Javob:Palov.
Izoh: Gap hind ayollari milliy libosi – sari haqida ketmoqda.
17-Savol Ushbu mashhur pyesada otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo‘yish qattiq qoralanadi. Unda yot odatlarning kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning shu nomdagi qissasi ham mavjud. Savol: gap qaysi pyesa haqida ketmoqda?
Javob:padarkush.
18-Savol O‘tkir Hoshimov “Qog‘ozga o‘rog‘liq qand” hikoyasida shunday yozadi: “Qiz bola degan narsa Unga o‘xsharkan. Qo‘lingizga olib qarasangiz, binoyiday ko‘rinarkanu, po‘stini archiganingizdan keyin bilarkansiz: xommi, bemazami, achchiqmi ...”. Yurtimizdagi U nomli bank ilovasi logotipida tojni ham ko‘rish mumkin. Savol: U nima?
Javob:Anor.
Izoh: Anorbank ilovasida xuddi anordagi kabi toj shakli tushirilgan.
19-Savol Helga, Rovena, Godrik va Salazar. Ushbu insonlar birlashib bir ta’lim muassasasiga asos solishgan va fakultetlarga o‘z nomlarini berishgan. Bu muassasada 11 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ta’lim olishi mumkin bo‘lgan. Savol: Ushbu muassasa nomini yozib bering.
Javob:Hogvarts.
Izoh: Joan Roulingning Garri Potter haqidagi kitoblariga ko‘ra, Helga Haflpaf, Rovena Ravnklav, Godrik Griffindor va Salazar Slizerin Hogvarts sehrgarlar maktabiga asos solgan insonlar sanalishadi va ularning familiyasi fakultetlar nomida o‘z aksini topgan.
20-Savol Sankt-Peterburgdagi USHBU asar qahramoniga atab o‘rnatilgan yodgorlikda faqatgina oyoq izlarini ko‘rish mumkin. Garri Potter o‘ziga sovg‘a qilingan mantiyani kiyish orqali unga aylana olardi. Savol: 1897-yilda yozilgan ushbu asar nomini yozib bering.
Javob:Ko‘rinmas odam.
Izoh: Yodgorlikda ham odam ko‘rinmaydi, faqatgina uning oyoq izlarini ko‘rish mumkin. Garri Potter o‘ziga yuborilgan ko‘rinmas mantiyani kiyganda ko‘rinmas bo‘lib qolar edi
21-Savol Samarqand viloyatidagi bu tuman nomi haqidagi farazlardan biriga ko‘ra, balandlikda joylashgan bir shahar bo‘lgan. Uni ikki so‘z bilan nomlashgan. Keyinchalik bu so‘zlar birlashib, o‘zgarishga uchrab, bu tumanning hozirgi nomi paydo bo‘lgan. Savol: Qaysi tuman?
Do'stlaringiz bilan baham: |