Diqqat! guruhdagi har bir talaba jurnaldagi tartib nomeri bo’yicha mustaqil ta’lim mavzusini hovola qiladi


Download 22.05 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi22.05 Kb.
#150249
Bog'liq
Mustaqil talim (3)


Diqqat! guruhdagi

har bir talaba jurnaldagi tartib nomeri bo’yicha mustaqil ta’lim mavzusini hovola qiladi.

Mustaqil ta`limning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’limni tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi.



  1. Mavzular bo`yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash.Nazariy materialini puxta o`zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o`quv materialiga diqatni ko`proq jalb etishga yordam beradi.Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi vaqtini tejaydi.

  2. O`qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash.Olgan bilimlarni o`zlashtirishlari turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko`rishlari uchun tavsiya etilgan electron manbalar innovasion dars loyihasi namunalari, o`z-o`zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b;

  3. Fan bo`yicha qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash.Mustaqil o`rganish uchun berilgan mavzular bo`yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo`shimcha o`quv ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar.Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiradi.

  4. Internet tarmog’idan foydalanish.Fan mavzularni o`zlashtirish kurs ishi bitiruv malakviy ishlarini yozishda mavzu bo`yicha INTERNET manbalaridan toppish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo`shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiradi.

  5. Mavzuga oid masalalar keyes-stadilar va o`quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;

  6. Amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini toppish, hisobotlar tayyorlash;

  7. Ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;

  8. Mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distasion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bo`yicha metodik ko`rsatmalar tayyorlash va h.k.

Yangi bilimlarni mustaqil o`rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo`llarini aniqlash internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to`plash va ilmiy izlanishlar olib boorish, ilmiy to`garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorash kabilar talabalrning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fiklash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.Vazifalarni tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o`qituvchi tomonidan konspektlarni va mavzuni o`zlashtirishini ma’ruza darslarini olib boruvchi o`qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi. Mustaqil ishni tashkil etish bo`yicha uslubiy ko`rsatma va tavsiyalar keyes-stadi, vaziyatli masalalar to`plami ishlab chiqiladi.Ma’ruza mavzulari bo`yicha amaliy topshiriq keyes-stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari

1. Modulning maksimum prinsipi. Koshi turidagi integral. Yuqori tartibli hosilaning mavjudligi. Analitik funksiyaning yuqori tartibli hosilasi.

2. Funksiyalarni Loran qatoriga yoyish. Qutbga nisbatan funksiyaning chegirmasini topish.

3. Operatsion hisob yordamida differensial tenglamalar tenglamalar sistemani yechish. Tebranishlar differensial tenglamalarni yechish.

4. Tor tebranishlari tenglamasini Dalamber usuli va o`zgaruvchilarini ajratish (Fure) usuli bilan yechish. Torning majburiy tebranishi.

5. Issiqlik tarqalish tenglamalarini metal sterjinda, chegaralanmagan sterjenda, fazoda tekshirish. Laplasning ikkinchi tenglamasiga keltiriladigan masalalar. Direxle masalasini yechish.

6. Amaliyotda ko`p uchraydigan muhim diskret va uzluksiz taqsimotlar, normal taqsimotni tadbiqlari.

7. Ehtimollarnazariyasining limit teoremalari. Kata sonlar qonuni. Chebishov tengsizligi. Bir xil taqsimlangan o`zaro bog`liqsiz tasodifiy miqdorlar yig`indisi uchun markaziy limit teoremasi.

8. Tasodifiy miqdorlar sistemasi, ularning taqsimot qonunlari, shartli taqsimot qonunlari. Kovariatsiya va korelyatsiya. Ikki o`lchovli normal taqsimot qonuni va uning o`ziga xos xususiyati.

9. Ehtimollar nazariyasining texnikaviy masalalarda qo`llanilishi. Taqsimotning noma’lum parametrlari uchun statistic baholarga talablar: siljimaslik, asosilik, effektivlik.

10. dispersiya bahosining xossalari, tanlanmaning to`g`irlangan dispersiyasi. Statistik baholar qurish uslublari. Ishonchlilik intervallari. Statistic gipotezalar va ularning sinflari. Gipotezalarni tekshirish algoritmi. Birinchi va ikkinchi turdagi xatoliklar.

11. Eng quvvatli me’zonlar. Heyman-Pirson mezoni, Kolmagorov mezoni, Pirsonning Xi kvadrat mezoni.



12. Korrelyatsion-regression tahlil elementlari. Korrelyatsiya tushunchasining kelib chiqish tarixi va xossalari.

13. Regressiyaning har xil ko`rinishdagi tenglamalarini topishda eng kichik kvadratlar usulining mohiyati va har xil modifikatsiyalari.
Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling