Diqqatning rivojlanishi va diqqat faoliyating zaruriy sharti


Download 1.28 Mb.
bet4/7
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1332335
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2205 Turg\'unboyeva Sevinch Umumiy psixologiya

Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o’qish, o’yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Chunki ko’pchilik hollarda xoh ta'lim jarayonida bo’lsin, hoh mehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.

Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya'ni odam o’zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta'lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi.

Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday hollarda faoliyat maroqliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo`lishligi bilan o`ziga jalb qiladi. Odam o`ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.


IXTIYORDAN KEYINGI DIQQAT qanday DIQQAT?

Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning ana bir turini qayd qilib o`tish lozim, bu diqqat, ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin doimiy irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan, o`quvchi uy topshirig‘ini bajarishga kirishganda dastlab bu ishga o`zini majbur qiladi, ataylab diqqatni ish ustiga to`playdi, irodaviy zo`r beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy zo`r berish pasayadi, diqqat o`z-o`zidan ish ustiga to`planadi, o`quvchi esa ishni berilib bajara boshlaydi. Ana shu paytda o`quvchining diqqati ixtiyoriy diqqatdan muvofiqlashgan diqqatga aylanadi.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling