2. «Nurash» va «Qo’riqxona» atamalarining mazmun-mohi yatini tushuntiring.
Nurash deb, haroratning o„zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar ta‟sirida tog„
jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga ajratiladi: f1 zik, kimyoviy va organik nurash. Fizik
nurash, asosan, harorat va namlikning o„zgarishi natijasida sodir bo„ladi. Kunduzi havo haroratining ko„tarilib
ketishi natijasida tog„ jinslarida darzlar hosil bo„lib, ular bo„laklarga bo„linib ketadi. Ammo tog„ jinslarining
kimyoviy tarkibi o„zgarmaydi. Fizik nurash cho„llarda va qoyali tog„larda keng tarqalgan. Kimyoviy nurash
deb, havo, suv ta‟sirida tog„ jinslarining yemirilishi va kimyoviy o„zgarishiga aytiladi. Kimyoviy nurash
ta‟sirida barqaror minerallar hosil bo„ladi. Organik nurash deb, tog„ jinslarining organizmlar (o„simlik,
hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar) ta‟sirida yemirilishiga aytiladi. Qo„riqxona — har qanday xo„jalik
faoliyati taqiqlangan, tabiat kom- ponentlari va landshaftlar qonun asosida qat‟iy muhofazaga olingan joy.
Qo„riqxonatabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan hududlar
orasida qo„riqxonalar muhim rol o„ynaydi. Ularning asosiy vazifasi tabiati o„zgarmagan yoki kam o„zgargan
hududlami, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo„riqxona hududidan
xo„jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo„ziqorin terish umuman ta‟qiqlanadi.
Ularning atrofi kam foydalaniladigan, muhofaza qilinadigan zona bo„lishi kerak. Hududidagi mavjud tabiiy
sharoit o„z holicha saqlanadi. Qo„riqxona hududi turli hayvon va o„simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning
miqdori va genetik fondini saqlash uchun ajratiladi. Ular inson tomonidan o„zlashtirilayotgan va o„zgargan
qo„shni hududlar uchun namuna bo„lib xizmat qiladi. Bunday namunalar inson xo„jalik faoliyatining biz
uchun qulay yoki noqulay ekanligini taqqoslashga, tabiatdan amaliy foydalanishda u yoki bu usul ning qanchalik
maqsadga muvofi qligini nazorat qilishga imkon beradi. U tabiat komponentlari o„rtasidagi uzviy aloqadorlikni
o„rganib, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish yo„llarini isNab chiqish uchun zarur. Qo„riqxonalar ilmiy
muassasalar hisoblanadi. Respublikamizda 8 ta qo„riqxona faoliyat ko„rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |