Diqqat haqida umumiy tushuncha


Diqqatning ko‘chuvchanligi


Download 59.45 Kb.
bet10/11
Sana24.04.2023
Hajmi59.45 Kb.
#1395735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DIQQAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Diqqatning ko‘chuvchanligi
Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratili- shi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqat-e’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga qarata ol- mas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unumli bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin, yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira- shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror- bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridan-sirigacha bilib olishimiz mumkin.
Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Biron-bir predmet­ga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsa- lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqa- timizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: ki- tob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qi- yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea-hodisalardan an- cha olislarda daydib yuradi.
Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning bar­cha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (ma­salan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mut- laqo mumkin emas. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushin- skiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bun- day degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.
Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat bar­cha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga ke­ladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot- ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib or- ganizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.
Diqqatning turlari
Ixtiyorsiz diqqat paydo bo‘lishida odam ko‘pincha faqat iro- daviy zo‘r berish u yoqda tursin, biron-bir narsani ko‘rishini, eshi- tishini va shu kabilarni o‘ziga oldindan maqsad qilib qo‘ymaydi. SHuning uchun bu diqqat maqsadsiz diqqat deyiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni sodir qiluvchi sabablar kuchli qo‘zg‘atuvchilardir. Qo‘zg‘atuvchining nisbiy kuchi katta ahami- yatga ega. Masalan: kuchli momaqaldiroq, o‘q ovozi, tunda- gi shitirlash. Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Masalan: yoqimli taom hidi ux- lab yotgan odamni ham uyg‘otib yuboradi.
Ixtiyoriy diqqat amalda biron-bir narsani idrok qilish yoki ish bajarish maqsadi, niyati paydo bo‘lishi tufayli maydonga kela­di. Masalan: biron-bir ishni bajarishga qiynalsak ham, shuni ba- jarishga intilamiz. Ixtiyoriy diqqat mehnat mashaqqatlari nati- jasida paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r berishni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ana shu jihatdan olgan- da ixtiyoriy diqqat bog‘cha yoshidagi bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarimsharla- rining po‘stida vujudga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g‘oyat kattadir. CHun- ki ko‘pchilik hollarda, xoh ta’lim jarayonida bo‘lsin, xoh mehnat jarayonida bo‘lsin nutq orqali turli vazifalar qo‘yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez char- chaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamga hamma vaqt iroda ku- chini sarflashni talab etadi. SHu sababli odam tez charchaydi. Ana shu jihatdan olganda, ta’lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yax­shi natija beradi. Masalan, qiziqarli rangli ko‘rgazmalar tashkil etish va hokazo.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat odamda ma’lum irodaviy zo‘r berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ish­ga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play bosh­laydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odam­ning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r berish- larini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning ish­ga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyoriy diqqatni ish­ga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi.
Diqqatning xususiyatlari
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisobla- nadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tu- ra olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayo­tida juda katta ahamiyatga ega. CHunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata ol- maydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hat- to o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu uncha-mun- cha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyat- ga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bi­lan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nerv sis- temasining ayrim xususiyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi obyektiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabab- lardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta, subyektiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da betob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tash- vish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.
Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bi­lan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat tebranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqti-vaqti bi­lan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tushuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratish- da ham xuddi shunday hodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi 2—3 sekunddan oshmaydi (ko‘pi bilan

  1. sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuv- chi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik piramidaning tasviriga tikilib qaralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.

Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, mazmun- dor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish mum- kin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki ju­da qiziqarli ertak o‘qib berayotganda ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan narsa bi­lan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz kuchli va barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni idrok qilish bi- langina cheklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol harakatda bo‘lsalar (masalan, kubiklardan biron narsa yasash yoki mashinalarni qo‘l bilan yurgizish kabi) ularning diqqati kuchli va barqaror bo‘ladi.
Diqqatning ko‘lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihati- dan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami tor- roq bo‘ladi. Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idro- kiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratiladigan narsalarning qanchasini ongimizga sig‘dira oli- shimiz diqqatning ko‘lamini tashkil etadi.
Xulosa
Diqqat inson faoliyatini barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularning samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir.Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, ma’suliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi.Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatda muhim omil sifatida xizmat qiladi.Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida o’tadi.
Psixologiya fanida diqqatga har hil ta’rif beriladi,uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar.Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi.
P.I.Ivanovning fikricha,biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishda ta’sir etadi.
Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi.Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko’rinmasa ham, oradan sal o’tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari ko’rina boshlaydi.Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini turli kuchli qo’zg’atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug’lik) beixtiyor ravishda o’ziga jalb qila boshlaydi. Ikki-uch oylik bolalar esa,shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoqning tovushiga ovunadigan) bo’la boshlaydilar.Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin(yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi.Bolaning ko’z o’ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo’lsa,bola unga shunchalik ko’p e’tibor beradi.
Bog’cha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo’lishi bilan xarakterlanadi.Masalan, bolaga yangi o’yinchoq bersangiz, u o’yinchoqni juda qiziqib ko’ra boshlaydi.Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o’yinchoqni ko’satsangiz,birinchi o’yinchoqni tashlab,ikkinchisiga talpinadi.Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazardan ularda hali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog’liq.Tormozlanish jarayoni qo’zg’alish jarayonining keng yoyilib ketishini to’xtata olmaydi.Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga osongina chalg’ib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g’oyat beqaror bo’lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan bog’liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo’lib tuyulaverganidan ularning diqqatlari bir yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib,yuksala boshlaydi.Buni biz bolalarning(xususan, o’rta va katta guruh bolalarining)bir ish ustida uzoq vaqt davomida o’tira olishlaridan,ba’zi o’yinlarni zerikmay soatlab o’ynay olishlaridan,ta’limiy mashg’ulotlarda chidam bilan o’tira olishlaridan ko’rishimiz mumkun,bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg’ib ketaveradi.
Ana shu nuqtai nazardan bola ko’z o’ngidagi narsaning o’zi bolaga juda qiziq tuyulgani uchun ham diqqati chalg’ib ketadi .Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha Sasha (1 yosh 8oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo’r qiziqish bilan tinglaydi.Bo’ri kelib eshikni taqqillatganini ko’rmoqchi bo’lib , devorga tap-tap etib uradi,lekin ba’zan taqillatishga shu qadar maxliyo bo’lib ketganidan ertakni tamomila unutib qo’yadi.


Download 59.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling