. Дублировать (Ctrl+D) – белгиланган объектнинг нусхасини (дубликатини) ҳосил қилиш. Удалить слайд – жорий слайдни ўчириш. Вид менюси. Обычный – одатий режимда ўтиш. Сортировщик слайдов – слайдларни саралаш режимига ўтиш. Показ слайдов (F5) – слайдларни намойиш этиш режимига ўтиш. Панели инструментов – экранга ускуналар панелини қўйиш ёки олиб ташлаш. Вставка менюси. Создать слайд (Ctrl+M) – янги слайд яратиш. Дублировать слайд – жорий слайднинг нусхасини (дубликатини) ҳосил қилиш. Номер слайда – слайдларни номерлаш. Слайды из файлов – тақдимотга бошқа тақдимот слайдларини қўшиш. Филмы и звук – слайдга филм ва овозлар қўшиш. Формат менюси. Шрифт – Шрифт параметрларини ўзгартириш. Оформление слайда – слайдларга тайёр безакл шаблонларн қўллаш. Разметка слайда – слайд макетини ўзгартириш. Фон – слайдларга фон қўйиш. Показ слайдов менюси. Начать показ (F5) – тақдимотни намойиш этиш. Настройка презентации – тақдимотни созлаш. Настройка времени – тақдимотни вақт бўйича созлаш. Звукозапись – овоз ёзиш. Управляющие кнопки – бошқарув тугмаларини ўрнатиш. Слайдга тайёр анимация эффектларини қўллаш. Настройка анимации – мустақил равишда слайднинг ҳар бир элементига анимация эффектларини қўллаш. “O’zbekiston temir yo’llari” Davlat Aksionerlik Temir yo’l kampaniyasi Toshkent temir yo’l muxandislari institute. Informatika va Kampyuter gra kasi kafedrasi. MUSTAQIL ISH Read 4714 times MUSTAQIL ISH MAVZU: PowerPoint тақдимот дастури. Слайдлар ва тақдимотлар. Bajardi: . Tekshirdi: Toshkent-2015 y. Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs- ishi) More in this category: « Ҳомиланинг ривожланиш даври (/index.php/pages/referatlar- mustaqil-ish-kurs-ishi/item/11530-2021-05-26-09-30-34) Чақалоқлик даври » (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/11532-2021-05-26-09-32-11) back to top (/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/11531- powerpoint#startOfPageId11531) Powered by ATM (http://buxdu.uz) (http://www.uz/ru/res/visitor/index?id=42296) (http://www.uz/ru/res/visitor/index? id=30140) (//www.liveinternet.ru/click) (https://top.mail.ru/jump?from=3101603) Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019 Download 297.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling