Diplom loyihasi bo’yichа tushuntirish хаti


Benzinli IYoD larning ta`minlash tizimlari vazifasi va konstruktsiyasi


Download 1.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana17.06.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1548153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Botirov B.Sh. unlocked

 
2.2. Benzinli IYoD larning ta`minlash tizimlari vazifasi va konstruktsiyasi 
Ta`minlash tarmog`i yonilg`i bilan havoni tozalash va ulardan kеrakli 
tarkibda yonilg`i aralashmasini tayyorlab, silindrlarga kiritishni, hamda ishlatilgan 
gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Ta`minlash tarmog`iga 
kiruvchi asbob-uskunalarni to`rt guruxga bo`lish mumkin [13]: 
1) yonilg`ini saqlash, tozalash va uni yonuvchi aralashmani hosil qiluvchi 
asbobga yuborish qismlari- yonilg`i baki, yonilg`i satxini ko`rsatuvchi datchik, 
yonilg`i filtri, yonilg`i nasosi va yonilg`ini o`tkazuvchi naychalar; 
2) havoni tozalash va uni uzatish qurilmasi- havo filtri va havo o`tkazgichi; 


13 
3) yonilg`i va havodan aralashma hosil qiluvchi asbob- karbyurator, injеktor; 
4) yonilg`i aralashmasini silindrlarga kirituvchi va ishlatilgan gazlarni 
chiqarib, ularning tovushini pasaytiruvchi qismlar- kiritish va chiqarish quvurlari, 
hamda so`ndirgich (glushitеl). 
“Damas”, “Tiko”, “Labo” markali avtomobillarning karbyuratorli 
dvigatellarining ta`minlash tizimini ishlash tamoyili quyidagicha: bеnzin yonilg`i 
bakidan naycha orqali filtrga o`tib, undan yonilg`i nasosi yordamida bosim ostida 
naycha yordamida karbyuratorga yuboriladi. Havo tashqi muhitdan havo filtri 
orqali karbyuratorga so`rib olinadi. Karbyuratorda to`zitilgan va qisman 
bug`langan yonilg`i havo bilan qo`shilib, yonuvchi aralashmani hosil qiladi. So`ng 
yonuvchi aralashma kiritish quvuri orqali silindrlarga so`riladi, ishlatilgan gazlar 
esa chiqarish quvuri va oraliq quvur orqali so`ndirgichga kirib, undan kеyin tashqi 
muhitga chiqariladi. Bunda yonuvchi aralashma (bеnzin va havo) silindr 
tashqarisida 
tayyorlanadi. 
Yonuvchi 
aralashmani 
bunday 
tayyorlash 
karbyuratsiyalash, uni tayyorlovchi asbob karbyurator dеyiladi.
8- rasmda karbyuratorli dvigatelning ta`minlash tarmog`i asboblarining 
joylashish tizimining chizmasi ko`rsatilgan. Yonilg`i benzobak 12 dan naycha 9 
orqali filtr 7 ga o`tib, undan benzin nasosi 6 yordamida bosim ostida naycha 5 ga 
va undan karbyuratorga yuboriladi. Havo tashqi muhitdan havo filtri 1 orqali 
karbyurator 2 ga so`riladi. Karbyuratorda to`zitilgan va qisman bug`langan benzin 
havo bilan qo`shilib, yonilg`i aralashmasini hosil qiladi. So`ng yonilg`i
aralashmasi kiritish quvuri 3 orqali silindrlarga so`riladi, ishlatilgan gazlar esa 
chiqarish quvuri 4 va oraliq quvur 8 orqali so`ndirgich 10 ga kirib, quvur 11 dan 
tashqi muhitga chiqariladi. Benzobak 12 dagi yonilg`i sathi qalqovich 15 
yordamida kabinaga o`rnatilgan manometr 16 bilan aniqlanadi.
Benzobakning yonilg`i quyish bo`g`izi 13 qopqoq 14 bilan jips qilib 
berkitilgan. Keltirilgan sxemada yonilg`i aralashmasi (benzin va havo) silindr 
tashqarisida 
tayyorlanadi. 
Yonilg`i 
aralashmasini 
bunday 
tayyorlash 
karbyurasiyalanish, uni tayyorlovchi asbob karbyurator deyiladi.Zamonaviy 
karbyuratorlarning ishlashi purkash uslubiga asoslangan havo oqimi pastdan 


14 
yuqoriga, oqimi yuqoridan pastga va oqimi yotik yo`nalgan karbyuratorlar bo`ladi. 
Xozirgi kunda havo oqimi yuqoridan pastga yo`nalgan karbyuratorlar eng ko`p 
tarqalgan. Ularda aralashma hosil qilish ancha sifatli va qulay bo`lib, silindrlar 
yonuvchi aralashmaga yaxshi to`ladi. 
.
8-rasm. Karbyuratorli dvigatelning ta`minlash tarmog`i asboblarining 
joylashuv tizimining chizmasi. 
9-rasm. Karbyuratorning ishlash prinsipi 
9- rasmda oqimi yuqoridan pastga yo`nalgan karbyuratorning soddalashgan 
chizmasi keltirilgan, uning ishlash uslubi quyidagicha: kiritish taktida porshen 7 


15 
Yu.Ch.N. dan P.Ch.N. ga harakatlanayotganda, uning yuqorisida silindr bo`shlig`i
6 da siyraklanish hosil bo`ladi, natijada karbyurator quvuri 1 dan o`tayotgan havo 
oqimi ta`sirida to`zitgich 15 ning qil teshigidan yonilg`i otolib chiqadi va u havo 
bilan aralashib, kiritish quvuri 8 va klapan 5 orqali silindrga kiradi. Qalqovichli 
bo`linma 11 da benzin sathining bir me`yorda saqlanishini nazorat qilish uchun 
ichki kovak qalqovich 12 o`rnatilgan. Qalqovichli bo`linmaga kerakli miqdorda 
yonilg`i to`ldirilganda, qalqovich ninasimon klapan 13 bo`linmaga benzin 
kiradigan teshikni ochadi. Qalqovichli bo`linma yuqorisidagi teshik 14 bu 
bo`linmani tashqi muhit bilan birlashtirib, bosimni o`zgartirmaydi. Diffuzor 2 da 
havoning tezligi keskin ortib, bosimi kamayadi. To`zitgich 15 dan oqib 
chiqayotgan benzinning miqdori diffuzordagi siyraklanishga va jiklyor 10 
teshigining kesimiga bog`liq va u aralashma tarkibiga ta`sir etadi. Drossel-zaslonka 
karbyuratorning aralashma o`tadigan qirqimini o`zgartirib, silindrga yuboriladigan 
aralashma miqdorini o`zgartiradi. U o`q 4 da buriladigan aralashma miqdorini 
o`zgartiradi. U o`q 4 da buriladigan zaslonka 3 dan iborat. Karbyurator quvurining 
diffuzor 2 dan drosel-zaslonka 3 gacha bo`lgan qismi aralshtirgich bo`linmasi deb 
ataladi va unga yonuvchi aralashma hosil qilinadi. 
Sodda karbyurator 
dvigatеlning 
har 
xil 
ish 
maromida ishlashni 
qanoatlantirmaydi. Chunki bunday hollarda yonuvchi aralashma kеskin 
kambag`allashadi. Oqibatda bеqaror ish maromiga o`tib, o`chib qolishi mumkin. 
Dvigatеlning turli ish maromlarida qanoatlantiradigan yonuvchi aralashma 
tayyorlash uchun zamonaviy karbyuratorlar konstruktsiyasiga bir qancha 
qo`shimcha tarmoq va moslamalar o`rnatilgan. Bular yurgizib yuborish tuzilmasi, 
salt ishlash tarmog`i, asosiy mеzonlovchi (dozalovchi) tuzilma, boyitgich hamda 
tеzlatgich moslamalar va boshqalardir [14]. 
Avtomobil dvigatellariga o`rnatiladigan karbyuratorlarning konstruktiv 
xususiyati quyidagilarga bog`liq:
1) havo oqimining yo`nalishiga qarab: oqimi yuqoridan pastga yo`nalgan, 
oqimi pastdan yuqoriga yo`nalgan, oqimi yotiq yo`nalgan; 


16 
2) aralashma bo`linmasining soniga qarab: bir bo`linmali, ikki bo`linmali, 
ko`p bo`linmali; 
3) aralashtirgich bo`linmadagi diffuzor soniga qarab: bir diffuzorli, ikki 
diffuzorli va ko`p diffuzorli karbyuratorlar [15].
Yuqorida 
bayon 
etilgan 
belgilari 
bo`yicha 
zamonaviy 
avtomobil 
dvigatellarida havo oqimi yuqoridan pastga yo`nalgan ikki bo`linmali va ikki 
diffuzorli karbyuratorlar keng qo`llanilmoqda. Bunday karbyuratorlarning 
balandlik o`lchami kichik bo`lganligi sababli qarshiligi kam kiritish quvurlarini 
ishlatish mumkin. Bu esa yonilg`i aralashmasinining dvigatel tsilindrlariga bir xil 
taqsimlanishi va to`lishini yaxshilaydi.
Ikki 
bo`linmali 
karbyuratorlarning 
ishlash 
uslubi 
bir 
bo`linmali 
karbyuratorlarnikidan deyarli farq qilmaydi. Bu turdagi karbyuratorlar 
ishlatilganda aralashmaning tsilindrlarga taqsimlanishi va to`lishi yaxshilanadi, 
dvigatelning quvvati 8…10% ko`payadi. Shuning uchun ko`p hollarda zamonaviy 
avtomobil dvigatellarida ikki bo`linmali karbyuratorlar ishlatilmoqda. 

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling