Direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti qayta tayyorlov kursining


Pedagogik takt o‘qituvchi axloqining amaliy ko‘rinishlaridan biridir


Download 26.68 Kb.
bet2/6
Sana19.07.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1661117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasbiy mahorat va kompitentlik

Pedagogik takt o‘qituvchi axloqining amaliy ko‘rinishlaridan biridir.
Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta’sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar, tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgo‘ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o‘qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog‘liq ravishda tahlil qilinadi. Ta’lim oluvchilarga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik burchi, o‘qituvchilik sha’ni, qadr-qimmati, o‘qituvchilik mas’uliyati, o‘qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bo‘lish, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o‘zlashtirish bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik nazokat.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha pedagog xodimlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi.
Ma’lumki, inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik xodim jamoalari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog xodim, o‘z faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta’sirida amalga oshiradi.
Tarbiyachining mahoratini to‘la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning birligi, izchilligini ta’minlash lozim. Chunki ularning birini o‘zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada pedagogik mahorat to‘laqonli mazmunga ega bo‘lmay, uni egallash qiyin bo‘lib qolishi mumkin.

Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling