Diqqatning psixofiziologik indekatorlari va mexanizmlari


Download 28.91 Kb.
bet1/6
Sana23.09.2023
Hajmi28.91 Kb.
#1686715
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diqqatning psixofiziologik indekatorlari va mexanizmlari (2)

Diqqatning psixofiziologik indekatorlari va mexanizmlari

Reja:


  1. N.N.Lange, I.M.Sechenov, K.N.Kornilov tadqiqotlarida diqqatning perseptiv jabhalari.

  2. T.A.Ribo, N.N.Lange tadqiqotlarida diqqatning motor komponentlari.

  3. Ch.Sherrington ”Voronkasi” yoki umumiy harakat maydoni nazariyasi.

  4. Optimal qo`zg`alish o`chog`i va I.P.Pavlovning orientirovka refleksi.

A.A.Uxtomiskiyning dominantlik tamoyili.


Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog’liq. Ma’lum yo’nalishdagi alohida qo’zg’atuvchilami ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo’zg’alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi.
D.E. Brodbentning fikricha, diqqat - axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada tanlab o’tkazuvchi filtr. U, agar odam bir vaqtning o’zida turli axborotni ikki qulog’i bilan qabul qilgan bo’lsa, lekin qo’llanmaga binoan, faqat chap qulog’i bilan qabul qilishi zarur bo’lgan holatda, o’ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi.
Keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko’ra tanlab o’tkazishi aniqlandi. Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo’zg’alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog’liq. Nerv qo’zg’alishining kuchi bilan bog’liq bo’lgan tashqi ta’sirlami ajratish aynan shu darajada sodir bo’ladi.
Kuchli qo’zg’alish u bilan bir vaqtda sodir bo’lgan kuchsiz qo’zg’alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo’nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o’zida ta’sir ko’rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilaming qo’shilish ehtimoli ham mavjud.

T.A.Ribo, N.N.Lange tadqiqotlarida diqqatning motor komponentlari.


Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko’ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli,

Download 28.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling