Insonning barcha azo va sistemalari yuqori ish qobiliyatini ta’minlashida diqqatning kerakli saqlanish va rivojlanish shartlari: - ichki azolarning kasallanishiga, ko‘rish va eshitish qobiliyatini buzilishiga qarshi davolanish va ko‘rikda bo‘lish; - aqliy va jismoniy mashqlar almashinuvi Tashqi kuchli ta’sir qiluvchi holatlarni mavjud qilmaslik- tinchlikni ta’minlovchi(diqqatni jam qilsa bo‘ladigan holat); - Gigienik talabga javob beradigan ishning ta’minlanishi; - Maqbul jismoniy omil(etiborni tortmaydigan holat, ortiqcha harakatlar me’yori); - Muvaffaqiyat sari aniq maqsadlarni aniqlash; Diqqatning buzilishi 3 turga bo‘linadi: I Tur. Diqqatning tarqoqligi- boshqarib bo‘lmaydigan o‘zgaruvchan va kuchsiz diqqat-etibor bilan xarakterlanadi. Ushbu tip maktabgacha bo‘lgan bolalarda hamda holsizlik va charchoqqa chalingan kattalarda ham uchraydi. II Tur. Etiborsizlik- boshqa fikrlarga diqqatning qaratilishi va intensivligi murakkablashgan o‘zgaruvchan diqqat bilan xarakterlanadi. Ushbu tipga miyasiga bir fikr o‘rnashib qolgan shaxslar mansub. III Tur. Parishonxotirlik-Diqqatning jamlanganligi va qiyinchilik bilan almashishi sezilarli darajada murakkabligi bilan tavsiflanadi. Ushbu tipga nerv tizimi kuchsiz va etiborsizligi vaqti-vaqti bilan yoki doimiy namoyon bo‘luvchilar kiradi. Bunday holat malum muddat holdan toygan va parishonxotir bo‘lib qolgan sog‘lom odamlarda ham to o‘z holati tiklanguniga qadar sodir bo‘lishi mumkin. Klinik ko‘rinishi ko‘pincha keksa yoshdagi miya ateroskleroziga uchragan shaxslarda miyada kislorodning kamayishi natijasida uchraydi. Diqqatsizlikning bunday turi «Keksalikka xos bo‘lgan diqqatsizlik » deb ham ataladi. Diqqatning buzilishi ham kasallik alomati deb atalishi mumkin. Kasallikka olib boruvchi turli psixik yoki somatik buzilishlar natijasida diqqatning buzilishini ham kasallikni alomati xisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |