Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I. P
Download 125.62 Kb.
|
Po\'latov Doston # topshirq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Doimo Yangilikni organib borish
- 3. Turli xil usullarda organing
1. Xotirani rivojlantirish asoslariXotiraning asoslari haqida keyinchalik batafsil to'xtalaman. Axir , blogimning asosiy mavzusi ham shu da.Lekin umumiy rasmni berishim uchun aytishim mumkinki- bular fokusni oshirish, mnemonika, so'ngi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, strukturiviy o'qish va AQL XARITASI(mindmapping) va yangi innovativ interaktiv usullardir. 2. Doimo Yangilikni o'rganib borishAniq xotirani rivojlantirishi mumkin bo'lgan usullardan biri bu doimo yangi narsani o'rganishdir. Yoki qisqasi o'zbek maqolidek "Beshikdan to qabrgacha ilm izla".Buni ko'plab tadqiqotlar natija sifatida ko'rsatyapti. 2004 yilda "Nature" maqolasi shuni ma'lum qildiki , unga ko'ra kimda kim ko'proq ma'lumotga duchor bo'lsa , miyaning kulrang moddasi miqdori oshibdi. Bu miyamiz bo'linmasi esa o'z navbatida ko'p holatlarda visualniy xotira bilan bog'lanadi. Oddiygina, agar siz ingliz tilini o'rganayotgan bo'lsangiz , buni to'xtatmasdan doimiy tarzda davom etish zarur. Bu inglizchasiga aytganda "Use it or Lose it" ya'ni "Ishlat yoki yo'qot" degan tamoyil bilan xulosalash mumkin. Bu xodisa xattoki ilmiy nomga ham egadir. Pruning - Xomtoklash deb ataluvchi ushbu fenomenga ko'ra miyadagi nerv yo'llari takrorlash davomida mustahkamlanib qalinlashib boradi, va buni teskarisi, hosil qilingan bilimga eltuvchi nerv tolalari torayib o'zi yo'qolib ketadi.Buning yaqqol isbotini "Zakovat" intellektual o'yinlari bilan shug'ullanib yuruvchi ko'plab o'quvchilarda kuzatganman.Ular doimo yangi informatsiya va faktlar yodlab yurganligi tufayli, xotirasi doimo o'tkir turadi. Negaki miyamiz qaysidir ma'noda pichoq singari ishlatganingiz sayin o'tkirlashib boraveradi, ishlatilinmasa o'tmaslashish boshlanadi. 3. Turli xil usullarda o'rganingJudi Villsning fikriga ko'ra " Ma'lumotni saqlashda qanchalik miyaning ko'p regioni ishlatilsa, shunchalik ko'p o'zaro aloqalar deganidir. Bu esa shunchaki eslab qolishdan ko'ra , ma'lumotni o'rganishni nazarda tutadi " Odatda Visual, Auditorli va kinestetik o'rganuvchi insonlar bo'ladi. Bu yerdavisual ko'rib yaxshi o'rganuvchilar, va auditorda esa eshitganda yaxshi tushunuvchilarni hamdakinestetik o'rganuvchilarga harakatlar bilan o'rganuvchilarni nazarda tutilgan.Maslahat shuki, birdan oshiq usullarni qo'llab yodlashga harakat qilish darkor. Til o'rganayotganda eshitib, hamda video ko'rib , o'qib va yozib, yoki do'stingizga tushuntirib berib o'rganishingiz mumkin. Har xil usullarni qidirib ko'ring, negaki bir xillik miyamizga yoqmaydi va miya darrovda zerikib qoladi. Download 125.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling