Diqqatning ko’lami bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan ob’yektlarning miqdori


Download 8.35 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi8.35 Kb.
#1287193
Bog'liq
2222-WPS Office


Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir.
Diqqatning ko’lami — bir davrning o’zida diqqat tomonidan qamrab olinishi mumkin bo’lgan ob’yektlarning miqdori.
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o’z ob’yektiga kuchli yo’naltirilishi va faol to’planishidan iborat ijobiy xususiyati.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan ob’yektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi.
Diqqat chalg’ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’yektdan boshqa bir ob’yektga ixtiyorsiz ravishda o’tib turishidan iborat salbiy xususiyati.
Diqqatsizlik — diqqatni ob’yektga yo’naltira va to’play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
; diqqat ba’zan daqiqaga 25—30 marta ham o’zgaradi. Diqqatning o’rtacha o’zgarishtebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir
Ichki diqqat — ongimizning o’z sub’yektiv taassurotlarimiz, histuyg’ularimiz va intilishdarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
Qo’zg’alish markazi — markaziy asab tizimining qo’zg’alish jarayoni ro’y bergan uchastkasi.
Paradoks fazasi — kuchli qo’zkatuvchilarga qaraganda kuchsiz qo’zg’atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi).
Diqqat korreksiyasi (lot. soggesIo — tuzatish) — insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish.
Download 8.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling